Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet17/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

O’qituvchi
10 minut

Asosiy savollar.


1. Falsafa va ijtimoiy falsafa, ular o’rtasidagi umumiylik va aloqadorlik.
2. Ijtimoiy falsafaning bahs mavzusi, maqsad va vazifalari.
3. Ijtimoiy falsafaning jamiyatdagi o’rni, asosiy funktsiyalari, uning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Falsafa, ijtimoiy falsafa, jamiyat, antropologiya, gnoseologiya, metodologiya, ontologiya.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Ijtimoiy falsafa falsafadan farqli o’laroq faqat jamiyatni o’rganuvchi fan bo’lib, u jamiyatning paydo bo’lishi, rivojlanishi va kelajakdagi rivojlanishi haqida bahs yuritadi.
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarga falsafa va ijtimoiy falsafaning bog’liqligi va farqi, ijtimoiy falsafaning bahs mavzusi, maqsad va vazifalari, uning asosiy funktsiyalarini tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Falsafa va ijtimoiy falsafaning bog’liqligini tushuntiradi.

  2. Falsafa va ijtimoiy falsafa o’rtasidagi farqli jihatlarni to’g’ri ifodalaydi.

1-asosiy savolning bayoni:
Ijtimoiy falsafa falsafaning tarkibiy qismi bo’lib inson va jamiyat haqidagi bilimlar tizimi sifatida antik davrlardan asta-sekin shakllana boshlagan. Ta’kidlash joizki, insonning barcha bilimlari dastlab falsafa doirasida mujassamlangan. Keyinchalik uning tarkibidan boshqa fanlar, chunonchi tabiiy va gumanitar fanlar ajralib chiqqan.
Falsafadan boshqa fanlarning ajralib chiqishi uning ahamiyatini pasaytirmagan, balki olamni yanada chuqur, yanada atroflicha o’rganish imkonini bergan.
Olam haqidagi bilimlarning tobora rivojlanib borishi, falsafa doirasidagi bilimlardan alohida fanlarning ajralib chiqishi va taraqqiyotiga olib kelgan.
Dastlab falsafa tarkibidan tabiiy va ijtimoiy fanlar ajralib chiqa boshlagan.
Bu jarayon uzoq davom etib, dastlab falsafadan matematika, geometriya, astronomiya, keyinchalik geologiya, geodeziya tibbiyot, mexanika, fizika, ximiya, biologiya kabi fanlar ajralib chiqqan. Keyinroq falsafa tarkibidan gumanitar va ijtimoiy fanlar (XVIII-XIX asrlarda) ajralib chiqish jarayoni ro’y bergan. Oqibatda sotsiologiya, etika, estetika, mantiq, siyosatshunoslik kabi fanlar mustaqil ravishda rivojlana boshlagan.
Falsafiy bilimlarning takomillashuvi jamiyat, uning moddiy va ma’naviy hayoti, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy, huquqiy, axloqiy muammolarning hal etilishi jamiyat va inson haqida ko’plab risolalarning yaratilishiga sababchi bo’lgan. Bularga Aflotunning «Davlat», «Qonunlar», Arastuning «Siyosat», Forobiyning «Fozil shahar aholisi», «Siyosat ilmi», Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi», Al-Marg’inoniyning «Al-Hidoya», Tomas Gobbsning «Grajdanlik» to’g’risida, Gegelning «Tarix falsafasi», «Huquq falsafasi» kabi asarlarini keltirish mumkin. Aynan ana shu risolalarda jamiyat, inson haqidagi falsafiy bilimlar o’z ifodasini topgan.
Falsafa va ijtimoiy falsafa o’zaro uzviy bog’liq. Ijtimoiy falsafa jamiyat haqidagi falsafiy bilimlar tizimi sifatida falsafa fanining uzviy qismi hisoblanadi. Agar falsafa odam va olam munosabatlari tahlili bilan shug’ullansa, ijtimoiy falsafa jamiyat va inson munosabatlarini tadqiq etadi. Agar falsafa olam va odam, odamning olamga munosabati, olamning mohiyati, qonuniyatlari to’g’risidagi fan bo’lsa, ijtimoiy falsafa olamning tarkibiy qismi bo’lgan jamiyat haqidagi falsafiy bilimlar tizimi hisoblanadi. Ijtimoiy falsafani falsafiy ta’limotlarning o’ziga xos ko’rinishi sifatida tahlil qilmoq lozim. U falsafa tarkibidagi ontologiya, gnoseologiya, metodologiya, antropologiya ta’limotlari bilan bevosita bog’liq bo’lib, u shu ta’limotlarning jamiyatga izchil tatbiq etilishining natijasi va mahsuli sifatida maxsus o’rganiladi.
Ijtimoiy falsafa borliq falsafasi, ontologiya ta’limoti bilan bevosita bog’liq ravishda shakllangan. Falsafa borliqni bir butun yaxlit olam sifatida olib o’rganadi. Ijtimoiy falsafa borliqning o’ziga xos ko’rinishi, ijtimoiy borliq, uning mohiyati, qonuniyatlarini aks ettiradi.
Ijtimoiy falsafa gnoseologiya (ilmi) bilan bevosita bog’liq. Falsafa olamni bilishga dahldor muammolar bilan shug’ullansa, ijtimoiy falsafa inson o’z ongi bilan jamiyatni bilishga qodirmi? degan savolga javob izlaydi. Falsafa ob’ektiv olamning inson ongida aks etish masalalari, olamni bilish muammolari bilan shug’ullansa, ijtimoiy falsafa ijtimoiy hayotning inson ongida aks etish muammolarini o’rganadi va inson ongi jamiyatga qanday munosabatda? degan savolga javob izlaydi.
Falsafada olamni bilish yo’llari, usullari ishlab chiqilgan va bu metodologiya (usullar haqidagi ta’limot)da o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy falsafa inson va jamiyatni o’rganish metodologiyasi haqida bahs yuritadi.
Ko’rinib turibdiki, falsafa va ijtimoiy falsafa uzviy birlikda va dialektik aloqadorlikdadir. Bu aloqadorlikda falsafa fani umumiylikni ifodalaydi, ijtimoiy falsafa esa ana shu umumiylik doirasidagi ayrimlikdir.
Ijtimoiy falsafa inson, jamiyat, ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy bilishning mohiyati, qonuniyatlari hamda tamoyillari haqidagi fandir. Ijtimoiy falsafa fan, ilmiy bilimlar taraqqiyotida amal qiladigan differentsiatsiya jarayonining natijasi hisoblanadi. Ilmiy bilimlar taraqqiyotida differentsiatsiya 2 xil tarzda kechgan.
Dastlabki davrlarda odamlarning bilimlari falsafa fani doirasida jamlangan keyinchalik uning asosida boshqa tabiiy va ijtimoiy fanlar vujudga kelgan.
Ikkinchi yo’nalish - muayyan fan doirasida bilimlarning chuqurlashuvi oqibatida uning tarmoqlari shakllangan, yangi bilimlarni o’zida mujassamlantirgan yangi sohalar paydo bo’lgan.
Falsafiy bilimlarning rivojlanib, chuqurlashib borishi oqibatida psihologiya, formal mantiq, etika, estetika kabi fanlar ajralib chiqqan. Ayni vaqtda falsafaning insonga va jamiyatga bevosita dahldor muammolari va bu muammolar doirasida erishilgan ilmiy bilimlar ijtimoiy falsafaning shakllanishiga sababchi bo’lgan.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling