Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet31/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

3-savol bo’yicha dars maqsadi: Jamiyatning ochiq, yopiq, axborotlashgan, va fuqarolik jamiyati kabi shakl va ko’rinishlarini va ularning farqli jihatlarini tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Ochiq va yopiq jamiyat tushunchalarini izohlaydi.

  2. Axborotlashgan jamiyat va uning mazmunini tushuntiradi.

  3. Fuqarolik jamiyati va uning mohiyatiga to’htaladi.

  4. O’zbekistonda barpo etilgan jamiyat va uning o’ziga xosligini izohlaydi.

3-asosiy savolning bayoni:
Jamiyatlar ochiq jamiyat, yopiq jamiyat, axborotlashgan jamiyat, fuqarolik jamiyati kabi shakl va ko’rinishlarga ega.
Ochiq va yopiq jamiyat tushunchalarini ijtimoiy falsafaga ingliz olimi Karl Popper (1902-1994) kiritgan. U yopiq jamiyatni totalitar siyosiy tuzumning mahsuli sifatida ta’riflaydi. Ochiq jamiyatda jamiyat fuqarolari shaxs hisoblanadi. Unda muayyan qarorlarni qabul qilishda fuqarolar qatnashadilar. Karl Popper ochiq jamiyatni bozor iqtisodi (bozor erkinligi) bilan bog’laydi. Uning fikricha, dunyoda insonparvarlik tamoyiliga asoslangan ijtimoiy tuzumni tashkil etish uchun insoniyat beshta muhim vazifani ado etishi zarur:
1. Erkinlikni mustahkamlash, undan kelib chiqadigan mas’uliyatni anglash;
2. Dunyoda tinchlik o’rnatish;
3. Qashshoqlikka qarshi kurash;
4. Demografik «portlash»ga qarshi kurash;
5. Zo’ravonlikka qarshi ta’lim-tarbiyani jadallashtirish.1
Axborotlashgan jamiyat aslida amerikalik faylasuf, sotsiolog Olvin Toffler (1928 yilda tug’ilgan) tomonidan iste’molga kiritilgan, u postindustrial jamiyatni axborotlashgan jamiyat, deb ataydi.
Axborotlashgan jamiyat deganda informatsiya, ijodiyot va intellektual texnologiyaning ahamiyati ortib borgan jamiyat nazarda tutiladi. Bu jamiyat kompyuterlar, lazer texnikasi, biotexnologiya, gen injeneriyasi, informatika, elektronika, televidiokommunikatsiya rivoji bilan bog’liq ravishda mavjud bo’la oladi. Bu jamiyatda asosiy e’tibor mashinalarni o’zgartirishga emas, balki kishilar ongi va madaniyatini o’zgartirishga qaratiladi.
Fuqarolik jamiyati deganda – mamlakatning har bir fuqarosiga iqtisodiy va siyosiy turmushini o’z ihtiyori asosida qurishga to’la erkinlikni kafolatlovchi ma’lum ijtimoiy tizim nazarda tutiladi. Fuqarolik jamiyatida davlat faoliyati yuzasidan fuqarolarning nazorati o’rnatiladi, davlatning ko’pgina funktsiyalari fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlariga o’tadi.
Fuqarolik jamiyati insoniyat tsivilizatsiyasining mahsuli hisoblanadi.
Fuqarolik jamiyati murakkab tuzilishga ega bo’lgan jamiyat.
Fuqarolik jamiyatning tarkibi quyidagi sxemada berilgan:

4 – Chizma.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling