Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet43/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Muhokama uchun savollar:


  1. Jamiyatning iqtisodiy hayoti deganda nimani tushunasiz?

  2. Moddiy ishlab chiqarish nima?

  3. Nima uchun moddiy ishlab chiqarish jamiyat iqtisodiy hayotining asosi hisoblanadi?

2-savol bo’yicha dars maqsadi: Iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Iqtisodiy ishlab chiqarish usuli haqida ma’lumotlar beriladi.

  2. Ishlab chiqaruvchi kuchlar va uning mazmunini tushuntiradi.

  3. Ishlab chiqarish munosabatlarini izohlaydi.

2-asosiy savolning bayoni:
Jamiyatning iqtisodiy hayoti ko’p fanlar tomonidan o’rganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi moddiy ishlab chiqarish, uning qonunlarini, ergonomika inson va uning ishlab chiqarish faoliyatini o’rganadi.
Jamiyatning iqtisodiy hayoti uning iqtisodiy ishlab chiqarish usulida o’z ifodasini topadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar jamiyat iqtisodiy hayotining muhim tomonini tashkil etadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar deganda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilarning tabiatga munosabati va moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishi jarayonining sub’ektiv va predmetli elementlari nazarda tutiladi.
Moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilararo sodir bo’ladigan aloqa va munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlari yoki ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar deb yuritiladi. Jamiyatning iqtisodiy ishlab chiqarish usuli uning iqtisodiy tizimida o’z ifodasini topadi.
Jamiyatning iqtisodiy tizimi deganda insonning tabiatga munosabati nazarda tutiladi. Bu munosabatlar tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar deyiladi.
Tashkiliy iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida kelib chiqadi.
Ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlarini ifodalaydi.
Moddiy ishlab chiqarish deganda avvalo inson mehnati nazarda tutiladi. Umumiy tarzda olganda mehnat inson mavjudligining asosiy shakli. Mehnat inson bilan tabiat orasidagi modda almashinuv jarayoni. Mehnat jarayoni avvalo inson yashash sharoitlarini vujudga keltirish jarayonidir. Mehnat insonga zarur bo’lgan shart-sharoitlarni va o’z-o’zini qayta ishlab chiqarishni nazarda tutadi.
Mehnat jarayoni ishlab chiqarish tushunchasida konkretlashadi. Ishlab chiqarishning o’zi esa kishilarning tabiatga va o’zaro bir-birlariga munosabatisiz amalga oshishi mumkin emas. Ishlab chiqaruvchi kuchlar moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayonida insonning tabiatga munosabatini ifodalaydi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalaridan iborat.
Ishchi kuchi – bu, mehnat qurollarini harakatga keltiradigan, moddiy boyliklarni ishlab chiqaradigan inson. Hozirgi davrda ishchi kuchining mazmuni o’zgardi. Bugun fan bevosita ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylanayotgan davrda insonga ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish tajribasi va mehnat qilish malakasining o’zigina etarli emas. Endi u ilmiy bilimlarni egallagan bo’lmog’i lozim.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling