Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet116/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

1-asosiy savolning bayoni:
Falsafa olam odam taraqqiyotining eng umumiy qonunlari, odamning olamdagi o’rni to’g’risida bahs yuritadigan fan. Falsafiy bilimlar mazmunida qadimdan to hozirgi qadar qo’yilgan va qo’yilib kelinayotgan uch savolga berilgan javoblar o’z ifodasini topgan. Bular:
- Olam nima?
- Olam qanday?
- Olamni bilish mumkinmi?
Bu savollar jamiyatga nisbatan ham qo’yilgan va unga berilgan javoblar oqibatida falsafiy bilimlar ijtimoiy hayotning muhim tomonlarini aks ettirishga xizmat qilgan. Oqibat natijada falsafaning o’ziga xos sohasi – ijtimoiy falsafiy bilimlar shakllangan va rivojlangan. Ijtimoiy falsafa jamiyat, inson, ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy bilishning mohiyati, qonuniyatlari to’g’risida bahs yuritishini avvalda ta’kidlab o’tgan edik.
Olamni bilish mumkinmi degan savolga javob falsafaning bilish nazariyasida – gnoseologiyada o’z ifodasini topgani singari jamiyatni bilish muammolari ijtimoiy falsafaning asosini tashkil etadi. Ijtimoiy falsafa olamning tarkibiy qismi jamiyat, uni bilish muammolari bilan shug’ullanadi.
Ta’kidlash joizki, eng qadimgi davrlardan boshlab jamiyat, uning mohiyati, jamiyatni bilish muammolari olimlarni qiziqtirib kelgan. Jamiyatni bilishning tarixiy ildizlarini «Avesto»da, «Tavrot»da, Gerodot asarlarida uchratish mumkin. insoniyat jamiyatiga tarixiy-falsafiy yondashuv tamoyillari Abu Rayhon Beruniy, ibn Xaldunlar merosida o’z ifodasini topgan. Jamiyatga ilmiy yondashuv namunalarini Abu Nasr Forobiy asarlarida ko’rish mumkin. Mutafakkir inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotini ilm bilan bevosita boglaydi. U o’zining «Baxt-saodatga erishuv haqida»gi risolasida inson kamoloti uchun qanday ilmlar zarurligini uqtirib o’tadi va bunday bilimlar ichida insonning inson bo’lishidan kutilgan maqsad va muddaoni o’rganishni, shuningdek, madaniyatga oid bilimlarni egallashning muhimligiga e’tibor qaratadi.1
Jamiyatni ilmiy anglash masalasi falsafada XVIII asrdan boshlab aloxida ijtimoiy bilimlar tizimi sifatida shakllana boshlaydi. Bunda Janbatista Viko nemis olimi, ma’rifatparvar Iogann Gotfrid Gerder, frantsuz faylasufi, utopik sotsial loyixa muallifi Sen-Simonlarning xizmatlari katta bo’ldi.
Jan Batista Viko tarixiy jarayonlarning ob’ektivligi haqidagi g’oyani ilgari suradi. U «Millatlarning umumiy tabiati to’g’risidagi yangi fanning asoslanishi» kitobida er yuzidagi barcha millatlar taraqqiyotining tarixiy aylanma nazariyasini ishlab chiqadi va bunda ijtimoiy hayot shakllarini o’zaro aloqadorlikda olib o’rganadi va ijtimoiy hayotga butunlik sifatida yondashadi2.
Gerder Iogann Gotfrid «Insoniyat tarixi falsafasiga doir g’oyalar» asarida Germaniya ijtimoiy tafakkurida XVIII asr oxirlarigacha xukm surgan teologik qarashlarni bartaraf etishga harakat qildi, sotsial tarixiylik g’oyalarini rivojlantirdi va birinchi bo’lim ijtimoiy taraqqiyot g’oyasini ilgari surdi3.
Frantsiya revolyutsiya orqali o’z maqsadiga erisha olmaganini ko’rgan Sen-Simon qashshoqlik tufayli kelib chiqqan va ijtimoiy mulkni mulksizlar o’rtasida taqsimlashga intilgan revolyutsiyalar jamiyatni parokandalikka boboshdoqlikka olib keladi. Bunga yo’l qo’ymalsik uchun jamiyatni o’rganish, ilmga asoslangan ijtimoiy tizimni yaratish zarur, deb hisoblaydi.4 Sen-Simon jamiyatni qonuniy rivojlanuvchi bir butun organizm, deb biladi. U jamiyat tarixini tadqiq qilish insoniyatni tsivilizatsiyali taraqqiyotda turli siyosiy ilyuziyalardan asraydi, deb ta’kidlaydi. Uning fikricha jamiyatning asosiy jihatlarini o’rganmoq uchun kishilarning real faoliyatlarini tadqiq qilish lozim. Sen-Simon inson haqidagi fan (ijtimoiy fiziologiya)ni ishlab chiqadi.
Nemis mumtoz falsafasining yirik vakili Gegel Georg Vilgelm Fridrix ijtimoiy bilish sohasida o’ziga xos ijtimoiy-tarixiy kontseptsiyani ilgari suradi. Uning qarashlarida tabiiy, tarixiy va ma’naviy dunyo yagona jarayon sifatida talqin qilingan, bu jarayonning har bir qismi boshqasi bilan ichki aloqadorlikda ekani ifodalangan. Gegel jahon tarixini yagona, ob’ektiv qonuniyatli jarayon sifatida o’rganadi. Gegelning katta yutug’i shunda ediki, u butun moddiy va ma’naviy borliqni, shu jumladan jamiyatni doimo rivojlanish jarayonida olib qaradi, jamiyat taraqqiyoti masalasiga dialektik yondashdi. Lekin Gegelning tarix kontseptsiyasi muayyan darajada cheklangan edi, chunki u tarixiy taraqqiyot sabablarini «mutloq g’oya», «ruh irodasi»dan iborat, deb bildi va ijtimoiy taraqqiyotni Pruss monarxiyasi bilan cheklab qo’ydi. Jamiyatni tahlil etishning dialektik metodini asoslab berganligi Gegel falsafiy qarashlarining eng katta yutug’i edi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling