Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov
O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi
Download 1.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
- 1-savol bo’yicha dars maqsadi
- 1-asosiy savolning bayoni
Asosiy savollar.1. Madaniyat tushunchasining mazmun-mohiyati. Madaniyatning jamiyatda tutgan o’rni. 3. Qadriyat, uning o’ziga xos jihatlari. Qadriyatlar-inson-jamiyat. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Madaniyat, milliy madaniyat, madaniyatning turlari, qadriyat, ma’naviy qadriyat, moddiy qadriyat, demokratik qadriyat, ijtimoiy-siyosiy qadriyat, milliy qadriyat, umuminsoniy qadriyat, qadriyatshunoslik. Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar: Madaniyat tushunchasi uning mazmun-mohiyati, madaniyat turlari, qadriyat tushunchasi, qadriyatlarning o’ziga xos turlari, madaniyat va qadriyatlarning jamiyatning hayotidagi o’rni, O’zbekistonda milliy madaniy qadriyatlarga berilayotgan e’tibor tahlil etiladi. 1-savol bo’yicha dars maqsadi: Madaniyat tushunchasi uning inson va jamiyat hayotidagi o’rni tushuntirib beriladi. Identiv o’quv maqsadlari: Madaniyat tushunchasini tushuntiradi. Madaniyatning turlarini izohlab beradi. Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o’rnini aytib beradi. O’zbekistonda milliy madaniy yodgorliklarga berilayotgan e’tiborni tushuntiradi. 1-asosiy savolning bayoni: Madaniyat murakkab, serqirra ijtimoiy hodisa. U bir qator fanlarning o’rganish ob’ekti hisoblanadi. Masalan, arxeologiya o’tmishda yashagan kishilar faoliyati natijasida vujudga kelgan predmetlar, yodgorliklar, osori-atiqalarni o’rganadi. Etnografiya ma’lum bir xalqning madaniyatini o’rganadi. Ijtimoiy falsafa madaniyatni yaxlitlikdan iborat ijtimoiy hodisa sifatida o’rganadi. Madaniyat atamasi ko’p ma’nolarga ega – ekin ekish, qayta ishlov berish, asrash, avaylash, ma’lumot, ta’lim-tarbiya, taraqqiyot. Madaniyat insonni boshqa barcha tabiiy-biologik dunyodan ajratib turadi. Madaniyat tushunchasini ayrim olimlar arabcha «madina» va «iyat» so’zlarining qo’shilishidan kelib chiqqan va u «shaharga oid» ma’nosini anglatadi, deb hisoblaydilar. Evropalik olimlar madaniyat tushunchasi «kultura» so’zidan kelib chiqqan, u parvarishlash ma’nosini bildiradi, degan fikrni ilgari suradilar. Madaniyat o’zbek tilida tarbiya ko’rganlik, bilimlilik, sifatlilik ma’nolarida ishlatilgan. Madaniyat inson va jamiyat ijodiy faoliyatining barcha ko’rinishlari, uning oqibatida yaratilgan ja’mi moddiy va ma’naviy qadriyatlarni o’z ichiga qamrab oladi. Madaniyat tushunchasiga xilma-xil ta’riflar berilgan. XX asrning 50-yillarida amerikalik olimlar Anri Kreber va Antone Klakxomlar madaniyat tushunchasiga berilgan ta’riflar 164 ta ekanligi haqida fikr bildirganlar. Hozirgi zamon falsafasida madaniyat tushunchasiga berilgan ta’rif 500 atrofida, deb hisoblaydilar olimlar O.G.Danilyan va V.M.Taranenko.1 Madaniyat tushunchasida: a) Insonning yaratuvchilik faoliyati bu faoliyatning usullari va vositalari ifodalanadi. b) inson faoliyatining natijalari aks etadi. Insonning faoliyati moddiy va ma’naviy turlarga bo’linadi. Shunga ko’ra madaniyat 2 xil turda namoyon bo’ladi: 1. Moddiy madaniyat. 2. Manaviy madaniyat. Moddiy madaniyat deganda, insoniyat tomonidan yaratilgan ja’mi moddiy qadriyatlar nazarda tutiladi. Mehnat qurollari va vositalari, texnika, texnologiya, ishlab chiqarish madaniyati, turmushning moddiy shart-sharoitlari moddiy madaniyat shakllari hisoblanadilar. Ma’naviy madaniyat deganda, ma’naviy qadriyatlarni ishlab chiqarish, taqsimot va is’temol qilish sohalari nazarda tutiladi. Ma’naviy madaniyat tarkibiga: a) Inson ma’naviy faoliyatining barcha ko’rinishlari; b) bu faoliyatining barcha natijalari fan, falsafa, san’at, siyosat, huquq, ta’lim-tarbiya, din, jamiyat boshqarish; v) Muassasalar va tashkilotlar maktab, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, teatr, kino, muzey, kutubxona, kontsert zallari va hokazolar kiradi. Moddiy va ma’naviy madaniyat orasiga qat’iy chegara qo’yish, ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Mehnat qurolini yasash moddiy extiyojdan kelib chiqadi va moddiy ishlab chiqarish faoliyatining natijasi hisoblanadi. Ayni vaqtda mehnat qurolini inson bilimsiz yasash mumkin emas. Ma’naviy madaniyat ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. Jamiyatning taraqqiyot darajasi ma’naviy madaniyat bilan boshlanadi. Inson go’daklik chog’idanoq madaniyat ta’siri ostida yashaydi. Inson ta’lim tarbiyasi deganda, avvalo uni madaniyatli inson sifatida kamol toptirish nazarda tutiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida inson madaniyatga oshno bo’lishga o’rganadi. Madaniyatni turli asoslariga ko’ra bir qator turlarga bo’lish mumkin: Masalan milliy (o’zbek madaniyati, rus milliy madaniyati), mintaqaviy (slavyanlar madaniyati, turkiy xalqlar madaniyati, afrikaliklar madaniyati) kabi madaniyat turlarini ko’rsatish mumkin. Tarixiy davr nuqtai-nazaridan madaniyatni antik, umuminsoniy madaniyat, o’rta asrlar davri madaniyati kabi turlariga bo’lish mumkin. Jamiyat hayotining turli sohalariga tatbiqan, siyosiy madaniyat, iqtisodiy madaniyat, huquqiy madaniyat haqida fikr yuritish mumkin. Ayni vaqtda madaniyatning o’ziga xos ommaviy madaniyat, yoshlar madaniyati, elita madaniyati, ishchilar madaniyati kabi turlari mavjudligini e’tiborga olmoq lozim. Madaniyatning jamiyatda tutgan o’rni uning quyidagi a) gnoseologik yoki tarbiyaviy, b) yaratuvchilik, v) kommunikativlik, g) normativ, d) insonparvarlik funktsiyalarida namoyon bo’ladi. Madaniyatda insoniyat tajribasi mujassamlashgan bo’ladi va u, avvalo, bilimlar shaklida namoyon bo’ladi. Ularni o’zlashtirish madaniyatning gnoseologik yoki tarbiyaviy funktsiyasining mohiyatini tashkil etadi. Madaniyat kishilar ijodiy faoliyatining muhim omili hisoblandi. Ilmiy izlanishlar olib borish, san’at sohasida faoliyat ko’rsatish madaniyatining yaratuvchilik funktsiyasi mohiyatini tashkil etadi. Hayotning barcha jabhalarida - mehnatda, turmushda, shaxslararo munosabatlarda madaniyat kishilar xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatadi, ularning hatti-harakatini boshqaradi. Bu madaniyatning normativ (tartibga solish) funktsiyasini tashkil etadi. Normativ funktsiya axloqda, huquqda o’z ifodasini topadi. Madaniyat ijtimoiy hayot tajribasini bir avloddan ikkinchi avlodga etkazishning qudratli vositasi hisoblanadi. Madaniyat an’analar tarzida avlodlar tomonidan o’zlashtiriladi va shu asosda avlodlar aloqadorligi ta’minlanadi. Ijtimoiy tajribani avlodlarga singdirish madaniyatning kommunikativ funktsiyasini tashkil etadi. Madaniyat insonda insoniylikni takomillashtirish vazifasini bajaradi. Madaniyat tufayli inson kamolotga intiladi, insonda eng yuksak insoniy xislatlar shakllanadi. Madaniyat insoniylikning meyo’ri va ko’rsatkichi hisoblanadi. Bu madaniyatning insonparvarlik funktsiyasidan dalolat beradi. Jamiyat taraqqiyotining qaysi sohasi haqida gap ketishidan qat’iy nazar bu taraqqiyotda asosiy o’rinni, inson va uning madaniy yuksalish darajasida hal qiluvchi omil bo’lib hisoblanadi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling