Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov
Download 1.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Identiv o’quv maqsadlari
- 4-asosiy savolning bayoni
- Jamiyatni ilmiy bilish
Muhokama uchun savollar:Ijtimoiy bilish deganda nimani tushunasiz? Empirik bilishning qanday metodlari bor? Nazariy bilish nima va uning empirik bilishdan farqi qanday? 4-savol bo’yicha dars maqsadi: Ijtimoiy bashorat ijtimoiy bilishning shakli ekanligi va jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy bashoratning o’rni va roli tushuntirib beriladi. Identiv o’quv maqsadlari: Ijtimoiy bashorat tushunchasi mazmunini tushuntiradi. Ijtimoiy bashoratning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini izohlaydi. Ijtimoiy bashorat jamiyat kelajagini oldindan bashorat qilish ekanligini ifoda etadi. 4-asosiy savolning bayoni: Ijtimoiy bilish, jamiyat, undagi ijtimoiy jarayonlarni to’g’ri anglash va baholashga imkon beradi jamiyatni ilmiy asosda boshqarish imkoniyatlarini yaratadi, shuningdek jamiyat taraqqiyoti istiqbollarini oldindan ko’ra bilish imkoniyatlarini yaratadi. Buni quyidagi chizmada aks ettirish mumkin: 3 – Chizma. Jamiyatni ilmiy bilish: Жамият, ундаги ижтимоий жараёнларни тўғри англаш, баҳолаш имконини беради Жамиятни бошқариш имконини беради. Тараққиёт истиқболларини аниқлаш – башорат қилиш (прогнозлаш)га ёрдам беради. Inson o’z kelajagini tahmin va gumonlarga asoslanib emas, balki fan, amaliyotning chuqur ilmiy xulosalariga asoslanib bilib oladi. Bundan jamiyatni ilmiy bilish uning kelajagini prognoz qilishga yordam beradi, degan xulosani chiqarish mumkin. Inson va insoniyat bilimlari bugungi hayot notekisliklarini tushuntiribgina qolmay, kelajakni oldindan ko’ra bilishga imkon yaratadi. Bashorat (prognoz) biron-bir hodisaning kelajakdagi holati haqidagi ilmiy tadqiqotlarga asoslangan ehtimoliy harakterdagi mulohaza. Bashorat a) tabiiy-ilmiy, b) ijtimoiy ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Ijtiomiy bashoratdan jamiyat hayotida keng foydalaniladi, ular yordamida fan va texnika taraqqiyoti prognozlari, iqtisodiy prognozlar, siyosiy prognozlar ilgari surilishi mumkin. Fan va amaliyot jamiyatni oldindan bilishning eng ishonchli qurolidir. Jamiyat hayotini chuqur o’rganishda yuqorida bayon etilgan metodlar bilan bir qatorda ekspert baholash, ekstrapolyatsiya, tarixiy analogiya, kompyuter orqali namunalashtirish metodlaridan ham foydalaniladi. Ekstrapolyatsiya muayyan biron-bir hodisaning bir qismini kuzatish natijasida olingan xulosani boshqa qismga, boshqa hududga, yoki kelgusiga tadbiq etish. Ekspert baholash tarixiy jarayon haqidagi chuqur va aniq ilmiy tasavvurlarga, ilmiy tadqiqot natijalariga tayangan holda bahs berish. Tarixiy analogiya biron-bir jarayon, hodisa haqida o’tmish hodisalariga qarab xulosa chiqarish. Ijtimoiy bilish avvalo jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ochishga va shu asosda ongli faoliyat ko’rsatishga yordam beradi. Jamiyat taraqqiyoti qonuniy jarayon, unda amal qiladigan qonunlar umuminsoniy harakterga ega. Ayni vaqtda bu qonunlar alohida olingan mamlakatda o’ziga xos tarzda amal qiladi. Ma’lumki, jahon miqyosida mustamlakachilikning tugatilishi yangi bosqichni, mamlakatlar demokratik taraqqiyot bosqichini boshlab berdi, bu holni O’zbekiston misolida ko’rish mumkin. O’zbekiston ijtimoiy taraqqiyotining o’ziga xos «o’zbek modeli» mamlakatimizning ijtimoiy bilish sohasidagi qo’lga kiritgan katta yutug’i hisoblanadi. «Taraqqiyotning o’zbek modeli» mamlakatimizning taraqqiyot istiqbollarini o’zida aks ettiradi. Bu model Respublika Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va uning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda», «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari» kabi asarlarida o’z ifodasini topgan. Unda ko’rsatilganidek, bizning bosh strategik maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish orqali demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini yanada takomillashtirishdan iborat. Ayni vaqtda taraqqiyotning har bir bosqichi – yangi muammolar va ularni bartaraf etish yo’llarini ishlab chiqishdan iborat. Bunga jamiyatni ilmiy bilish asosida erishildi. Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda olib berilayotgan islohotlar, ichki va tashqi siyosatimizning mazmuni aynan ijtimoiy bilish natijasida hosil bo’lgan. Belgilangan strategik maqsad taraqqiy etgan mamlakatni yanada ravnaq ettirishdan iboratdir. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling