3-Seminar mashg’ulot: Jamiyat yaxlit tizim sifatida.
Asosiy savollar:
Jamiyat haqida falsafiy qarashlar.
Jamiyatning mohiyati, o’ziga xos jihatlari.
Jamiyat hayotining asosiy sohalari.
Axborotlashgan va fuqarolik jamiyati.
O’zbekistonda barpo etilayotgan erkin fuqarolik jamiyati.
Dars maqsadi: Talabalarga jamiyat ijtimoiy falsafaning tadqiqot ob’ekti ekanligi, jamiyat haqidagi falsafiy qarashlar rivoji, jamiyatning mohiyati, o’ziga xos jihatlari, jamiyat hayotining asosiy sohalari, jamiyat turlari va O’zbekistonda barpo etilgan jamiyatning asosiy omillari o’ziga xos rivojini tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyatini tushuntiradi.
Jamiyat haqida mutafakkirlarning falsafiy qarashlarini izohlay oladi.
Jamiyatning o’ziga xos jihatlari va asosiy sohalarini tushuntira oladi.
O’zbekistonda barpo etilgan jamiyat va uning o’ziga xos tomonlarini izohlay oladi.
Kerakli jihozlar: Falsafa,Falsafa-qomusiy lug’at, Jamiyat falsafasi,Jahon falsafasi tarixidan lavhalar, Ijtimoiy falsafa o’quv qo’llanmalari, nazorat topshiriqlari, testlar, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.
Ishni bajarish tartibi:
Jamiyat tushunchasining mazmun-mohiyatini to’g’ri tushunib etish.
Mutafakkirlarning jamiyat haqidagi qarashlarini to’g’ri anglash.
Jamiyatning o’ziga xos tomonlari va uning asosiy sohalarini izohlay bilish.
O’zbekistonda barpo etilgan erkin fuqarolik jamiyati va uning asosiy omillarini tushuntira olish.
Kerakli adabiyotlar:
Karimov I. A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishining asosiy yo’nalishlari. – T.: “O’zbekiston” 2002 yil.
Tulenov J. Jamiyat falsafasi. Oltinchi bo’lim. – T.: 2001 yil, 3 – 9 betlar.
Karimov I, Tulenova K. Ijtimoiy falsafa. (Uslubiy qo’llanma) – T.: 2008 yil, 12-18 betlar.
Falsafa. O’quv qo’llanma. – T.: “Sharq”, 1999 yil, 247-255 betlar.
Falsafa asoslari. – T.: “O’zbekiston” , 2005 yil, 281-286 betlar.
Falsafa. Qomusiy lug’at. – T.: “Sharq”, 2004 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |