Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov
Download 1.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Identiv o’quv maqsadlari
- 3-asosiy savolning bayoni
Muhokama uchun savollar:Ijtimoiy falsafaning bahs mavzusini tushuntiring? Mantiq fanining maqsadi va vazifalarini izohlab bering? Ijtimoiy falsafani o’rganish qanday ahamiyatga ega? 3-savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarga ijtimoiy falsafaning inson va jamiyat hayotidagi o’rni, uning asosiy funktsiyalari va boshqa fanlar bilan aloqasini tushuntirish. Identiv o’quv maqsadlari: Ijtimoiy falsafaning jamiyatdagi o’rninin izohlaydi. Ijtimoiy falsafaning funktsiyalarini tushuntiradi. Ijtimoiy falsafaning ijtimoiy fanlar orasidagi o’rnini tushuntiradi. 3-asosiy savolning bayoni: Ijtimoiy falsafa jamiyat hayotida muhim o’rin tutadi. Bu narsa uning funktsiyalarida namoyon bo’ladi. 1. Ijtimoiy falsafaning dunyoqarashlik funktsiyasi. Ijtimoiy falsafa xuddi falsafa kabi inson dunyoqarashini shakllantiradi. Albatta inson dunyoqarashini shakllantirishda barcha bilim sohalari qatnashadi. Lekin ijtimoiy falsafa jamiyat va inson haqidagi yaxlit ta’limot sifatida insonda jamiyat haqidagi, insonning jamiyatdagi o’rni haqidagi bilimlarining shakllanishiga yordam beradi, jamiyatda ro’y beradigan turli ijtimoiy jarayonlarga o’z ongli munosabatini shakllantirishga xizmat qiladi. 2. Ijtimoiy falsafaning metodologik funktsiyasi. Ijtimoiy falsafa jamiyat tizimi va rivojlanishidagi umumiylikni echish, ijtimoiy hayot sohalarining o’rnini ko’rsatib berish, inson borlig’i va mohiyatini yoritish, insoniyat tarixining mohiyatini tushuntirib berish bilan boshqa xususiy ijtimoiy fanlar uchun o’ziga xos metodologik asos vazifasini bajaradi. Ijtimoiy falsafaning metodologik funktsiyasi deganda, ijtimoiy falsafaning jamiyatni to’g’ri anglash metodlar haqidagi fan ekanligi nazarda tutiladi. Falsafa tarixida olamni, shu jumladan jamiyat va insonni bilishning 2 asosiy metodi shakllangan. Bular: dialektika va metafizika. Ijtimoiy hayotni o’rganishda dialektika va metafizika turlicha yondashadi. - agar dialektika ijtimoiy hayot hodisalarini o’rganishda, ular orasidagi eng umumiy universal aloqadorliklarga e’tibor berishni taqozo etsa, metafizika aloqadorliklarni faqat tasodif sifatida o’rganadi, har bir ijtimoiy jarayon, o’zgarish faqat o’ziga xos, takrorlanmasdir, deb biladi. - agar dialektika ijtimoiy hayot va insonni o’rganishda taraqqiyot tamoyilidan kelib chiqsa, metafizika taraqqiyotni e’tibordan chetda qoldiradi, hamda uni faqat miqdoriy o’zgarishlar sifatida talqin etadi. - agar dialektika olamning barcha ko’rinishlari kabi jamiyat va inson olamning mohiyatida ham ziddiyatlar amal qiladi, ziddiyatlarning birligi va mutanosibligi jamiyat va inson mavjudligida namoyon bo’ladi, ayni vaqtda ziddiyatlar orasidagi munosabat taraqqiyotga olib boradi, deb bilsa, metafizika qarama-qarshiliklar ijtimoiy jarayonlarga xos emas, degan qoidaga asoslanadi. 3. Ijtimoiy falsafaning insonparvarlik funktsiyasi. U komil insonni shakllantirishga xizmat qiladi. Eng qadimiy davrlardan falsafani inson uning mohiyati, qadr-qimmati masalalari qiziqtirib kelgan. Aslida falsafa inson hayotining ma’nisini o’ylashdan boshlangan. Ijtimoiy falsafa «Inson va olam» muammosini hal qilishga yordam beradi. I.Kant o’zini «Sof aql tanqidi» asrida falsafiy bilimlarning mohiyati 3 savolda ifoda topgan, deb hisoblaydi. Bular: - Men nimani bila olaman? - Men nima qilishim kerak? - Nimaga umid qilishim, ishonishim kerak? Insoniyat barcha davrlarda ularga javob topishga intilgan. 4. Ijtimoiy falsafaning bashorat funktsiyasi. Ijtimoiy falsafa ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yo’lda ijtimoiy taraqqiyot qonunlaridan kelib chiqib, ijtimoiy jarayonlar tendentsiyasi va istiqbolini, kelajakni anglash, ilmiy bashorat qilish imkonini beradi. 5. Ijtimoiy falsafa insonparvarlik funktsiyasini bajaradi. Uning gumanistik funktsiyasi insonni tarbiyalashga, unda yuksak insoniy, axloqiy xislatlarni jonlantirishga yo’naltirilgan. Insonni shakllantirish va rivojlantirish unda falsafiy fikrlash madaniyatini qaror toptirishni ham nazarda tutadi. Ijtimoiy falsafa umuman falsafiy bilimlar bilan birgalikda barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodologik asosi hisoblanadi. Ijtimoiy falsafa sotsiologiya, tarix, antropologiya, psihologiya, etnografiya, iqtisodiy nazariya kabi fanlar bilan uzviy birlik va aloqadorlikda mavjud bo’ladi. Ijtimoiy falsafa sotsiologiya bilan bog’liq. Ijtimoiy falsafa jamiyatning eng umumiy muammolari ustida bahs yuritsa, sotsiologiya konkret jamiyatning konkret muammolarini tadqiq etishni nazarda tutadi. Ijtimoiy falsafa tarixni anglashning metodologik asosi hisoblanadi. Tarix muammolarini hal qilish chuqur falsafiy tahlilga suyanadi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling