Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov
Talabalar bilimi tahlil qilinadi. 5.2
Download 1.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchi 10 minut
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
- 1-savol bo’yicha dars maqsadi
- 1-asosiy savolning bayoni
Asosiy savollar.1. Jamiyat haqidagi falsafiy qarashlar. Jamiyatning mohiyati, o’ziga xos jihatlari. 2. Jamiyat yaxlit tizim sifatida. Jamiyat hayotining asosiy sohalari. 3. Axborotlashgan jamiyat. Fuqarolik jamiyati. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Jamiyat. Fuqarolik jamiyati. Jamiyatning iqtisodiy hayoti. Jamiyatning ijtimoiy hayoti. Jamiyatning siyosiy hayoti. Jamiyatning ma’naviy hayoti. Axborotlashgan jamiyat. Ochiq jamiyat. Yopiq jamiyat. Fuqarolik jamiyati. Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar: Jamiyat va uning ijtimoiy falsafaning asosiy ob’ekti ekanligi, jamiyat haqidagi falsafiy qarashlar, jamiyat hayotining asosiy sohalari, axborotlashgana jamiyat, fuqarolik jamiyati va O’zbekistonda shakllantirilgan fuqarolik jamiyatining mazmun mohiyati tahlil etiladi. 1-savol bo’yicha dars maqsadi: Ijtimoiy falsafaning o’rganish ob’ekti jamiyat ekanligi va u haqdagi falsafiy qarashlar, jamiyatning o’ziga xos jihatlari va mohiyati tushuntirib beriladi. Identiv o’quv maqsadlari: Jamiyat va uning o’ziga xos jihatlarini tushuntiradi. Mutafakkirlarning jamiyat haqidagi falsafiy qarashlarini misollar asosida izohlab beradi.. 1-asosiy savolning bayoni: Falsafa jamiyatni ob’ektiv olamning tarkibiy qismi sifatida o’rganadi. Ijtimoiy falsafa avvalo jamiyat, uning mohiyati, taraqqiyot qonunlarini o’rganadigan falsafaning maxsus sohasi bo’lib hisoblanadi. Jamiyat muammosi qadimdan odamlarni qiziqtirib kelgan. Kishilik jamiyatini o’rganadigan fan sohalari ko’p. Jamiyatning iqtisodiy hayoti- iqtisodiyot nazariyasi, unda kechadigan tarixiy jarayonlar-tarix, jamiyatni boshqarish sohasi-Davlat va huquq nazariyasi fanining tadqiqot ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Ijtimoiy falsafa boshqa fanlardan farqli o’laroq jamiyatni yaxlitlikdan iborat bo’lgan tizim sifatida o’rganadi va bu tizimga xos bo’lgan qonunlarni ochishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Jamiyat qadimgi Yunon falsafasining muhim muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. Aflotun ta’limotida jamiyat, davlat masalalari muhim o’rin tutadi. Aflotun jamiyatga tizim sifatida yondashadi va bu tizim, jamiyatning tarkibi davlat boshqaruvi haqida qimmatli fikrlar bildirgan. Arastu jamiyatni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan fanlarni ishlab chiqqan va «Metafizika» deb nomlagan. Bu fanlar orasida siyosatga alohida o’rin bergan. Uning fikricha, jamiyat siyosiy mavjudotlardan tashkil topgan. Jamiyat haqidagi ilmiy-falsafiy qarashlar Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkir olimlar ijodida markaziy o’rin tutadi. Buyuk olim Abu Nasr Forobiy asarlarida jamiyat muammosi chuqur falsafiy tahlil qilingan. U jamiyatning kelib chiqishi asosida tabiiy ehtiyojni qondirish yotadi, degan nazariyani ilgari surgan. Tabiiy ehtiyoj kishilarni birlashishga, jamoaga uyushuviga, o’zaro yordamga olib kelgan. O’zaro yordam tufayli ehtiyojlar qondirilgan. Kishilar o’rtasidagi o’zaro yordam jamiyatni keltirib chiqargan. Insoniyat jamiyati turli xalqlardan tashkil topgan bo’lib, ular o’zaro bir-birlaridan tillari, urf-odatlari, malakalari, xususiyatlari bilan farqlanadilar. Forobiy davlatlarni fozil va johillarga ajratadi. Fozil shahar yuksak axloqli va ma’rifatli kishi tomonidan boshqarilib, bu davlat shahar aholisining o’zaro ko’maklashuviga, bir-biriga yordam berishiga asoslanadi. Odamlarga nisbatan ularni birlashtirib turuvchi ibtido – insoniylikdir. Shu tufayli odamlar odamzod turkumiga oid bo’lgani uchun ham o’zaro tinchlikda yashamoqlari lozim.1 Abu Ali Ibn Sino «Ishorat va tanbihot» asarida inson o’z shaxsiy talablari jihatidan boshqalardan ajralgan holda yashay olmaydi, chunki u insoniyatning boshqa vakillari bilan munosabatda bo’libgina, ularni qondirishi mumkin»2 deb hisoblaydi. U insonlarning jamiyatda tutgan o’rniga ko’ra 3 guruhga bo’ladi: a) Davlat idoralarida xizmat qiluvchi va jamiyatni boshqarish ishi bilan shug’ullanuvchilar b) Xomashyo va zaruriy mashg’ulotlarni ishlab chiqaruvchilar. v) Davlatni qo’riqlash, uni turli tashqi xujumlardan saqlashni ta’minlaydigan harbiylar. Ibn Sino jamiyatning paydo bo’lishi kishilarning birdamlikka bo’lgan tabiiy ehtiyojidan kelib chiqqanligini ko’rsatgan. Abu Rayhon Beruniy birinchilardan bo’lib tsivilizatsiyalarning paydo bo’lishida tabiiy-geografik muhitning tutgan o’rnini asoslashga uringan. U jamiyatni «idora qilish va boshqarishning mohiyati aziyat chekkanlarning huquqlarini himoya qilish, birovlarning tinchligi yo’lida o’z tinchligini yo’qotishidan iborat» deb bilgan. Amir Temurning «Temur tuzuklari» da jamiyat, uning iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayoti, jamiyat hayotini tashkil etish to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Alisher Navoiy o’z asarlarida «ideal jamiyat» qiyofasini chizgan. XIX asrning o’rtalarida jamiyat, uning mohiyati, taraqqiyot istiqbollarini o’rganish hayotiy zarurat darajasiga ko’tarildi. Ikkinchi mavzuda ta’kidlaganimizdek, aynan shu zaruriyat falsafa fanidan ijtimoiy falsafaning ajralib chiqishiga va maxsus falsafiy fan sifatida shakllanishiga sabab bo’ldi. G’arbiy Evropaning G.Spenser (1820-1907), Dyurkgeym (1858-1917, Georg Vilgelm Gegel (1770-1831), M.Veber (1864-1920), singari olimlari, shuningdek K.Marks (1818-1883), Engels (1820-1895) lar jamiyat hayotini murakkab ijtimoiy tizim sifatida tadqiq etdilar. Ijtimoiy falsafa jamiyatni tahlil qilishda quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1) Jamiyat bir butun yaxlit olamning tarkibiy qismi, borliq, tabiatning o’ziga xos ko’rinishi, odamlar uyushmasining maxsus shakli. 2) Jamiyat bir butunlikni, yaxlitlikni tashkil etuvchi ijtimoiy tizimdir. Falsafa jamiyatni o’rganganda uni yaxlitlik sifatida olib o’rganadi va shu asosda uning mavjudligi, taraqqiyot qonunlarini ochib beradi. 3) Ijtimoiy falsafa jamiyatning barcha tomonlari orasidagi aloqadorliklar va taraqqiyotni tadqiq etadi. 4) Ijtimoiy falsafa jamiyat ham olam kabi uzluksiz harakatda, o’zgarishda, taraqqiyotda, deb biladi, unda kechadigan barcha voqea-hodisalarni dinamik jarayon sifatida o’rganadi. 1- Chizma. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling