Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet73/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Muhokama uchun savollar:


  1. Madaniyat tushunchasiga izoh bering?

  2. Madaniyatning moddiy va ma’naviy turlarini farqlarini tushuntiring?

  3. Madaniyatda milliylik va umuminsoniylik deganda nimani tushunasiz?

  4. O’zbekistonda madaniy merosga munosabat haqida nimalarni bilasiz?

2-savol bo’yicha dars maqsadi: Qadriyat tushunasi uning mazmun-mohiyati, asosiy turlari, inson va jamiyat hayotidagi o’rni, O’zbekistonda milliy qadriyatlarga berilayotgan e’tibor haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Qadriyat tushunchasi tushuntiriladi.

  2. Qadriyatlarning asosiy turlari sanab o’tiladi.

  3. Qadriyatlarning inson va jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati aytiladi.

  4. O’zbekistonda milliy qadriyatlarni tiklash va avlodlarga etkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tushuntiradi.

2-asosiy savolning bayoni:
Falsafaning eng muhim muammolaridan biri – qadriyatlar muammosidir. Qadriyatlar muammosi falsafa tarixida qadimdan mavjud bo’lgan. Yunon faylasuflari Suqrot, Aflotun ezgulik, yaxshilik, adolat, farovonlik, qadriyatlari haqida fikr yuritganlar. Arastu adolat, baxt yuksak qadriyatlar ekanligini ta’kidlagani holda, ularni nisbiy harakterdaligi, ular insonning oqilligiga bog’liqligi haqida fikr yuritgan. O’rta asrlarda qadriyatlar ilohiy mazmunda tahlil qilingan. Uyg’onish davri falsafiy qarashlarida insonparvarlik, xurfikrlilik qadriyatlariga alohida diqqat qaratilgan.
XIX asrdan boshlab qadriyatlar nazariyasi ishlab chiqildi. Qadriyatlar to’g’risidagi nazariya, ta’limotni ifodalaydigan aksiologiya termini XIX asrning ikkinchi yarmida frantsuz faylasufi P.Lapi va nemis olimi E.Gartmanlar tomonidan iste’molga kiritildi.1 Aksiologiya – qadriyatlar falsafasi fani sifatida XIX asrning oxirida shakllandi.
Barcha tur va ko’rinishdagi qadriyatlar, ular orasidagi uzviy aloqadorlik, qadriyatlarning jamiyatdagi o’rni masalalari aksiologiya fanining predmetini tashkil etadi.
Qadriyatlar qadr-qimmat tushunchasi bilan bog’liq bo’lib kishilar qadrlaydigan narsalarga nisbatan ishlatiladi.
Falsafa qomusiy lug’atida qadriyatlar jamiyat, inson, insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan barcha narsa va hodisalar, xislat va fazilatlar jamul-jami deb ta’rif berilgan.2
Faylasuf J.Tulenovning fikricha, qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalar majmui tushunilmog’i lozim.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo’lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanadi.
Qadriyatlar tushunchasida unga xos xususiyatlar aks etgan:
1. Qadriyatlar o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy. Narsalarning o’zi mustaqil ravishda qadriyat bo’la olmaydi. Jamiyat bo’lmasa, qadriyat ham yo’q. Qadriyatlar doimo inson qadriyatlaridir. Shuning uchun ham inson bilan aloqadorlikda bo’lgandagina narsalar qadrli bo’la oladi.
2. Qadriyatlar insonning amaliy faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Inson va uning ma’lum natijaga erishishga yo’naltirilgan faoliyati uning uchun ahamiyatli, qadrli.
3. Har qanday narsa 2 xil xususiyatga ega. Biri – narsaning nimaga kerakligi, ikkinchisi uning inson extiyojlariga qay darajada aloqadorligi. Narsa o’zidan-o’zi qadrli bo’la olmaydi. U insonning biron-bir extiyojini qondirsagina, qadrli bo’la oladi. Demak, uning qadrli-qadrli emasligi insonga, uning munosabatiga bog’liq.
4. Qadriyatlar ob’ektiv mohiyatga ega. Qadriyat o’z-o’zidan emas, insonning predmetli – amaliy faoliyatidan kelib chiqadi.
Qadriyatlarni turli asoslarga ko’ra muayyan turlarga ajratish mumkin:
Jamiyat hayotining sohalariga taalluqli bo’lish nuqtai-nazaridan qadriyatlarni: a) moddiy; b) ijtimoiy-siyosiy, v) ma’naviy turlarini ko’rsatish mumkin.
Moddiy qadriyatlar ichida tabiiy qadriyatlar muhim o’rin tutadi. Tabiiy qadriyatlarga er, er osti boyliklari, suv, havo, o’rmonlar, o’simliklar, foydali qazilmalar, hayvonlar va boshqalar kiradi. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan tabiiy xom-ashyo, foydali qazilmalar O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, asosiy qadriyatlaridandir. Tabiiy resurslar yonilg’i, metall, rudalar, havo, suv, o’simliklar, hayvonlar bo’lmasa inson yashay olmaydi. Ona er kishilar uchun moddiy ne’matlar manbai, mehnat vositalari xazinasidir. Er – insoniyat taraqqiyotining beshigidir. Shunday ekan, hayot manbai – Erni qadrlamaslik mumkin emas. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 55-moddasida «Er, er osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar, umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir», deb yozib qo’yilgan.1
Moddiy qadriyatlar nezigini mulk tashkil etadi. Mulkni o’z egasiga berish jamiyat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi, mulk egasi ushbu mulkni saqlash va ko’paytirish uchun kurashadi. Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy ettirishga xizmat qiladiganlar, avvalo, mulkdorlardir. Shuning uchun ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini mulkiy munosabatlarni tubdan o’zgartirish tashkil qiladi. «Mulkning mulkdorga tom ma’noda xizmat qilishiga, uning mulk egasiga, butun mamlakatga foyda keltirib, har bir fuqaroning farovonligiga xizmat qilishga erishish zarur. Ana shundagina paydo bo’layotgan mulkdorlar sinfi o’z mamlakatining iqtisodiyotini mustahkamlashdan chinakam manfaatdor bo’ladi, ijtimoiy tuzumni mustahkamlash va himoya qilish, ijtimoiy siyosiy barqarorlikni ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi», deya ta’kidlagan edi Prezident Islom Karimov.2
Moddiy qadriyatlar tabiiy (tabiat predmetlari, mehnat predmetlari va h.k.) va predmetli (inson mehnati natijalari) ko’rinishlarida namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarga ijtimoiy adolat, tinchlik, barqarorlik kabilar kiradi. Ma’naviy qadriyatlar deganda ilmiy, axloqiy, diniy, estetik qadriyatlar nazarda tutiladi.
Kimning extiyojlarini aks ettirish xususiyatlariga ko’ra qadriyatlar shaxsiy, guruhiy yoki jamoaviy, milliy, umuminsoniy ko’rinishlarga ega.
Jamiyat va inson hayotida tutgan o’rinlariga ko’ra ikkinchi darajali, kundalik va oliy qadriyatlarning turlarini ko’rsatish mumkin.
Moddiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy qadriyatlarning muayyan bir qismini oliy (yuksak) qadriyatlar tashkil etadi. Tinchlik, inson hayoti, adolat, erkinlik, huquq va burchlar haqidagi tasavvurlar, do’stlik, sevgi, qarindoshlik kabilarni oliy qadriyatlar turkumiga kiritish mumkin.
Qadriyatlarning mazmuni, ko’rinishi o’zgaruvchandir. Qadriyatlar turlari orasiga qat’iy chegara qo’yish mumkin emas. Ular hayot sharoitilari, davr taqozosi bilan bir turdan boshqa turga o’tishi mumkin. jamiyatdagi o’zgarishlar, taraqqiyot yangi qadriyatlarning shakllanishiga, yoki ayrim qadriyatlarning yo’qolishiga olib kelishi mumkin.
Inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Respublika Konstitutsiyasida shunday so’zlar yozilgan; «O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi»3.
Shunday qilib, madaniyat va qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o’rin tutadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling