Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet44/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Muhokama uchun savollar:


  1. Iqtisodiy ishlab chiqarish usuli deganda nimani tushunasiz?

  2. Ishlab chiqaruvchi kuchlar nimani ifoda etadi?

  3. Ishlab chiqarish munosabatlari qanday namoyon bo’ladi?

3-savol bo’yicha dars maqsadi: Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqaruvchi munosabatlarning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Ishlab chiqarish munosabatlarining asosini tushuntirib beradi.

  2. Ishlab chiqarish munosabatlarining jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini izohlaydi.

3-asosiy savolning bayoni:
Ishlab chiqarish vositalari – insonning tabiatga va jamiyatga ta’sir etishidagi foydalanilgan narsalar, predmetlar, ular orasida mehnat qurollari alohida o’rin tutadi. Mehnat qurollari jamiyatning tabiatga ta’siri harakterini ifodalaydi. Mehnat qurollari ishlab chiqarishning suyak-muskul sistemasini tashkil etadi. Ayni vaqtda ishlab chiqarish qurollari texnikani o’z ichiga oladi. Texnika deganda (maishiy texnika, transport texnikasi, axborot texnikasi) kabilar nazarda tutiladi.
Mehnat predmetlari – inson mehnati yo’naltirilgan narsa va hodisalar, insonni ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etgan tabiatning qismlaridir.
Moddiy ishlab chiqarishning murakkablashib boruvi mehnat taqsimotini keltirib chiqargan va takomillashtirgan.
Ishlab chiqarish munosabatlari deganda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish ayirboshlash, taqsimot va o’zlashtirish munosabatlari nazarda tutiladi.
Ishlab chiqarish munosabatlarining asosini mulkiy munosabatlar tashkil etadi.
Insoniyat tarixida mulkning 2 shakli xususiy va umumiy mulklar qaror topgan.
Jamiyatlar taraqqiyoti jarayonida mulkning shakllari o’zgarib, xilma-xillashib borgan.
«O’zbekiston Respublikasining Mulkchilik to’g’risidagi Qonuni» ga muvofiq jamiyatimiz iqtisodiyoti ko’p ukladli iqtisodiyot hisoblanadi va uning negizini 5 xil mulk shakli tashkil etadi:
- Xususiy mulk
- Shirkat (jamoa) mulki
- Davlat mulki
- Aralash mulk
- Boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar mulki.
Yuqorida ko’rib chiqqanimizdek, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari jamiyatning iqtisodiy ishlab chiqarish usulini tashkil etadi. Bunda ishlab chiqaruvchi kuchlar ishlab chiqarish usulining mazmunini, ishlab chiqarish munosabatlari esa uning iqtisodiy shaklini tashkil etadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari va ular orasidagi dialektik aloqadorliksiz jamiyat hayoti va taraqqiyoti amalga oshmaydi. Bunday aloqadorlik jamiyatda amal qiladigan umumiy sotsiologik qonun – ishlab chiqaruvchi kuchlarning ishlab chiqarish munosabatlari harakteri va darajasiga muvofiq kelish qonunida o’z ifodasini topadi.
Bunda ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyot darajasi ishlab chiqarish munosabatlariga va avvalo, mulkiy munosabatlarga ta’sir o’tkazadi. Ayni vaqtda ishlab chiqarish munosabatlari ham ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling