2.2.15. . Ijtimoiy taraqqiyot tabiiy- tarixiy jarayon sifatida. (2 soat).
Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasi, ijtimoiy taraqiyot haqidagi falsafiy qarashlar tarixi, ijtimoiy progress, ijtimoiy regress tushunchalari, inqilobiy va evolyutsion taraqqiyot, ijtimoiy taraqiyotga formatsion, tsivilizatsion va boshqa zamonaviy yondashuvlar va ularning mazmun-mohiyatii haqida ma’lumotlar berish. O’zbekistonda ijtimoiy taraqqiyot borasidagi olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil etiladi.
[A4 46-147; A6, 24-28; A11, 444-464; A12, 284-288; A13, 53-60, 151-174; A14, 133-144]
2.2.16. Ijtimoiy taraqqiyotning sub’ektlari va harakatlantiruvchi kuchlari. (2 soat).
Ijtimoiy taraqqiyotning subektlari va harakatlantiruvi kuchlari to’g’risidagi falsafiy qarashlar, xalq, sinf, millat va buyuk shaxslarning ijtimoiy taraqqiyotdagi o’rni va roli, O’zbekistonda komil insonlarni shakllantirish yuzasidan amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar chuqurroq tahlil etiladi.
[A3,159-171; A4,72-96; A6,6-b-m; A10,298-300;A13,55-101,335-354; A14,144-154;Q7,311-328]
2.2.17. Tsivilizatsiya. (2 soat).
Tsivilizatsiya tushunchasi, tsivilizatsiya haqidagi falsafiy qarashlar, tsivilizatsiya va madaniyat o’zaro bog’liqlik va aloqadorlik, tsivilizaiyaning turlari, o’ziga xos xususiyatlari, tsivilizatsiyalar taraqqiyoti G’arb va Sharq davlatlari misolida o’rganiladi. O’zbekistonda ilm-fan, ma’naviy-ma’rifiy ijtimoiy-siyosiy islohotlarga berilayotgan e’tibor tahlil etiladi.
[A10, 301-313; A11, 448-464; A12, 348-357; A14, 154-161; Q3, 575-590; Q6, 161-192]
2.2.18. O’zbekistonning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shilib borishi. (2 soat).
Integratsiya tushunchasi uning mazmun-mohiyati, O’zbekistonning tashqi siyosati va jahon davlatlari bilan integratsiyalashuvi, O’zbekistonning tashqi siyosatining o’ziga xos jihatlari va jahon davlatlarining O’zbekistonga munosabati tahlil etiladi.
[A2, 396-323; A4, 358-365; A11, 470-479; A12, 357-376; A14, 161-168]
Do'stlaringiz bilan baham: |