15-Mavzu: Ijtimoiy taraqqiyotning sub’ektlari va harakatlantiruvchi kuchlari.
Fanni o’qitish texnologiyasi:
“Ijtimoiy taraqqiyotning sub’ektlari va harakatlantiruvchi kuchlari” mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik haritasi
TG’r
|
Bosqichlar va bajariladigan ish mazmuni
|
Amalga oshiruvchi shaxs, vaqt
|
1
|
Mashg’ulotga tayyorgarlik bosqichi:
1.1. Dars maqsadi: Talabalarga Ijtimoiy taraqqiyotning subektlari va harakatlantiruvi kuchlari to’g’risidagi falsafiy qarashlar, xalq, sinf, millat va buyuk shaxslarning ijtimoiy taraqqiyotdagi o’rni va roli, O’zbekistonda komil va barkamol insonlarni shakllantirish yuzasidan amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlarni tushuntirish.
1.2. Identiv o’quv maqsadlari:
1.2.1.Ijtimoiy taraqqiyotning subektlari va harakatlantiruvchi kuchlari tushunchasini tushuntiradi.
1.2.2.Ijtimoiy taraqqiyotning subektlari va harakatlantiruvchi kuchlari haqida vujudga kelgan falsafiy qarashlarni izohlab beradi.
1.2.3.Xalq tarixiy taraqqiyotning hal qiluvchi kuchi ekanligi tushuntiriladi.
1.2.4.Tarixiy taraqqiyotda sinflar va millatlarning tutgan o’rni izohlanadi.
1.2.5.Ijtimoiy taraqqiyotda etuk shaxslarning tutgan o’rni va ahamiyati izohlanadi.
1.2.6.O’zbekistonda komil insonlarni shakllantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tushuntiriladi.
1.3. Asosiy tushuncha va iboralar: Manfaat, extiyoj, buyuk shaxs, xalq, olomon, volyuntarizm, fatalizm, barkamol inson, komil inson.
1.4. Dars shakli: ma’ruza.
1.5. Foydalaniladigan metod va usullar: bahs-munozara, aqliy xujum, hikoya-rivoyat, taqdimot.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |