2-Seminar mashg’ulot: Ijtimoiy falsafa tarixi.
Asosiy savollar:
Ijtimoiy falsafiy fikrlarning shakllanishi va taraqqiyoti. (Eng qadimgi davrdan XIX asrlarga qadar)
XIX asrda ijtimoiy falsafasi. Ijtimoiy falsafaning fan sifatida shakllanishi.
XX asr ijtimoiy falsafasi.
Karimov asarlarida ijtimoiy falsafa masalalari.
Dars maqsadi: Talabalarga ijtimoiy falsafiy-fikrlarning rivojlanishi, ijtimoiy falsafaning taraqqiyot bosqichlari va alohida fan sifatida shakllanishi va bugungi kundagi o’ziga xos rivojini tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Ijtimoiy falsafiy-fikrlarning shakllanishini tushuntiradi.
Ijtimoiy falsafaning taraqqiyot bosqichlarini izohlay oladi.
Ijtimoiy falsafaning alohida fan sifatida ajralishini va bugungi kundagi rivojini tushuntira oladi.
Kerakli jihozlar: Falsafa, Jamiyat falsafasi, Jahon falsafasi tarixidan lavhalar, Ijtimoiy falsafa o’quv qo’llanmalari, nazorat topshiriqlari, testlar, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.
Ishni bajarish tartibi:
Ijtimoiy falsafaning shakllanish tarixini to’g’ri tushunib etish.
Ijtimoiy falsafaning taraqqiyot bosqichlarini to’g’ri anglash.
Ijtimoiy falsafaning XX asrdagi rivojlanish omillarini izohlay bilish.
Ijtimoiy falsafaning XX asr va bugungi kundagi taraqqiyotini tushuntira olish.
Kerakli adabiyotlar:
Karimov I. A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishining asosiy yo’nalishlari. – T.: “O’zbekiston” 2002 yil.
Barulin V.S. “Sotsialnaya filosofiya”, “Fair-press”, 1999 yil, 4-22 betlar.
Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. 1- qism.- T.: 2004 yil.
Karimov I, Tulenova K. Ijtimoiy falsafa. (Uslubiy qo’llanma) – T.: 2008 yil, 7-11 betlar.
Falsafa. O’quv qo’llanma. – T.: “Sharq”, 1999 yil, 268-276 betlar.
G’arb falsafasi. – T.: “Sharq”, 2004 yil, 565-574, 579-580, 632-635 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |