Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Mustaqil ish topshiriqlari uyga vazifa sifatida beriladi. 5.3


Download 1.53 Mb.
bet77/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

5.2. Mustaqil ish topshiriqlari uyga vazifa sifatida beriladi.
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.

O’qituvchi
5 minut

Asosiy savollar.


1. Fuqarolik jamiyati. Fuqarolik jamiyati muammosining falsafa tarixida o’rganilishi.
2. Fuqarolik jamiyati, uning o’ziga xos jihatlari. O’zbekistonda shakllantirilgan erkin fuqarolik jamiyati.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Ochiq jamiyat, yopiq jamiyat, fuqarolik jamiyati, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, mahalla, jamoat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Fuqarolik jamiyati tushunchasi uning falsafa tarixida o’rganilishi, fuqrolik jamiyatining o’ziga xos jihatlari, O’zbekistonda barpo etilgan erkin fuqarolik jamiyati va uning asosiy omillari tahlil etiladi.
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Fuqarolik jamiyati tushunchasi va uning falsafa tarixida o’rganilishi tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Fuqarolik jamiyati tushunchasini tushuntiradi.

  2. Fuqarolik jamiyati muammosining falsafa tarixida o’rganilishini izohlab beradi.

  3. Faylasuflarning fuqarlik jamiyati va uning boshqa jamiyatlardan farqli tomonlarini aytib beradi.

1-asosiy savolning bayoni:
So’nggi paytlarda ijtimoiy falsafada «ochiq jamiyat», «yopiq jamiyat», «axborotlashgan jamiyat», «fuqarolik jamiyati» kabi tushunchalar ko’p qo’llanmoqda.
Fuqarolik jamiyati jamiyatning muayyan shakli, ko’rinishini ifodalaydi. «Fuqarolik jamiyati», «fuqarolik» tushunchalariga qadimdan ko’p olimlar o’z munosabatlarini bildirganlar. Chunonchi Yunon faylasufi Arastu o’zining «Siyosat» asarida fuqarolik jamiyati masalasiga alohida to’xtalgan hamda grek polislarini fuqarolik jamiyatining o’ziga xos modeli, deb bilgan. U fuqarolik jamiyati, deganda baxtli hayotni ta’minlaydigan jamiyatni tushungan. Bunday jamiyatni boshqarishda davlat qonunlarining to’g’ri, adolatli bo’lishi, davlatning xalq manfaatlari yo’lida xizmat qilish zarur, deb hisoblagan. Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri» asarida «fozil shahar» g’oyasini ilgari suradi. «Fozil shahar» olim idealidagi fuqarolik jamiyati edi. Forobiy fozil shahar deganda adolatli, kishilarning samarali mehnati, ilm sohiblarining aql-zakovatlari, hayotiy tajribalari yuksak qadrlanadigan jamiyatni tushungan. Bunday shaharda ma’rifat, ilm-fan rivojlanadi, inson kamoloti ta’minlanadi, insonlar o’zaro hamjihat yashaydilar, unda tenghuquqlilik va erkinlik saltanati hukmronlik qiladi. Orzudagi jamiyatda davlat boshliklari o’z faoliyatlarida adolat, teng huquqlilik, fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab ish tutadilar.
Fuqarolik jamiyati muammosiga oid qarashlar I.Kant, Gegel, Russo falsafiy qarashlarning muhim tomonini tashkil etadi. Kant orzu qilgan ideal jamiyat – bu jamiyat a’zolari o’rtasidagi tinch-totuvlik, hamkorlik, hamjihatlikdir. Ideal jamiyatda erkinlik muhim ahamiyatga ega. Siyosiy erkinlikning asosiy sharti – bu jamiyat a’zolarining qonun oldidagi tengligi. Kant tenglik deganda mutloq tenglikni nazarda tutmaydi. Nasl-nasabga aloqador imtiyozlarni barataraf etish lozimligi haqida fikr yuritadi. Uningcha, kishilarni mutloq tenglikda saqlashga urinish ijtimoiy adolatsizlikdan boshqa narsa emas. Gegelning huquq falsafasida fuqarolik jamiyatiga oid qarashlar ilgari surilgan.
Yangi davr falsafasida fuqarolik jamiyati muammosiga frantsuz mutafakkirlari ko’p e’tibor berganlar. Shulardan biri – Jan Jak Russodir. U o’zining «Ijtimoiy shartnoma yoki siyosiy huquq tamoyillari» deb, nomlangan mashhur asarida fuqarolik jamiyatini tuzish asoslarini qarab chiqadi va o’zaro tenglik, huquq, qoida me’yorlariga xurmat, xalq manfaatlari masalasiga e’tibor qaratadi.
Jan Jak Russo ijtimoiy tengsizlikka ideal davlat va jamiyatni qaror toptirish yo’lidagi eng asosiy to’siq, deb biladi. U o’zining «Tengsizlikning kelib chiqish sabablari» asarida tengsizlikning kelib chiqish sabablarini tahlil qilar ekan, unga tarixiy hodisa sifatida yondashadi. Jamiyatdagi kuzatiladigan turli nuqsonlarning bosh manbai – tengsizlik. Tengsizlikning bosh sababi xususiy mulk, davlat esa bu tengsizlikni kuchaytiradi. Shuning uchun jamiyatda boyliklarni teng taqsimlamoq lozim. Olim har qanday xususiy mulkka emas, faqat turli buzilishlarga olib keladigan yirik xususiy mulkchilikka qarshi kurashadi. Ayni vaqtda shaxsiy mehnatga asoslangan xususiy mulkchilikni jamiyatning asosi, deb hisoblaydi. Russoning fikricha, jamiyatning boylar va kamabag’allarga bo’linishini bartaraf etish orqali ijtimoiy tenglikni ta’minlash mumkin.
«Fuqarolik jamiyati» tushunchasi ijtimoiy falsafaga XX asrda kirib keldi va bu narsa ingliz olimi, faylasuf Karl Popper nomi bilan bevosita bog’liq. Popper «Ochiq jamiyat va uning dushmanlari» asarida «yopiq jamiyat» va «ochiq jamiyat» to’g’risidagi ta’limotni ilgari surgan.
Karl Popperning bu asarni yozishdan maqsadi totalitarizm haqidagi qarashlarni chuqurlashtirish va unga qarshi kurash samaradorligini oshirishdan iborat edi. Olim yopiq jamiyatni totalitar siyosiy tuzumning mahsuli sifatida ta’riflaydi. Uning fikricha insoniyat doimo totalitar siyosiy tuzum bilan kurashib kelgan. Insoniyat o’zining kelajagini insonparvarlik printsiplariga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qaror toptirish bilan bog’liq bo’lgan masalalarga qaratmog’i lozim, bunday sifat holatiga ega bo’lgan jamiyatni «ochiq jamiyat» deb ataydi. U ochiq jamiyatni bozor munosabatlari bilan bog’laydi va shu asosda «ochiq jamiyat», «fuqarolik jamiyati» haqidagi kontseptsiyasini ilgari suradi. Ochiq jamiyatda jamiyat fuqarolari shaxs hisoblanadi. Unda fuqarolar muayyan qarorlarni qabul qilishda ishtirok etadilar.
Karl Popper insonparvarlik tamoyiliga asoslangan ijtimoiy tuzumga erishmoq uchun insoniyat beshta muhim vazifani ado etmog’i lozim, deb hisoblaydi. Bular:
1. Erkinlikni mustahkamlash, undan kelib chiqadigan ma’suliyatni anglash;
2. Dunyoda tinchlik o’rnatish;
3. Qashshoqlikka qarshi kurash;
4. Demografik portlashga qarshi kurash.
5. Zo’rovonlikka qarshi ta’lim-tarbiyani jadallashtirish.1
Shuni ta’kidlash lozimki, «jamiyat» va «fuqarolik jamiyati» sinonim tushunchalar emas. Jamiyat – bu kishilarning umumiyligi, organik birligi va yaxlitligi bo’lsa, fuqarolik jamiyati esa jamiyatning muayyan bir ko’rinishidir.
Fuqarolik jamiyati u yoki bu mamlakatning har bir fuqarosiga iqtisodiy va siyosiy turmushini o’z ixtiyori asosida qurishga to’la erkinlikni kafolatlovchi ma’lum ijtimoiy tizim.
Fuqarolik jamiyatining bosh tamoyili - o’z-o’zini boshqarish. Davlat o’z ijtimoiy-siyosiy faoliyatida demokratiya qoidalariga qancha ko’p amal qilsa, fuqarolik jamiyati shunchalik tez rivojlanadi. Xaqiqiy demokratik davlat, bu – albatta rivojlangan fuqarolik jamiyatiga ega bo’lgan davlatdir.
Fuqarolik jamiyatida davlat faoliyati ustidan fuqarolarning nazorati o’rnatiladi, davlatning ko’pgina funktsiyalari fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlariga o’tadi.
Fuqarolik jamiyati insoniyat tsivilizatsiyasining mahsuli hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati murakkab tuzilishga ega. Fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismlariga:
a) iqtisodiy sohada – mayda xususiy korxonalar, kosperativlar, aktsionerlik jamiyatlari, fuqarolar tashabbusi bilan shakllangan xilma-xil ishlab chiqarish birlashmalari, jamoalari, jamiyatlar;
b) ijtimoiy sohada – oila, o’zini-o’zi boshqarish tashkilotlari, siyosiy partiyalar, turli haraktalar, jamoatchilik fikrini o’rganuvchi nodavlat institutlari, muassasa va tashkilotlar;
v) ma’naviyatda – nodavlat tashkilotlar (masalan diniy tashkilotlar), ommaviy axborot vositalari, turli ilmiy, ijodiy uyushmalar kiradi.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling