Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet54/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

O’qituvchi
5 minut

Asosiy savollar.


1. Jamiyatning siyosiy hayoti tushunchasi. Siyosiy tizim.
2. Davlat - demokratik davlat va uning o’ziga xos xususiyatlari.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Jamiyatning siyosiy hayoti, siyosiy tizim, siyoiy partiya, siyosiy ong, siyosat, siyosiy faoliyat, siyosiy institutlar, davlat, demokratiya, demokratik davlat.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Jamiyatning siyosiy hayoti, siyosiy tizim, davlat, uning o’ziga xos belgilari va boshqaruv shakllari, demokratik davlat tushunchasi, O’zbekistonda ichki va tashqi siyosat uning asosiy omillari tahlil etiladi.
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Jamiyatning siyosiy hayoti tushunchasi va siyosiy tizim mazmuni tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Jamiyatning siyosiy hayotini tushuntiradi.

  2. Siyosiy tizim va uning bo’g’inlarini izohlab beradi.

1-asosiy savolning bayoni:
Jamiyatning siyosiy hayoti deganda sinflar, millatlar, siyosiy kuchlarning o’zaro munosabatlari, ularning davlat hokimiyatini qo’lga kiritish va mustahkamlash borasidagi ongli faoliyati nazarda tutiladi. Jamiyatning siyosiy hayot sohasi siyosat tushunchasi orqali ifodalanadi. Siyosat sinflarining sinflarga, millatlarning millatlarga, davlatlarning davlatlarga munosabatini ifodalaydi. Siyosat murakkab ijtimoiy munosabat ko’rinishi sifatida davlat hokimiyatining shakllanishi bilan bog’liq holda yuzaga keladi.
Siyosat davlat miqiyosida va davlatlararo munosabatlarda amalga oshiriladigan, jamiyatni boshqarish bilan bog’liq faoliyat. Ko’p hollarda «davlat siyosati» degan tushuncha keng qo’llaniladi. Har qanday davlatning siyosati ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi:
a) ichki siyosat
b) tashqi siyosat
Jamiyatning siyosiy hayoti uning siyosiy tizimida o’z ifodasini topadi.
Siyosiy tizim deganda jamiyatda muayyan siyosiy funktsiyalarni bajaradigan ijtimoiy institutlar tizimi nazarda tutiladi.
Siyosiy tizim 2 ko’rinishda namoyon bo’ladi.
a) mamlakat siyosiy tizimi
b) xalqaro siyosiy tizim
Alohida olingan mamlakatning siyosiy tizimi deganda davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari nazarda tutiladi.
Jamiyat siyosiy tizimining muhim tomonini boshqaruv tashkil etadi.
Jamiyat siyosiy tizimining tarkibi quyidagi chizmada aks etgan:

1 – Chizma.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling