Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Mustaqil ish topshiriqlari uyga vazifa sifatida beriladi. 5.3


Download 1.53 Mb.
bet110/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

5.2. Mustaqil ish topshiriqlari uyga vazifa sifatida beriladi.
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.

O’qituvchi
5 minut

Asosiy savollar.


1. O’zbekistonning tashqi siyosati va uning asosiy tamoyillari.
2.O’zbekistonning jahon tsivilizatsiyasiga integratsiyalashuvi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Davlat mustaqilligi, integratsiya, iqtisodiy integratsiya, siyosat, tashqi siyosat.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Integratsiya tushunchasi uning mazmun-mohiyati, O’zbekistonning tashqi siyosati va jahon davlatlari bilan integratsiyalashuvi va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etiladi.
1-savol bo’yicha dars maqsadi: O’zbekistonning tashqi siyosati va uning asosiy tamoyillari tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Integratsiya tushunchasi mazmunini tushuntiradi.

  2. O’zbekistonning tashqi siyosatini izohlab beradi.

  3. O’zbekistonning tashqi siyosatining asosiy tamoyillari tushuntiriladi.

1-asosiy savolning bayoni:
O’zbekistoning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shilib boruvi – integratsiyalashuv, deb yuritiladi. Jahon miqyosida integratsiya turli mamlakatlarning o’zaro yaqinlashuvida, ularning korxonalari, tarmoqlari va milliy iqtisodiyotning yagona xo’jalik organizmiga birlashuvida namoyon bo’ladi.
Ma’lumki, O’zbekiston mustaqilikka erishgunga qadar tashqi olamdan uzilib qolgan edi. Chor xukumati davrida Qo’qon xonligi o’rnida Turkiston general-gubernatorligi deb atalgan mustamlaka hudud tashkil etilgan edi. Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro va Xiva xonligi tashqi dunyo bilan mustaqil aloqalar o’rnatish huquqidan mahrum etilgan.
O’zbekiston mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosiga aylandi. U jahonning 200 ga yaqin mamlakati tomonidan tan olingan, 150 ga yaqin mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan. O’zbekistonda ko’pgina xalqaro, davlatlar va nodavlat tashkilotlarning vakolatxonalari ochilgan.
Hozirgi globallashuv asrida jahon hamjamiyatiga qo’shiluv (integratsiyalashuv) masalalari sayyoramizning turli burchaklarida yashayotgan xalqlar uchun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Boshqa mamlakatlar qatori O’zbekiston ham tobora ko’proq jahon hamjamiyatiga integratsiyalashib bormoqda. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga tobora integratsiyalashib boruvi uning tashqi siyosatining asosiy mohiyatini tashkil etmoqda. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari «O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va I. Karimov asarlarida o’z ifodasini topdi. Konstitutsiyada O’zbekiston Respublikasini tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat deb ko’rsatiladi. Ular:
1. Davlatlarning suveren tengligi;
2. Kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik;
3. Chegaralar daxlsizligi;
4. Nizolarni tinch yo’l bilan hal etish;
5. Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalari va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va normalariga asoslanadi1.
Respublikamizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalab boruvida tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalarni yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb etadi. Tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalarning asosiy tamoyillari O’zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida ishlab chiqilgan.
Birinchidan, tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalarni yo’lga qo’yishda o’zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy manfaatlarining ustunligi;
Ikkinchidan, teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
Uchinchidan, mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
To’rtinchidan, xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan ustuvorligi;
Beshinchidan, tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish.1

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling