Muhokama uchun savollar:
Fuqarolik jamiyatining o’ziga xos jihatlari deganda nimani tushunasiz?
Erkin fuqarolik jamiyati barpo etishda O’zbekistonda olib borilgan ishlarni tushuntirib bering?
Mavzu yuzasidan mustaqil ish topshiriqlari:
Jamiyat, fuqarolik jamiyati tushunchalarini ta’riflang, ularning umumiy va farqli tomonlarini ko’rsatib bering?
Fuqarolik jamiyati kontseptsiyalari qachon shakllantirildi va kimlar tomonidan?
A. Karimov asarlarida erkin fuqarolik jamiyati tamoyillari talqini qanday yoritilgan?
O’zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati ko’rinishlarini misollar asosida tushuntirib bering?
Mavzu yuzasidan yakuniy xulosalar:
Jamiyat, fuqarolik jamiyati, uni falsafa tarixida qo’yilishi, fuqarolik jamiyatining o’ziga xos jihatlari, O’zbekistonda shakllantirilgan erkin fuqarolik jamiyatining asosiy omillari haqida kengroq ma’lumot olishga zamin yaratiladi.
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
Fuqarolik jamiyati va uning o’ziga xos tomonlarini ochib berishda va shakllantirishda yuksak hissa qo’shgan mutafakkirlarning ijodi va faoliyati, ular tomonidan bildirilgan qimmatli fikrlarni har tomonlama tahlil etishga erishish.
O’zbekistonda shakllantirilgan erkin fuqarolik jamiyati va uning asosiy jihatlari har tomonlama I. A. Karimov asarlarida talqin etilganligini kelajak avlodlarga etkazib berishni kengroq targ’ib etishga e’tibor qaratish.
Adabiyotlar:
Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari - T.: “O’zbekiston”, 1997 yil. 170-188 betlar.
Karimov I. A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda - T.: 1999 yil.
Karimov I. A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari - T.: “O’zbekiston”, 2002 yil.
Karimov I, Tulenova K. Ijtimoiy falsafa. (Uslubiy qo’llanma) – T.: 2008 yil, 53-57 betlar.
Krapivenskiy S.E. Sotsialnaya filosofiya. – T.: “Vlados”, 1998 yil. 205-214 betlar.
Falsafa. Qomusiy lug’at. – T.: “Sharq”, 2004 yil.
Istiqlol, demokratiya va fukarolik jamiyati. – T.: “Sharq”, 2003 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |