Bajarilgan ish bo`yicha hisobot
Hisobotda quyidagilar keltiriladi.
1. Ishni bajarishdan maqsad.
2. Kiritilgan MATLAB komandalari va ularning vazifalari.
3. Olingan natijalar.
4. Nazorat savollariga javoblar.
5. Bajarilgan ish bo`yicha xulosalar.
3 – Laboratoriya mashg`uloti
Simulink qism dasturidagi maxsus bloklardan foydalangan holda amallar bajarish
Ishning maksadi:
Simulink paketiini ishga tushurish usullari va model yaratish tartibi bilan tanishish.
Nazariy qism
Simulink — dinamik sistemalarni modellashtirish, imitatsiya va tahlil qilish uchun interaktiv vositadir. U grafik blok-diagrammalarni qurish, dinamik tizimlarni imitatsiya qilish, tizimlarning ishlashini tekshirish va loyihalarni mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi. Simulink MATLAB bilan to`la integrallashgan.
Ishni bajarish tartibi
1. Simulink ni ishga tushirish
MATLAB dasturining asosiy oynasi ochilgandan keyin (1-rasm) Simulink dasturini quyidagi usullar bilan ishga tushuring:
Simulink tugmasini bosish;
MATLABning bosh oynasidagi buyruq satrida Simulink so`zini terib klaviaturadagi klavishasini bosish;
File menyusida O’en... buyrug`ini bajarish va modelning faylini (mdl-fayl) ochish.
1-rasm. MATLAB dasturining asosiy oynasi
Birinchi va ikkinchi usullardan foydalanilganda Simulink bibliotekasi bo`limlarining Browse oynasi ochiladi ( 2-rasm).
2. Model yaratish
SIMULINK muhitida model yaratish uchun quyidagi ishlarni bajaring:
File/New/Model, buyrug`i yoki asboblar ‘anelidagi tugma yordamida modelning yangi fayli yarating. Modelning yangi yaratilgan oynasi 1-rasmda ko`rsatilgan;
Model oynasida bloklarni joylashtiring. Buning uchun bibliotekaning kerakli bo`limi ochiladi (masalan, Sources— manbalar). So`ngra kerakli blokni kursor bilan ko`rsatiladi va sichqonchaning cha’ tugmasini bosib yaratilgan oynaga suriladi. Bloklarga ega bo`’gan model oynasi 2-ramda ko`rsatilgan. Agar blokni yo`qotish zarur bo`lsa uning ustida sichqonchaning cha’ tugmasi bosiladi, keyin esa klaviaturadagi Delete klavishasi bosiladi.
2-rasm. Simulink bibliotekasi bo`limlarining oynasi
1-rasm. Modelning bo`sh oynasi
2-rasm. Bloklarga ega bo`lgan blok oynasi
Blokning ‘arametrlari o`zgartiring. Buning uchun blok tasvirining ustida sichqonchaning cha’ tugmasi ikki marta bosing. Blokning ‘arametrlarini tahrirlash oynasi ochiladi. Kerakli o`zgartirishlar kiritilgandan keyin OK tugmasini bosish yo`li bilan oyna yo’ing. Misol sifatida 3-rasmda Sygnal Generator bloki ‘arametrlarini rostlash oynasi ko`rsatilgan.
3-rasm. Sygnal Generator bloki ‘arametrlarini rostlash oynasi
Hamma zarur bloklar sxemaga joylashtirilgandan keyin sxema elementlarini o`zaro ulang. Bloklarni o`zaro bir-biriga ulash uchun blokning chiqishiga kursor olib boriladi va sichqonchaning cha’ tugmasi bosilgan holda boshqa blokning kirishigacha liniya chiziladi. Bog`lanish liniyasida tarqalish nuqtasini hosil qilish uchun tugun joylashishi zarur bo`lgan nuqtada sichqonchaning o`ng tugmasi bosing kerakli liniyani chizing. CHizilgan liniyani yo`qotish uchun uni tanlang va klaviaturadagi Delete klavishasi bosing. Bloklari bir-biri bilan ulangan modelning sxemasi 4-rasmda keltirilgan.
Hisoblash sxemasi tuzilgandan keyin uni diskda fayl sifatida saqlang. Buning uchun sxema oynasidagi menyudan File/Save ‘unkti tanlang, ‘a’ka va fayl nomi ko`rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |