Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet23/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

O’qituvchi
10 minut

Asosiy savollar.


1. Ijtimoiy falsafiy fikrlarning shakllanishi va taraqqiyoti. Eng qadimgi davrlardan XIX asrga qadar.
2. XIX asrda ijtimoiy falsafa. Ijtimoiy falsafaning fan sifatida falsafadan ajralib chiqishi.
3. XX asr ijtimoiy falsafasi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Pozitivizm, neopozitivizm, marksizm, sotsiologiya, sotsiologik oqimlar, ekzistentsializm.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Ijtimoiy falsafiy fikrlarning rivojlanishining asosiy bosqichlari va uning alohida fan sifatida ajralib chiqishi XIX va XX asrlar misolida tahlil etiladi.
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Ijtimoiy falsafiy fikrlarning shakllanishi va taraqqiyoti qadimgi davrlardan XIX asrlargacha tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Ijtimoiy falsafiy fikrlarning shakllanishini tushuntiradi.

  2. Ijtimoiy falsafaning taraqqiyotini o’rta asrlar, yangi va eng yangi davrlar misolida ifodalaydi.

1-asosiy savolning bayoni:
Ijtimoiy falsafa jamiyat haqidagi falsafasiy bilimlarni o’zida mujassamlantiradi. Falsafa fanining shakllanishi va taraqqiyot tarixi ayni vaqtda ijtimoiy falsafaga ham bevosita dahldor, zotan falsafiy bilimlar eng qadimiy davrlardan boshlab inson va uning olamga munosabati muammosini o’z ichiga oladi. Falsafa tarixi ayni vaqtda ijtimoiy falsafa tarixi hamdir.
Ijtimoiy falsafaning tarixi olimlarni fikricha 3 bosqichni o’z ichiga qamrab oladi.1
1. Ijtimoiy falsafaning shakllanishi va taraqqiyoti. Bu XIX asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
2. XIX asr ijtimoiy falsafa falsafaning maxsus yo’nalishi sifatida ajralib chiqishi.
3. XX asrda ijtimoiy falsafaning taraqqiyoti.
Ijtimoiy-falsafiy bilimlarning shakllanishi va taraqqiyoti antik davr falsafasidan tortib to XIX asrga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda ilgari surilgan falsafiy qarashlar nafaqat olam, tabiat haqidagi bilimlarni, ayni vaqtda jamiyat va inson haqidagi, insonning jamiyatga munosabati haqidagi bilimlarni ham o’z ichiga qamrab olgan edi. Shundan kelib chiqqan holda ijtimoiy-falsafiy bilimlar eng qadimiy davrlardan boshlab shakllangan, degan xulosaga kelish o’rinli. Ijtimoiy-falsafiy bilimlar qadimgi Sharq mamlakatlari – Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyoda shakllangan. Eramizdan avvalgi VI-V asrlardan boshlab qadimgi Yunoniston falsafasida jamiyat, inson muammolari tahlil qilingan. Aynan qadimgi Yunonistonda ijtimoiy falsafiy bilimlarga asos solingan.
Yunon faylasuflari Aflotun (e.a. 427-347 yillar) va Arastu (e.a. 384-322 yillar)ning jamiyat, inson, uning jamiyatga munosabati haqidagi ijtimoiy-falsafiy qarashlari uzoq vaqt mobaynida jamiyatni ilmiy anglash yo’llarini ko’rsatib bergan.
Arastuning falsafiy qarashlarida jamiyatga taalluqli bir qator muammolar ko’tarilgan. Bular: jamiyatning kelib chiqishi: mehnat taqsimoti: qullik, tabaqalanishning kelib chiqishi, ta’lim-tarbiya, iqtisodiy, siyosiy hayot masalalari va hokazolar.
Ayni vaqtda Arastu qarashlarida jamiyatni falsafiy anglashning 2 asosiy tomoni o’z aksini topgan. Bu, birinchidan, Arastuning axloqiy ta’limoti va ikkinchidan, davlat to’g’risidagi ta’limoti. Arastu jamiyatni davlat bilan uzviy birlikda olib qaraydi. Arastuning fikricha, jamiyatni davlatdan ajratib bo’lmaydi, inson siyosiy mavjudod hisoblanadi. Arastu 158 ta qadimgi Yunon shahar davlatlari tarixini tiklashga muvvaffiq bo’lgan.
Jamiyat haqidagi ilk falsafiy qarashlar qadimdan boshlab Markaziy Osiyo mintaqasida shakllangan. Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-falsafiy bilimlarning shakllanishi uzoq tarixga ega. U dastlab boy ma’naviy merosimiz – xalq og’zaki ijodida, so’ng esa qadimiy yozma madaniy yodgorliklarda o’z ifodasini topgan. Bu madaniy yodgorliklarda; a) qadimgi bitiklar; «Avesto». Buyuk allomalarimiz qoldirgan manbalar kiradi.
Jamiyat va insonni falsafiy anglash muammolari Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkirlarni Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy asarlarida ko’tarilgan.
XIX asrga qadar falsafiy qarashlarda ijtimoiy falsafaga doir ikki muammo o’z echimini topgan.
1. Jamiyatni, uning tarkibini falsafiy tahlil etish.
2. Jamiyat tarixini falsafiy anglash.
Ingliz faylasufi Tomas Gobbs (1588-1679 yillar), frantsuz mutafakkiri Jan Jak Russo (1712-1778 yillar), Sen Simon (1760-1826 yillar), ingliz olimlari Adam Smit va David Rikkardo jamiyat, uning tarkibi haqidagi ilmiy bilimlarni ilgari surdilar. Masalan, Jan Jak Russo «Odamlar o’rtasidagi tengsizlikning kelib chiqishi va uning sabablari haqidagi mulohazalar» asarida mulkiy tengsizlik, jamiyatning boy va qashshoqlarga bo’linishi ijtimoiy tengsizlikning birinchi bosqichidir. Ikkinchi bosqich davlatning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Uchinchi bosqichda hokimiyat zulm va adolatsizlik hokimiyatiga aylanadi deb tahlil etish asosida ideal jamiyat g’oyasini ilgari suradi1.
Jamiyat tarixini falsafiy anglash ijtimoiy falsafada eng qadimgi davrlardan boshlab yuzaga kelgan hisoblanadi. Bu tarix falsafasi, deb yuritiladi. Qadimgi Yunon olimlari Geradot (er.av. 485-425 yillar atrofida), Fukidid (er.av.460-480 y.), Demokrit, Aflotun, Arastu asarlarida jamiyatlar tarixi haqidagi falsafiy fikrlar ilgari surilgan.
Tarix falsafasi muammolari Avgustin Avreliy (354-430 yillar), Foma Akvinskiy (1225-1274) asarlarida ifodalangan.
Olimlar Volter (1694-1778 yillar), Jan Batisto Viko (1668-1744 yillar), Iogann Gotlib Fixte (1762-1814 yillar), Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803 yillar) asarlari tarixni falsafiy anglashga qaratilgan.
Frantsuz faylasufi Volter o’zining butun umrini jamiyat manfaatlaridan yiroq monarxiya hokimiyatiga qarshi kurashga bag’ishladi va jamiyatni aql-zakovat asosida o’zgartirish mumkinligiga ishondi. Nemis olimi, ma’rifatparvari Gerder «Insoniyat tarixi falsafasiga doir g’oyalar» asarida Germaniyada XVIII asr oxirigacha hukm surgan tarixni teologik tushunishga qarshi kurashdi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling