Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov
Download 1.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-asosiy savolning bayoni
Muhokama uchun savollar:Ijtimoiy falsafa va falsafaning aloqasini tushuntiring? Ijtimoiy falsafa va falsafaning umumiylik jihatlari nimalarda ko’rinadi? 2-savol bo’yicha dars maqsadi: Ijtimoiy falsafaning bahs mavzusi, uning maqsad va vazifalarini misollar orqali tushuntirish. Identiv o’quv maqsadlari: Ijtimoiy falsafaning bahs mavzusini izohlaydi. Ijtimoiy falsafaning maqsad va vazifalarini tushuntiradi. 2-asosiy savolning bayoni: Ijtimoiy falsafa fanining o’rganish ob’ekti – jamiyat. Ijtimoiy falsafa kishilik jamiyatining kelib chiqishi, mohiyati, tarkibi haqida bahs yuritadi. Ijtimoiy falsafa jamiyat haqidagi eng umumiy bilimlar, tushunchalar majmui bo’lishi bilan bir qatorda, ijtimoiy rivojlanish yo’lida kelib chiqadigan muammolarni oqilona hal etish, jamiyat istiqbolini oldindan ko’rish imkonini beradi. Ijtimoiy falsafa jamiyatga yaxlit, bir butun tizim sifatida qarar ekan, jamiyatning ayrim sohalarini tatqiq etuvchi fan vakillari e’tiborini jamiyatning normal ishlashi uchun uning har bir qismi va unsuri qanday rol o’ynashiga qaratadi. Ijtimoiy falsafa nuqtai-nazaridan jamiyat o’zini-o’zi tashkillovchi va boshqaruvchi sistema bo’lib, u o’z ichki qonunlari bilan harakatlanadi, rivojlanadi va takomillashadi. Inson va uning uyushmalari (davlati, siyosiy partiyalari, ijtimoiy harakatlari va b.) qonunlar doirasida faoliyat yo’nalishlarini belgilasa, taraqqiyot tezlashadi, aksincha bo’lsa, jamiyat tanazzulga uchraydi. Binobarin jamiyatni harakatga keltiruvchi qonunlar va u asosda faoliyat belgilaydigan eng kichik subatomi – insondir. Odamning kelib chiqishi va jamiyatning shakllanishi inson va jamiyatning o’zaro aloqadorligi ijtimoiy falsafa tadqiq etadigan eng muhim muammolardir. Ijtimoiy falsafa jamiyat va insonni uzluksiz o’zgarib, rivojlanib boruvchi tizim sifatida o’rganadi va ijtimoiy taraqqiyotning mazmun-mohiyati, shakl va ko’rinishlari, ijtimoiy taraqqiyot qonunlari to’g’risida bahs yuritadi. Ijtimoiy falsafa doirasidagi eng muhim muammo – jamiyatni bilish muammosidir. Ijtimoiy falsafa jamiyatda kechadigan ijtimoiy voqea va jarayonlarni ilmiy bilishning metodologik asoslarni ishlab chiqadi. Shunday qilib, ijtimoiy falsafaning muammolari deganda jamiyat, inson, ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy bilish muammolari nazarda tutiladi. Ijtimoiy falsafa jamiyatni o’z-o’zidan tashkillanuvchi, uzluksiz taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy organizm sifatida qaraydi, ya’ni jamiyat va insonni dinamikada – taraqqiyotda olib o’rganadi. Har bir fan olamning biron-bir ko’rinishiga dahldor qonuniyatlarni ochishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Ijtimoiy falsafa jamiyat hayoti va taraqqiyoti ijtimoiy qonunlarini ochib beradi. Har bir fanning mazmuni uning tayanch tushunchalari, terminlarida ifodalanganidek, ijtimoiy falsafaning o’z tushunchalari - kategoriyalari mavjud. Ijtimoiy falsafaning tayanch tushunchalari deganda «jamiyat», «inson», «ijtimoiy borliq», «ijtimoiy ong», «ijtimoiy munosabat», «ijtimoiy ishlab chiqarish», «ijtimoiy jarayon», «madaniyat», «ma’naviyat», «qadriyat», «ob’ektiv shart-sharoit», «tsivilizatsiya», «sub’ektiv omillar», «manfaat», «shaxs», «oila, «tadrijiy rivojlanish», «iqtisodiy hayot», «ijtimoiy-siyosiy hayot» kabilar nazarda tutiladi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling