11. Blok nomini berkitish uchun model oynasining Format menyusidagi Hide Name (Nomni berkitish) buyrug`idan foydalaning. Blokning berkitilgan nomini tiklash uchun Show Name (Nomni ko`rsatish) buyrug`ini bajaring.
12. Signallarning belgilari va kommentariyalarni(izohlarni) joylashtirish.
Blok sxemalar tushunarli va qulay bo`lishi uchun liniyalardan o`tuvchi signallarni ko`rsatuvchi belgilar qo`yish mumkin. Belgilar gorizontal liniyalarning ostiga yoki ustiga, vertikal liniyalarning o`ng yoki cha’ tomoniga joylashtiriladi. Belgini liniyaning boshlanishi, oxiri yoki o`rtasiga qo`yish mumkin.
Signal belgisini hosil qilish uchun liniyaning ustida sichqonchaning cha’ tugmasi ikki marta bosing va belgining matni kiriting. Sichqonchaning cha’ tugmasi liniyaning ustida bosilishiga ehtibor bering. Aks holda model uchun izoh hosil bo`ladi.
Belgini sichqoncha yordamida siljiting. Agar belgini siljitish vaqtida klavishasi bosib turilsa, yangi joyda belgining nusxasi hosil bo`ladi. Belgining nusxasini liniyaning boshqa sigmentida sichqonchaning cha’ tugmasini ikki marta bosish yo`li bilan ham hosil qilish mumkin.
Belgini tahrir qilish uchun uning ustida sichqonchaning cha’ tugmasi bosing va matnga kerakli o`zgartirishlar kiriting.
Belgini olib tashlash uchun uni ajrating va klavishasi bosib turilgan holda yoki klavishasi bosing. Bu holda liniyadagi hamma belgilar olib tashlanadi.
13. Izohlarni hosil qilish va o`zgartirish
Izohni blok sxemadagi har qanday bo`sh yerga joylashtirish mumkin. Buning uchun sichqonchaning cha’ tugmasi ikki marta bosing va hosil bo`lgan to`rtburchak ramkaning ichiga izohning matni kiriting.
Izoh sichqoncha yordamida siljitiladi. Agar izoh siljitilayotgan vaqtda klavishasi bosib turilsa yangi joyda izohning nusxasi hosil bo`ladi.
Hosil qilingan izohni tahrir qilish mumkin. Buning uchun uning ustida sichqonchaning cha’ tugmasini bosing va kerakli o`zgartirishlarni kiriting. SHriftni o`zgartirish uchun izohning matni ajrating va blok sxema oynasidagi Format (Format) menyusidan Font (SHrift) buyrug`i tanlang. Kerakli shrift, uning o`lchami va atributlari tanlangandan keyin OK tugmasini bosing.
Izohni olib tashlash uchun klavishasi bosilgan holda yoki klavishasi bosing.
Do'stlaringiz bilan baham: |