Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov
Download 1.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savol bo’yicha dars maqsadi
- 2-asosiy savolning bayoni
Muhokama uchun savollar:Ijtimoiy taraqqiyotning subektlari va harakatlantiruvi kuchlari deganda nimani tushunasiz? Ijtimoiy taraqqiyotning subektlari va harakatlantiruvi kuchlari haqida qanday falsafiy qarashlar vujudga keldi? O’zbekistonda xalq manfaatlarini ifodalash va muayyan g’oyalar atrofida birlashtirishning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri mazmun-mohiyatini ifodalab bering? 2-savol bo’yicha dars maqsadi: Xalq, sinflar, millatlar va buyuk shaxslarning ijtimoiy taraqiyotdagi o’rni va roli, O’zbekistonda etuk shaxslarni shakllantirishga qaratilayotgan etibor va uning mazmuni tushuntirib beriladi. Identiv o’quv maqsadlari: Xalq tarixiy taraqqiyotning hal qiluvchi kuchi ekanligi tushuntiriladi. Tarixiy taraqqiyotda sinflar va millatlarning tutgan o’rni izohlanadi. Ijtimoiy taraqqiyotda etuk shaxslarning tutgan o’rni va ahamiyati izohlanadi. O’zbekistonda komil insonlarni shakllantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tushuntiriladi. 2-asosiy savolning bayoni: Xalq ommasi tarixiy taraqqiyotning hal qiluvchi kuchi hisoblanadi. Xalq ommasining hal qiluvchilik kuchi avvalo jamiyat hayotining eng asosiy sohasi iqtisodiy hayotda, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishda yaqqol namoyon bo’ladi. Xalq jamiyatning eng asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Mehnatkash omma moddiy boyliklarni ishlab chiqaradi, mehnat qurollarini haraktaga keltiradi, ularni takomillashtiradi. Xalqning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o’rni beqiyos. Xalqning manfaatini hisobga olish siyosatda o’z ifodasini topadi. Xalq erkinliklar, demokratik huquqlar uchun kurash olib boradi. Xalqning hal qiluvchilik roli ayniqsa sotsial inqiloblar davrida yaqqol namoyon bo’ladi. Xalq butun insoniyat tarixi davomida ozodlik uchun qaramlikka, bosqinchilikka, istibdodga qarshi kurash olib borgan. Xalqning ma’naviy hayotdagi o’rni nihoyatda katta. Ma’naviyatning asosini til tashkil etadi. Xalq tilni yaratadi, uni avloddan-avlodga etkazadi. Xalq – ma’naviy qadriyatlar manbai. Barcha fan, adabiyot, san’at namoyondalari o’z asarlarida xalqning orzu-intilishlarini aks ettirganlar, eng buyuk olimlar, san’at arboblari xalq orasidan etishib chiqqan. Ijtimoiy taraqqiyotning sub’ekti sinflar, ijtimoiy guruhlar, millatlar hisoblanadi. Xalq turli sinflar, ijtimoiy guruhlardan iborat. Ularning jamiyatdagi o’rni, manfaatlari xalqni harakatga keltiradi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida sinfiy kurash sodir bo’ladi. Sinflar orasidagi kurash 3 xil ko’rinishda namoyon bo’lgan: a) iqtisodiy kurash; b) siyosiy kurash; v) g’oyaviy kurash. Sinfiy kurash jamiyat hayotini harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Tarixiy taraqqiyotning sub’ektlari doirasiga millatlarni kiritish lozim bo’ladi. Milliy ozodlik harakatlari ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. Xalq ommasi, sinflar, millatlarning tarixiy taraqqiyotdagi o’rni va ahamiyatini pasaytirmagan holda tarixda shaxslarning o’rniga ham alohida e’tibor bermoq lozim. Tarixda shaxsning tutgan o’rni deganda, 2 narsani e’tiborga olmoq lozim: 1. Jamiyat taraqqiyotida har bir odamning o’ziga xos o’rni borligi. Bu ijtimoiy taraqqiyotdagi inson omili, deb yuritiladi. 2. Buyuk zotlar, tariiy shaxslarning ijtimoiy taraqqiyotdagi o’rni. Tarixiy taraqqiyot boshdan oyoq buyuk tarixiy shaxslar faoliyati bilan bog’liq holda amalga oshadi. Tarixda buyuk zotlar, shaxslarning tutgan o’rni masalasi olimlarni qiziqtirib kelgan. Ayrim olimlar (masalan; Rizo, Mins, Gerri) tarixiy jarayonlar oldindan belgilab qo’yilgan, shasxlar tarixga ta’sir eta olmaydi, degan qarashni ilgari surganlar. Boshqalari esa tarixning haqiqiy ijodkori buyuk shaxslar, tarix ular irodasini ifodalaydilar, degan qarashni ilgari surganlar. Bu har ikki nuqtai-nazar shaxslarning tarixdagi o’rniga bir yoqlama munosabatning natijasi hisoblanadi. Tarixda shaxsning tutgan o’rni haqidagi rus olimi G.V.Plexanovning qarashlari e’tiborga loyiq. Uning fikricha buyuk shaxslarning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri ikki omilga bog’liq bo’ladi. Birinchidan, shaxsning talant-qobiliyatlariga. Buyuk odam deganda hodisalar jarayonini o’zgartira oladigan, yoki to’xtatib qola oladigan shaxs nazarda tutilmaydi. Bu shaxsning buyukligi uning ongliligi va tarixiy zaruratni qay darajada anglashida. Shu ma’noda buyuk shaxs muayyan sinf, ijtimoiy guruhlar manfaatlarining ifodachisi sifatida maydonga keladi. Ikkinchidan, mavjud ijtimoiy tuzum, tarixiy shart-sharoitga bog’liq. Muayyan ijtimoiy tuzum, tarixiy vaziyat shaxs faoliyati uchun imkoniyat yarata oladi. Shunday qilib, ijtimoiy taraqqiyot murakkab tabiiy-tarixiy jarayon. Extiyoj, manfaatlar jamiyat hayoti va taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyot xalq ommasi, ijtimoiy guruhlar, sinflar, millatlar, tarixiy shaxslar faoliyati natijasida sodir bo’ladi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling