Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov
Download 1.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Identiv o’quv maqsadlari
- 2-asosiy savolning bayoni
Muhokama uchun savollar:Integratsiya deganda nimani tushunasiz? O’zbekistonning tashqi siyosati haqida nimalarni bilasiz? O’zbekistonning tashqi siyosatining asosiy tamoyillari qanday? 2-savol bo’yicha dars maqsadi: O’zbekistonning jahon tsivilizatsiyasiga integratsiyalashuvi va bu integratsiyalashuvdagi asosiy yo’nalishlar tushuntirib beriladi. Identiv o’quv maqsadlari: O’zbekistonning jahon tsivilizatsisiga integratsiyalashuvini tushuntiradi. Tashqi siyosatning integratsiyalashuv bilan qanday aloqasi borligini tushuntiradi. O’zbekiston dunyoning qaysi tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalariga egaligi izohlanadi. 2-asosiy savolning bayoni: Tashqi aloqalar integratsiyalashuv jarayonida muhim o’rin tutadi. Tashqi siyosat, aloqalarni o’rnatish mamlakatimizning ichki hayoti uchun osoyishta shart-sharoitlarni ta’minlashga, tub islohotlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Biz o’z oldimizga demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishdan iborat strategik vazifani qo’yganmiz. Zamonaviy demokratik huquqiy davlat deganda, jahon hamjamiyati bilan integratsiyaga kirisha olishni nazarda tutar ekan O’zbekistoning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining asosiy yo’nalishlarini uning tashqi siyosati misolida ko’rish mumkin. 1. Davlatlararo, shuningdek nodavlat xalqaro tashkilotlar ishidagi ishtiroki. BMT, Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti. 2. Bitim va kelishuvlar aossida ikkiyoqlama va ko’pyoqlama davlatlararo munosabatlar O’zbekistonning MDH doirasidagi faoliyati. 3. Markaziy Osiyo suveren davlatlari bilan hamkorlik. Bundan ko’zda tutilgan maqsad Markaziy Osiyoda yagona iqtisodiy, ma’naviy va siyosiy muhitni barpo etish. Ma’lumki O’zbekiston o’zining geografik va siyosiy o’rniga ko’ra Sharq va G’arb tsivilizatsiyasi o’rtasidagi bog’lovchilik vazifasini bajaradi. Markaziy Osiyoda 50 mlndan ortiq aholi istiqomat qiladi. 4. Chegaradosh va Yaqin Sharq mamlaktalari bilan sho’rolar davrida uzilib qolgan aloqalarni qayta tiklash va mustaxkamlash; 5. Boshqa Osiyo mamlaktalari, xususan Xitoy, Hindiston bilan keng aloqalarni yo’lga qo’yish. Bu borada 2000-yildan boshlab tashkil topgan Shanxay hamkorlik tashkiloti muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Shanxay tashkilotiga 2002 yildan beri a’zo. Bu tashkilotning asosiy maqsadi insoniyat aholisining 4G’1 qismi yashayotgan hududda hamkorlik va xavfsizlikni ta’minlash, istiqbolda mintaqada yashovchi xalqlarning turmush sharoitlarini yaxshilash va munosib kelajaklarini ta’minlashdan iboratdir. 6. O’zbekistonning jahondagi rivojlangan mamlakatlar bilan tenghuquqli, o’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga qo’yishi, uning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida muhim o’rin tutadi. Hozirda, O’zbekistonning, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Frantsiya, Italiya va boshqa davlatlar bilan aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. Bunday aloqalar zamonaviy texnologiyalarni, yangi investitsiyalarni jalb etish, zamon talablariga javob beradigan qadrlar tayyorlash borasida keng imkoniyatlarni ochib bermoqda. 7. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilib borishida madaniy aloqalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimiz dunyoviy tsivilizatsiyaning qadimgi o’choqlaridan biri, u umuminsoniy ahamiyatga ega bo’lgan ma’naviy boyliklar, qadriyatlari bilan mashhur. 8. Respublikaning jahon iqtisodiy hayotiga integratsiyalashuvi nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Respublika o’zining tashqi iqtisodiy siyosatini ko’pgina nufuzli xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning a’zosi sifatida amalga oshirmoqda. O’zbekiston 1994 yilda tashkil topgan Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) a’zosi bo’lgan. Hozirda bu Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti, MOHT deb yuritiladi. Bu tashkilot 4 yo’nalishda faoliyat olib bormoqda: - iqtisodiy hamkorlik; - mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash; - Afg’onistonni rivojlantirish; - gumanitar hamkorlik. O’zbekiston jahonning nufuzli iqtisodiy, moliyaviy tashkilotlari bilan hamkorlikda mamlakatda qudratli iqtisodiyotni barpo etish yo’lida harakat qilmoqda. Osiyo taraqqiyot banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, jahon banki, Islom taraqqiyot banki, BMT taraqqiyot dasturi shunday tashkilotlar jumlasidandir. 8. O’zbekistonning mintaqaviy integratsiya doirasidagi faoliyati ham uning jahon hamjamiyatiga qo’shilib borishida muhim ahamiyatga ega. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan tuzgan shartnomalari bundan dalolat beradi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling