3-Mavzu: Jamiyat – yaxlit tizim sifatida.
Fanni o’qitish texnologiyasi:
“Jamiyat – yaxlit tizim sifatida” mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik haritasi
TG’r
|
Bosqichlar va bajariladigan ish mazmuni
|
Amalga oshiruvchi shaxs, vaqt
|
1
|
Mashg’ulotga tayyorgarlik bosqichi:
1.1. Dars maqsadi: Talabalarga jamiyat uning mohiyati, u haqdagi falsafiy qarashlar, jamiyat hayotining asosiy sohalari, shakl va ko’rinishlari, O’zbekistondagi erkin fuqarolik jamiyati va uning o’ziga xosligini tushuntirish.
1.2. Identiv o’quv maqsadlari:
1.2.1.Jamiyat va uning o’ziga xos jihatlarini tushuntiradi.
1.2.2.Mutafakkirlarning jamiyat haqidagi falsafiy qarashlarini misollar asosida izohlab beradi..
1.2.3.Jamiyat bir butun yaxlit tizim ekanligini izohlaydi.
1.2.4.Jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy hayot sohalarini tushuntiradi.
1.2.5.Jamiyatning siyosiy va ma’naviy hayot sohasini tushuntiradi.
1.2.6.Jamiyatning asosiy shakl va ko’rinishlarini izohlaydi.
1.2.7.O’zbekistonda barpo etilgan jamiyat va uning o’ziga xosligini izohlaydi.
1.3. Asosiy tushuncha va iboralar: Jamiyat. Fuqarolik jamiyati. Jamiyatning iqtisodiy hayoti. Jamiyatning ijtimoiy hayoti. Jamiyatning siyosiy hayoti. Jamiyatning ma’naviy hayoti. Axborotlashgan jamiyat. Ochiq jamiyat. Yopiq jamiyat. Fuqarolik jamiyati.
1.4. Dars shakli: ma’ruza.
1.5. Foydalaniladigan metod va usullar: aqliy xujum, munozara, hikoya, bahs, taqdimot.
1.6. Kerakli jihoz va vositalar: ko’rgazma, tarqatma savollar, videoproektor, taqdimotlar.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |