Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi


Download 1.53 Mb.
bet88/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

5

O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari uyga vazifa sifatida beriladi.
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.

O’qituvchi
5 minut

Asosiy savollar.


1. Jamiyat va shaxs, ularning uzviy birligi va aloqadorligi.
2. Jamiyat va shaxs orasidagi munosabatlar haqidagi falsafiy fikrlar. Shaxsning tarixiy tiplari.
3. Shaxsning jamiyatga ta’siri. Shaxs erkinligi va ma’suliyati.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Shaxs, mustaqil shaxs, erkinlik, ma’suliyat, qaramlik, komil inson, fatalizm, valyuntarizm.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Jamiyat va shaxs tushunchalari va ularning o’zaro birligi va aloqadorligi, jamiyat va shaxs o’zrtasidagi munosabatlar, shaxsning tarixiy tiplari, shaxsning jamiyatga ta’siri, shaxs erkinligi va ma’suliyati, O’zbekistonda bu boradagi olib borilayotgan ishlar tahlil etiladi.
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Jamiyat va shaxs, ularning uzviy birligi va aloqadorligi tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Jamiyat va shaxs munosabatlarini tushuntiradi.

  2. Jamiyat va shaxsning aloqadorligini izohlab beradi.

  3. Shaxsning jamiyatdagi o’rni va vazifalarini aytib beradi.

1-asosiy savolning bayoni:
Jamiyat va shaxs munosabatlari falsafa tarixida turlicha tahlil qilingan. Aslida jamiyat va shaxs munosabatlari odam va olam munosabatlarining bevosita davomi. Odam jamiyatda, ijtimoiy omillar ta’sirida shaxs bo’lib shakllanadi.
Odam tirik tabiatdagi eng oliy tur, tabiat evolyutsiyasining mahsuli. Unda odam zotiga xos barcha xususiyatlar jamlangan. Odam evolyutsion taraqqiyot jarayonida inson sifatida shakllangan. Jamiyat, ijtimoiy munosabatlar uning inson sifatida shakllanishiga olib kelgan. Inson – jamiyatlashgan (ijtimoiylashgan) odam. Inson – ijtimoiy-tarixiy mavjudot. Ana shu xususiyati bilan barcha boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. Undagi barcha xislatlar, fazilatlar tarixiy taraqqiyot tufayli vujudga kelgan. Individ o’ziga xos xislatlari bilan boshqalardan farqlanadigan, alohida olingan odam. Individning o’ziga xos xislatlariga, uning tabiati, ruhiy holati (harakteri, temperamenti, xayoloti, xotirasi), o’ziga xos fikrlash tarzi kiradi. Individning o’zigagina xos xislatlari – individuallik tushunchasida ifodalanadi. Individuallik: odamning boshqalardan farqli, faqat o’zigagina xos xislatlari, xususiyatlari, u insonga xos qobiliyatlar, talantda namoyon bo’ladi. Individuallik har bir insonning hayoti, turmush tarzi, uning faoliyatining barcha sohalariga taalluqli. Individuallik alohida olingan insonning aniq hatti-harakatlari, malakasi, layoqati, odat va ko’nikmalarini ifodalaydi. Ayni vaqtda individuallik insondagi betakrorlikdir. Insondagi betakrorlik: a) uning taraqqiyotining individual bosqichida; b) shaxs bo’lib shakllanishida namoyon bo’ladi.1 Insoning individual taraqqiyoti bosqichi ibtidoiy jamoa davriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda inson o’ziing jismoniy mavjudligini ta’minlashni birinchi o’ringa qo’yadi. Individning barcha ehtiyojlari faqat urug’ jamoasida qondiriladi. Urug’ jamoasining emirilishi, ijtimoiy mexnat taqsimoti, xususiy mulkchilik, oilaviy munosabatlar insonning individdan shaxs bosqichiga o’tishiga imkon yaratadi.
Shaxs tushunchasida, avvalgi mavzuda ko’rib o’tganimizdek, insonning jamiyatdagi o’rni, bajaradigan vazifalari ifodalanadi. Har bir shaxs – inson, lekin har bir insonni shaxs, deb atay olmaymiz. Shaxsning shakllanishi ibtidoiy hayotning emirilishi, xususiy mulkning paydo bo’lishi, kishilar orasida yangicha ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi va taraqqiyoti bilan bog’liq. Shaxs o’ziga xos ijtimoiy xislatlarga ega bo’lgan, qobiliyati, ongliligi, mexnat va ijtimoiy-siyosiy faolligi bilan jamiyatga ta’sir ko’rsatadigan odam. Shaxs yaxlitlikni tashkil etuvchi jamiyatning aloxida bo’lagi, unda jamiyatda mavjud bo’lgan barcha ijtimoiy munosabatlar jamuljam. Shaxs bir-biridan o’z ichki dunyosi va ijtimoiy manfaatlariga ko’ra farqlanadigan odam.
Jamiyat va shaxs orasidagi munosabat murakkab harakterga ega bo’lib, bu jarayon jamiyatning insonga va insonning jamiyatga ta’sirida namoyon bo’ladi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling