2.2.10. Milliy davlat mustaqilligi. Taraqqiyotning o’zbek modeli.
(2 soat).
Milliy mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, jahon xaritasida mustaqil davlatlarning o’ziga xos o’rni, O’zbekistonning mustaqillikka erishish jarayonlari va rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o’rin olishi sabablari hamda mustaqillik yillarida yurtimizda olib borilayotgan odilona siyosatning ijtimoiy hayotga izchil ta’siri.
[A1, 3-6, 13-22; A4, 147-234; A10, 446-492; A12, 348-357, 365-376; Q6, 52-73]
2.2.11. Madaniyat va qadriyatlar. (2 soat).
Madaniyat tushunchasi uning mazmun-mohiyati, madaniyatning milliy, mintaqaviy, umuminsoniy turlari, qadriyat tushunchasi, qadriyatlarning o’ziga xos turlari, madaniyat va qadriyatlarning bog’liqligi va jamiyat hayotidagi o’rni, O’zbekistonda milliy madaniy yodgorliklar va qadriyatlarga berilayotgan e’tibor atroflicha tahlil etiladi.
[A4, 272-275; A6,6-b-m; A8,3-j; A10,301-322; A12,300-308,318-328; A14,95-104; Q6,155-166]
2.2.12. Fuqarolik jamiyati. (2 soat).
Fuqarolik jamiyati tushunchasi uning falsafa tarixida mutafakkirlar tomonidan o’rganilishi, fuqrolik jamiyatining o’ziga xos jihatlari, O’zbekistonda barpo etilgan erkin fuqarolik jamiyati va uning asosiy omillari tahlil etiladi.
[A14-5; A4, 306-330, 393-405; A10, 446-474; A12, 365-376; A14, 104-112]
2.2.13. Inson. Shaxs. (2 soat).
Odam, inson, shaxs tushunchalari mazmun-mohiyati, inson to’g’risidagi falsafiy qarashlarning shakllanish tarixi, (qadimgi, o’rta asrlar, yangi va eng yangi davrlar Sharq va G’arb mutafakkirlari fikrlari misolida)shaxs muammosi, shaxsning tiplari, O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga berilayotgan e’tibor tahlil etiladi.
[A1, 6-10; A4, 393-405; A9, 3-j; A10, 272-283; A12, 272-281; A14, 112-124]
2.2.14. Jamiyat va shaxs. (2 soat).
Jamiyat va shaxs tushunchalari va ularning o’zaro birligi va aloqadorligi, jamiyat va shaxs o’rtasidagi munosabatlar, shaxsning o’ziga xos tarixiy tiplari, shaxsning jamiyatga ta’siri, shaxs erkinligi va ma’suliyati, O’zbekistonda mustaqil fikrli erkin shaxslarni shakllantirishga qaratilayotgan e’tibor.
[A1, 11-13; A3, 128-159; A4, 393-405; A9, 3-j; A10, 283-301; A14, 124-133]
Do'stlaringiz bilan baham: |