4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
|
O’qituvchi
10 minut
|
5
|
O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari uyga vazifa sifatida beriladi.
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.
|
O’qituvchi
5 minut
| Asosiy savollar.
1. Jamiyatni ilmiy bilish muammosining falsafa va fan tarixida o’rganilishi.
2. Ijtimoiy bilish ilmiy bilishning o’ziga xos ko’rinishi. Ijtimoiy bilishning tarkibi va o’ziga xos jihatlari.
3. Ijtimoiy bilish darajalari. Empirik va nazariy bilish.
4. Ijtimoiy bashorat ijtimoiy bilim shakli sifatida.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Bilish, ilmiy bilish, ijtimoiy bilish, ijtimoiy haqiqat, ijtimoiy bilishning empirik bosqichi, ijtimoiy bilishning nazariy bosqichi, ijtimoiy bilish metodlari: kuzatish, statistika, ijtimoiy eksperiment, xujjatlar bilan ishlash, tarixiylik va mantiqiylik, modellashtirish, tarixiy analogiya.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Jamiyatni ilmiy bilish va bu muammoning falsafa tarixida o’rganilishi, ijtimoiy bilishning tarkibi, o’ziga xos jihatlari, ijtimoiy bilishning darajalari, ijtimoiy bilishning bugungi kundagi talqini, ijtimoiy bashorat va uning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati tahlil etiladi.
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Jamiyatni ilmiy bilish va ilmiy bilish muammosining falsafa va fan tarixida o’rganilishi tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:
Jamiyatni ilmiy bilish tushunchasini tushuntiradi.
Jamiyatni ilmiy bilishning falsafa tarixida o’rganilishini izohlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |