Jamiyatning ma’naviy hayoti. (2 soat).
Jamiyatning ma’naviy hayoti uning tarkibiy elementlari, ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy ong uning sohalari, darajalari va shakllari haqida qolaversa O’zbekistonning ma’naviy sohadagi islohotlarining mazmun-mohiyati tahlil etiladi.
[A3, 3-j; A11, 388-393; A12, 291-300; A13,215-258; A14, 77-85]
2.1.9. Fan. (2 soat).
Fan va uning mohiyati, fan taraqqiyoti, fanning rivojlanishiga hissa qo’shgan Markaziy Osiyo va G’arb mutafakkirlarining ishlari, fan taraqqiyoti qonunlari, fan va jamiyat o’rtasidagi bog’liqlik, O’zbekistonda bugungi kunda ilm-fanga berilayotgan e’tibor va buning samarasi tahlil etiladi.
[A4, 72-96; A11, 323-325; A12, 328-337; A13, 258-281; A14, 85-95; Q6, 11-31]
2.1.10. Milliy davlat mustaqilligi. Taraqqiyotning o’zbek modeli.
(2 soat).
Xalqlar va millatlarning milliy mustaqillikka erishish jarayonlari, jahon xaritasida mustaqil davlatlarning vujudga kelish omillari, O’zbekistonning mustaqillikka erishish jarayonlari va rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o’rin olishi sabablari hamda mustaqillik yillarida yurtimizda olib borilayotgan milliy mafkuraning jamiyat hayotiga tatbiq etilishi.
[A1, 3-6, 13-22; A4, 147-234; A10, 446-492; A12, 348-357, 365-376; Q6, 52-73]
2.1.11. Madaniyat va qadriyatlar. (2 soat).
Madaniyat tushunchasi uning mazmun-mohiyati, madaniyat turlari, qadriyat tushunchasi, qadriyatlarning o’ziga xos turlari, madaniyat va qadriyatlarning jamiyatning hayotidagi o’rni, O’zbekistonda milliy madaniy qadriyatlarga berilayotgan e’tibor tahlil etiladi.
[A4, 272-275; A6,6-b-m; A8,3-j;A10, 301-322;A12,300-308,318-328; A14,95-104;Q6, 155-166]
2.1.12. Fuqarolik jamiyati. (2 soat).
Fuqarolik jamiyati tushunchasi uning falsafa tarixida o’rganilishi, fuqrolik jamiyatining o’ziga xos jihatlari, O’zbekistonda barpo etilgan erkin fuqarolik jamiyati va uning asosiy omillari tahlil etiladi.
[A14-5; A4, 306-330, 393-405; A10, 446-474; A12, 365-376; A14, 104-112]
Do'stlaringiz bilan baham: |