Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


Download 1.53 Mb.
bet36/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Geografik muhit. Biosfera. Noosfera. Naturalistik oqim. Geografik determinizm. Geografik siyosat. Ekologik siyosat. Demografiya.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Jamiyat hayotiga ta’sir ko’rsatuvchi tabiiy, geografik, demografik va ijtimoiy omillar har tomonlama, faylasuflarning ijtimoiy-falsafiy qarashlari asosida tahlil etiladi.
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Jamiyat va tabiat dialektik birlikda va aloqadorlikda rivojlanishi nuqtai nazaridan vujudga kelgan biosfera ta’limoti va uning mazmuni tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Jamiyat va tabiatning o’zaro aloqadorligini tushuntiradi.

  2. Biosfera va noosfera tushunchalarini izohlab beradi..

1-asosiy savolning bayoni:
Jamiyat hayoti va taraqqiyoti bilan tabiat orasidagi aloqadorlik ijtimoiy falsafaning muhim muammolari doirasiga kiradi.
Avvalo, jamiyat tabiat evolyutsiyasining mahsuli va ko’rinishi, ob’ektiv borliqning shakli bo’lib hisoblanadi. Jamiyat tabiatdan ajralib chiqqan. Jamiyat tabiat bilan aloqadorliksiz mavjud bo’la olmaydi va yashay olmaydi. Jamiyat bilan tabiat orasidagi aloqadorlik tabiiy omillarning jamiyatga ta’siri tarzida namoyon bo’ladi. Jamiyatga ta’sir etuvchi tabiiy omillar deganda; a) geografik muhit; b) aholi zichligi va ularning jamiyatga ta’siri nazarda tutiladi.
Jamiyat va tabiat dialektik birlikda, o’zaro bir-biri bilan chambarchas bog’liq, biri ikkinchisisiz mavjud bo’lishi mumkin emas. Bu bog’liqlik:
a) jamiyatning genezisida o’z ifodasini topadi.
b) aynan ana shu tufayli jamiyat va tabiatning birligi narsalar tuzilishidagi umumiylikda namoyon bo’ladi.
1) Odam va hayvon tirik tabiat vakillari sifatida tuzilishiga ko’ra o’xshash, ayni vaqtda uning hayotiy funktsiyalari ham o’zaro biri ikkinchisiga o’xshash (masalan: nafas olish, ovqat hazm qilish, o’zaro modda almashish va h.k.)
2) Jamiyat tabiatdan tashqarida, unga bog’liq bo’lmasdan mavjud bo’la olmaydi. Inson tabiat bag’rida yashaydi va faoliyat ko’rsatadi.
3) Tabiat ham, jamiyat ham moddiy, ular yaxlit moddiy olamning ko’rinishlari hisoblanadi.
4) Tabiatda ham, jamiyatda ham taraqqiyotning umumiy qonunlari amal qiladi.
Biz falsafa kursida tabiat va jamiyat qonunlari, ular o’rtasidagi umumiylik va farqlar bilan tanishgan edik.
Jamiyat bilan tabiat orasidagi uzviy aloqadorlik tarixini to’rt davrga bo’lib o’rganish mumkin:

  1. O’zlashtirish bosqichi;

  2. Agrar bosqich;

  3. Industrial bosqich;

  4. Noosfera davri.

Tabiat, tabiiy muhit haqidagi qarashlar biosfera to’g’risidagi ta’limotda o’z ifodasini topgan.
Biosfera tushunchasini birinchi bo’lib avstriyalik olim, geolog Eduard Zyus iste’molga kiritgan va uni erning jonli qobig’i, deb ta’riflagan. Biosfera ta’limoti akademik Vladimir Vernadskiy (1863-1945) tomonidan rivojlantirilgan. Vernadskiy biosferani organizmlar tarqalgan Er sayyorasining jonli qobig’i, deb ta’riflagan. Biosferaning yuqori rivojlanish bosqichini, ya’ni tabiatning inson aqliy faoliyati sohasiga aylanishini noosfera, deb atagan. Demak, noosfera tabiat va jamiyat orasidagi o’zaro aloqa va munosabatda inson ongli faoliyati taraqqiyotining bosh omiliga aylanishini nazarda tutadi. «Noosfera» tushunchasi XX asrning 20-yillarida frantsuz olimlari Eduard Lerua va Per Teyyar de Shardenlar tomonidan iste’molga kiritilgan. Noosfera to’g’risidagi ta’limot akademik V.Vernadskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Noosfera, ya’ni «ong sohasi» ning tarkibiga:
a) inson va uning faoliyati, turli shakl va ko’rinishlarda namoyon bo’ladigan inson ongi;
b) texnika;
v) madaniy-iqtisodiy komplekslar;
g) inson ta’siri ob’ekti hisoblangan notirik va tirik tabiat qismi kiradi.
Buni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:
1 –Chizma.
Madaniy-iqtisodiy
komplekslar

Ноосфера (ақл сохаси)


inson texnika

Tirik va notirik tabiat qismi



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling