Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov
Download 1.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savol bo’yicha dars maqsadi
- 2-asosiy savolning bayoni
- I jtimoiy bilishning hozirgi zamonga xos talqin
Muhokama uchun savollar:Jamiyatni ilmiy bilish deganda nimani tushunasiz? Jamiyatni ilmiy bilish muammosining falsafa tarixida o’rganilishi qanday bo’lgan? Jamiyatni ilmiy bilish muammosi bilan shug’ullangan qaysi faylasuflarni bilasiz? 2-savol bo’yicha dars maqsadi: Ijtimoiy bilish ilmiy bilishning o’ziga xos ko’rinishi ekanligi, ijtimoiy bilishning tarkibi va o’ziga xos jihatlari tushuntirib beriladi. Identiv o’quv maqsadlari: Ijtimoiy bilish mazmunini tushuntiradi. Ijtimoiy bilishning tarkibini izohlaydi. Ijtimoiy bilishning bugungi kundagi talqinini ifoda etadi. 2-asosiy savolning bayoni: Ijtimoiy bilish hozirgi davr falsafasining ham muhim muammosi bo’lib hisoblanadi. Inson o’z ongi, tafakkuri bilan jamiyatni bila oladimi? Uning ijtimoiy bilimlari qay darajada haqiqat bo’la oladi? degan savollariga javob hozirgi davr falsafasida ijtimoiy bilishga doir 2 xil munosabatni keltirib chiqardi. Bu narsa ijtimoiy falsafada: Naturalizm va gumanitarizm falsafiy yo’nalishlarining shakllanishiga turtki bo’ldi. 1 – Chizma. Ijtimoiy bilishning hozirgi zamonga xos talqin: Naturalizm Gu Табии й ва табиий-техник билимларнинг аҳамиятини бўрттириш асосида гуманитар соҳа, яъни ижтимоий билимларнинг кераги йўқлигини асослайди. Ижтимоий билимлардан бошқа билим соҳаларини эътиборга олмайди, гуманитар онг ва ижтимоий билимларни мутлақлаштириш ғоясини илгари суради. manitarizm Naturalizm yo’nalishi tarafdorlari tabiiy va ijtimoiy bilish orasida hech qanday farq yo’q, deb hisoblaydilar. Polyak olimi E.Topolskiy tarixiy bilishni inkor qiladi. Uning fikricha, tarixni bilishga doir muammolar bir vaqtning o’zida bilishning boshqa shakllarida ham mavjud. Bundan tabiiy fanlar sohasidagi bilimlargina haqiqiy ilmiy bo’lishi mumkin, degan xulosa chiqariladi.1 Garchi bu qarash hozirgi davr falsafasiga xos hisoblansa-da, aslida bunday qarashlarning ildizi Evropada XVII-XVIII asrlarga borib taqaladi. Ma’lumki, XVII-XVIII asrlarda tabiatshunoslik rivojlanish bosqichiga kirgan, mexanika eng rivojlangan fan edi. Mexanika qonunlarini jamiyatni tushunishga tatbiq etish mumkin, degan qarash mavjud edi. Shunday nuqtai-nazar nemis olimi Genrix Rikkert (1863-1936 y.) qarashlariga xos. U fanlarni tarixiy fanlar va qonun yaratuvchi fanlarga bo’ladi va ularni o’zaro bir-birlarini inkor etuvchi sohalar, deb biladi. Uning fikricha, tabiiy ilmiy bilish umumiy qonuniyatlarni bilishga qaratilgandir, tarix bo’lsa, yagona, betakror hodisalarni o’rganadi. Rikker o’z qarashlarida tarixiy qonuniyatlarni inkor etadi.2 Ikkinchi nuqtai-nazar gumanitarizm. Mazkur nuqtai-nazar yangi tarix falsafasi namoyondalari nemis olimi Osvald Shpengler, ingliz olimi Arnold Toynbi asarlarida aks etgan. Ijtimoiy bilish ilmiy bilishning o’ziga xos ko’rinishi hisoblanadi. Ilmiy bilish olamni chuqur, atroflicha o’rganishni talab qiladi. Ilmiy bilish natijalari ilmiy bilimlarda, fan mazmunida o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy bilish jamiyat, insonni chuqur o’rganishni talab qiladi. Ijtimoiy bilish – jamiyatni, unda kechayotgan ijtimoiy hodisa, jarayonlarning mohiyatini, ularning kelib chiqishi, yashashi va rivojlanishi qonuniyatlarini bilishdir. Ijtimoiy bilishdan ko’zda tutilgan maqsad jamiyat, inson, ijtimoiy taraqqiyot haqidagi ob’ektiv mazmunga ega bilimni – ijtimoiy haqiqatlarni hosil qilishdir. Ijtimoiy haqiqat deganda ijtimoiy bililmarning ijtimoiy borliqqa, jamiyatga mos kelishi (adekvatligi) nazarda tutiladi. Ijtimoiy bilish o’zining bir qator jihatlari bilan tabiatni bilishdan farqlanadi. - Jamiyat moddiy olamning eng murakkab ko’rinish. Jamiyatni bilish deganda, unda kechgan va kechayotgan voqea-hodisalarni ijtimoiy jarayonlarni anglash jarayoni nazarda tutiladi. - Jamiyat uni tashkil etuvchi kishilar, turli ijtimoiy guruhlar, tarixiy-etnik birliklar faoliyatlarining barcha ko’rinishlarini hamda ularning mahsul-natijalarini o’z ichiga qamrab oladi. Jamiyat esa o’z-o’zidan shakllanuvchi, o’z-o’zidan rivojlanib boruvchi ijtimoiy tizim. Bu tizimning barcha xususiyatlari kishilar faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. Demakki, jamiyatni bilish deganda avvalo kishilar faoliyatlarini va shu faoliyatning asosiy motivlari (kishilarning maqsad-manfaatlari)ni tahlil etish nazarda tutiladi. Kishilar faoliyatlari mohiyatini anglash jamiyat haqida chin bilimlar hosil qilish imkonini beradi. - Odamlar faoliyatlari jarayonida o’zaro bir-birlari bilan aloqa-munosabatga kirishadilar. Shu ma’noda jamiyat kishilararo ob’ektiv tarzda sodir bo’ladigan ijtimoiy aloqa va munosabatlarning maxsuli va ko’rinishidir. Bu aloqa va munosabatlar jamiyat hayotining barcha sohalarini, moddiy va ma’naviy hayotni qamrab oladi. Shunday ekan, jamiyatni bilish uchun undagi mavjud turli ijtimoiy aloqa va munosabatlarni o’rganish talab qilinadi. - Ijtimoiy bilish ijtimoiy extiyoj va manfaatlarni o’rganishga qaratilgan bo’ladi. Ijtimoiy manfaatlarda esa tarixiy zaruriyat o’z ifodasini topadi. Tarixiy zaruriyatni anglash jamiyatdagi o’zgarishlarning mohiyatini anglash asosida yuzaga keladi. - Falsafiy tafakkur olamga, shu jumladan jamiyatga dialektik munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Jamiyat uzluksiz harakat, o’zgarish, taraqqiyot jarayonlarini kechiradigan ijtimoiy tizimdir. Ana shunday holat uzluksiz qayta shakllanib, rivojlanib boradigan ijtimoiy bilimlarda o’z ifodasini topadi. - Ijtimoiy bilish o’zining mazmuni, qanday maqsadga yo’naltirilganligi, tarkibi, unda qo’llaniladigan o’ziga xos usul va vositalariga ko’ra bilimning boshqa ko’rinishlaridan farqlanadi. Ijtimoiy bilimning mazmunida jamiyat hayoti to’laligicha, barcha aloqa va munosabatlari bilan birga yaxlitlik, bir butunlik sifatida aks etadi. Bu hol jamiyatni to’g’ri anglash, taraqqiyot tendentsiyalarini aniqlash imkonini beradi. - Ijtimoiy bilish jamiyat hayotini to’g’ri anglash va shu asosda ongli faoliyat ko’rsatish imkonini beradi. Jamiyatni bilish uni oqilona boshqarish va kelajak taraqqiyoti istiqbollarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. - Ijtimoiy bilish tarkibi deganda: a) ijtimoiy bilish sub’ekti; b) ijtimoiy bilish ob’ekti; v) ijtimoiy bilimning o’zi nazarda tutiladi. Ijtimoiy bilish sub’ekti – inson (tadqiqotchi), ob’ekti – jamiyat hayoti hisoblanadi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling