4-Seminar mashg’ulot: Jamiyat hayoti va taraqqiyotining tabiiy va ijtimoiy omillari.
Asosiy savollar:
Jamiyat hayoti va taraqqiyotining tabiiy omillari.
Geografik muhit va uning jamiyatga ta’siri. Geografik siyosat.
Aholi zichligi va uning jamiyatga ta’siri. Demografik omil va demografik siyosat.
Jamiyatga ta’sir ko’rsatadigan ijtimoiy omillar.
Dars maqsadi: Talabalarga jamiyatga ta’sir ko’rsatuvchi tabiiy va ijtimoiy omillar, ularga ahamiyat berishning muhim tomonlarini misollar asosida tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Jamiyat hayotiga ta’sir ko’rsatuvchi tabiiy omillarni tushuntiradi.
Geografik muhit va uning jamiyatga ta’sirini izohlay oladi.
Aholi zichligining jamiyat hayotidagi ahamiyatini tushuntira oladi.
Jamiyatga ta’sir ko’rsatadigan ijtimoiy omillarni izohlay oladi.
Kerakli jihozlar: Falsafa,Falsafa-qomusiy lug’at, Jamiyat falsafasi, Ijtimoiy falsafa o’quv qo’llanmalari, nazorat topshiriqlari, testlar, tarqatma materiallar, mustaqil ish topshiriqlari, ko’rgazmali qurollar.
Ishni bajarish tartibi:
Jamiyatga ta’sir ko’rsatuvchi tabiiy omillarning mazmun-mohiyatini to’g’ri tushunib etish.
Jamiyat taraqqiyotida geografik muhitning o’rni va rolini to’g’ri anglash.
Jamiyat hayotida demografik omilning o’rnini izohlay bilish.
Jamiyatga ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy omillar va O’zbekistonda bunga berilayotgan e’tiborning asosiy jihatlarini tushuntira olish.
Kerakli adabiyotlar:
Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari.- T.: “O’zbekiston”, 1997 yil, 110-137, 227-252-bet.
Krapivenskiy S. E. Sotsialnaya filosofiya. – Moskva, “Vlados”, 1998 yil, 19-20, 119-127, 177-190 betlar.
Falsafa. Qomusiy lug’at. – T.” “Sharq” 2004 yil.
Falsafa. – T.: 2006 yil, 356-361 betlar.
Karimov I, Tulenova K. Ijtimoiy falsafa. (Uslubiy qo’llanma) – T.: 2008 yil, 19-25 betlar.
Rahimov I., O’tamurodov A. Fanlarning falsafiy masalalari. –T.:2002 yil. 61-65 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |