Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. O’qituvchi


Download 1.53 Mb.
bet100/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.

O’qituvchi
15 minut

5

O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari uyga vazifa sifatida beriladi.
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.

O’qituvchi
5 minut

Asosiy savollar.


1. Ijtimoiy taraqqiyotning sub’ektlari va harakatlantiruvchi kuchlari to’g’risidagi falsafiy qarashlar.
2. Xalq-tarix ijodkori. Sinflar, millatlar, tarixiy shaxslarning ijtimoiy taraqqiyotdagi o’rni.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Manfaat, extiyoj, buyuk shaxs, xalq, olomon, volyuntarizm, fatalizm, barkamol inson, komil inson.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Ijtimoiy taraqqiyotning subektlari va harakatlantiruvi kuchlari to’g’risidagi falsafiy qarashlar, xalq, sinf, millat va buyuk shaxslarning ijtimoiy taraqqiyotdagi o’rni va roli, O’zbekistonda komil insonlarni shakllantirish yuzasidan amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar tahlil etiladi.
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Ijtimoiy taraqqiyotning sub’ektlari va harakatlantiruvchi kuchlari to’g’risidagi falsafiy qarashlar tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Ijtimoiy taraqqiyotning subektlari va harakatlantiruvchi kuchlari tushunchasini tushuntiradi.

  2. Ijtimoiy taraqqiyotning subektlari va harakatlantiruvchi kuchlari haqida vujudga kelgan falsafiy qarashlarni izohlab beradi.

1-asosiy savolning bayoni:
Biz o’tgan ma’ruzada ijtimoiy taraqqiyot muammosi bilan tanishdik. Agar ijtimoiy taraqqiyot tabiiy-tarixiy jarayon bo’lsa, ijtimoiy taraqqiyotni kim amalga oshiradi, degan savol kelib chiqadi. Jamiyat taraqqiyoti kimga va nimaga bog’liq? Aslida ijtimoiy taraqqiyotning yuzaga kelishi ikki xil omilga bog’liq: a) ob’ektiv shart-sharoitlarga, b) sub’ektiv omilga. Muayyan tarixiy jarayonlar ob’ektiv shart-sharoitlarga bog’liq bo’ladi. Ma’lumki, tabiatdagi har qanday o’zgarish o’z-o’zidan, stixiyali tarzda ro’y beradi. Jamiyat hayotidagi o’zgarishlar esa kishilarning muayyan manfaatlarini ifodalaydigan ongli faoliyatlari natijasida sodir bo’ladi.
Jamiyatdagi har qanday harakat, o’zgarish, taraqqiyot asosida kishilarning extiyoj va manfaatlari yotadi. Jamiyatning mohiyatiga berilgan ta’rifni bir bor eslang. Kishilarning o’z extiyojlarini qondirish jarayonida boshqalar bilan aloqa-munosabatlarga kirishishlari oqibatida jamoa, ya’ni jamiyat kelib chiqqan. Extiyoj, manfaatlar – jamiyatni harakatga keltiradigan qudratli kuch. Individlar va guruhlarning faoliyatlari negizida ularning anglangan manfaatlari yotadi. Jamiyatning, alohida kishilar, ijtimoiy guruhlarning o’z manfaatlarini anglashlari va shu asosdagi faoliyatlari oqibatida ijtimoiy taraqqiyot sodir bo’ladi. Ijtimoiy taraqqiyot sub’ektlari – o’z manfaatlari yo’lida ongli, muayyan maqsadga yo’nalgan faoliyat olib boradigan xalq, millat, sinf, shaxslar, buyuk zotlardir. Ijtimoiy taraqqiyot sub’ektlarining ongli faoliyati sub’ektiv omil, deb yuritiladi. Sub’ektiv omil deganda tarixni yaratuvchi kishilar faoliyati nazarda tutiladi. Tarixni kishilar yaratadi, lekin kishilarning faoliyati ob’ektiv shart-sharoitga bog’liq bo’ladi.
Ijtimoiy taraqqiyotning mohiyati, sub’ektlari, harakatlantiruvchi kuchlari haqida xilma-xil qarashlar ilgari surilgan. Volyuntarizm va fatalizm nazariyalari shular jumlasidandir. Volyuntarizm ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini inkor etadi va ijtimoiy taraqqiyotdagi hal qiluvchi narsa, bu – iroda, iroda barcha mavjudotning asosi, degan qarashni ilgari suradi. Unga ko’ra, tarixiy jarayon uni amalga oshiruvchi sub’ektlarning xohish-irodasiga ko’ra sodir bo’ladi. Bunday nuqtai-nazar Germaniyada – G.Rikkert, M.Veber; Angliyada B.Rassel, A.Toynbilar tomonidan ilgari surilgan.
Fatalizm falsafiy yo’nalishi har bir hodisa, insoniyatning barcha hatti-harakatlarini taqdirga bog’lab, tushuntiradi. Fatalizm jamiyat qonunlarini inkor etadi. Jamiyatdagi barcha jarayonlar avvaldan belgilangan, inson bu jarayonlar yo’nalishini o’zgartira olmaydi. Fatalizmning asosiy g’oyasi shu.
Tabiatda ob’ektiv qonunlar amal qilgani singari, jamiyat qonunlarini ham inkor etib bo’lmaydi. Lekin, jamiyat qonunlari amal qilish xususiyatlarga ko’ra tabiat qonunlaridan farqlanadi. Jamiyat tabiiy-tarixiy jarayon bo’lib hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti shuning uchun ham tabiiy-tarixiy jarayonki, u zaruriy tarzda kechadi. Tabiatda bo’lgani singari jamiyatda ham uzluksiz ravishda harakat, o’zgarish, taraqqiyot sodir bo’ladi. Jamiyat taraqqiyoti shuning uchun ham tarixiy jarayonki, bu jarayon kishilar faoliyati tufayli sodir bo’ladi. Kishilar o’z faoliyatlari bilan tarixni yaratadilar. Jamiyat tarixini yaratuvchilar, tarix g’ildiragini olg’a suruvchilar tarixning sub’ektlari bo’lib hisoblanadilar.
Tarixiy taraqqiyotning sub’ektlari deganda: a) xalq, b) sinflar, millatlar, v) buyuk shaxslar nazarda tutiladi.
Tarixiy jarayonlarning sub’ekti xalq hisoblanadi. «Xalq» tushunchasi avvalo biron mamlakat yoki davlatning aholisi tushunchasini ifodalaydi. shuningdek, xalq, elat, el, haloyiq, bir guruh kishilar ma’nolarini ifodalaydi.
Xalq avvalo muayyan ijtimoiy birlikdir. Ayni vaqtda xalq etnik birlikdan yoki ijtimoiy-iqtisodiy, sinfiy birlikdan farqli hisoblanadi. Etnik birlik deganda etnos, millat nazarda tutiladi. Xalq vakili hisoblangan individ muayyan etnosga mansub bo’ladi. Umuman olganda, xalq ko’pmillatli yoki yagona millatli bo’lishi mumkin. Xalq turli ijtimoiy guruhlardan tashkil topishi, murakkab ijtimoiy-sinfiy tarkibiga ega bo’lishi mumkin.
Xalq ommasi ijtimoiy birlik sifatida boshqa birliklardan o’ziga xos tomonlari bilan farqlanadi.
Birinchidan, xalq – umumiy taqdir asosida birlashgan kishilar. Yagona hududda istiqomat qilish, o’z davlatchiligiga ega bo’lishdek belgi xalqqa xos belgi hisoblanadi. Lekin har doim ham bu belgi yaqqol namoyon bo’lavermaydi.
Ikkinchidan, xalq umumiy intilish, umumiy e’tiqod va g’oya yo’lidagi birlashuvni ifodalaydi. Istibdodga qarshi milliy ozodlik yo’lidagi birlashuvni bunga misol sifatida keltirish mumkin.
Uchinchidan, xalq – tarixiy xotira va istiqbol yo’lidagi birlashuvdir. Xalq ommasi umumiy taqdir, tarixiy xotira, umumiy e’tiqod va g’oya, tarixiy taraqqiyot istiqbollari yo’lida birlashgan ijtimoiy yaxlitlikdir.
Xalq tushunchasi bilan bir qatorda olomon tushunchasi ham qo’llaniladi. O’zbek tilining izohli lug’atida olomon – o’z-o’zidan, stixiyali ravishda to’plangan odamlar, haloyiq, deb ta’riflangan1.
Xalqning shakllanishi murakkab bosqichli jarayon hisoblanadi. Bu jarayonning dastlabki, quyi bosqichi, omma, olomon bo’lib hisoblanadi. Olomon hali uyg’onmagan, o’zligini etarli anglamagan omma.
Ko’p yillar davomida xalqni avomga, olomon yo’liga qaytarishga urinishlar bo’ldi. Majburan kollektivlashtirish, ommaviy qatag’onlar, byurokratik rejim yuzaga keltirgan ijtimoiy-ruxiy vaziyat, «kazarmaviy sotsializm» ta’siri oqibatida tashabbuskorlik bo’g’ildi, ikkiyuzlamachilik, befarqlik, har qanday sharoitga moslashish, ko’rsatma bilan yashash, boqimandalik xislatlari shakllanadi, ruhiy qaramlik avj oldi.
Olomonning birlashishi, xalqqa aylanishi tarixiy jarayonlar natijasi hisoblanadi. Bunda onglilik, o’zligini anglash muhim ahamiyat kasb etadi. O’z o’tmishini anglash, kelajak istiqboli yo’lida qayg’urish jamiyat a’zolarini birlashtirishnig omili hisoblanadi va bunda milliy g’oya muhim o’rin tutadi. Milliy g’oya va mafkura xalqni istiqbol yo’lida birlashtiradi. Shuning uchun ham mustaqillikka erishgan O’zbekiston aholisining orzu-umidlari, intilishlari, maqsad-muddaolarini o’zida aks ettirgan milliy istiqlol mafkurasi «xalqni-xalq, millatni-millat» qilishga xizmat qilish lozimligiga alohida e’tibor qaratilgan.1

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling