3. Bloklar bilan amallar
Bir oynadagi bloklarning nusxalarini ikkinchi oynaga qo`yish uchun quyidagilarni amalga oshiring: kerakli biblioteka yoki model-’rototi’ning oynasi oching va kerakli blokni sichqoncha yordamida yaratilayotgan (tahrir qilinayotgan) modelning oynasiga suring.
Bloklardan menyu buyruqlari yordamida nusxa oling. Bunda bajariladigan amallar ketma-ketliga quyidagicha bo`ladi:
model yoki biblioteka oynasida nusxasi olinishi kerak bo`lgan blok yoki bloklarni belgilang;
aktiv oynaning Edit (To`g`rilash) menyusida Soru (Nusxa olish) buyrug`i tanlang;
blokning nusxasi qo`yiladigan oynani aktivlashtiring va undagi Edit menyusidan Rast buyrug`i tanlang.
4-rasm. Modelning sxemasi
4. Model bloklarining o`rinlarini almashtirish
Model ichidagi bloklarning o`rnini sichqoncha yordamida ularni surish yo`li bilan almashtiring. Bunda Simulink bloklarni o`zaro bog`lovchi liniyalarni qaytadan chizadi. Bir necha blokni birgalikda surish uchun ularni ajrating va ajratilgan bloklardan birini yangi o`ringa suring. Qolgan ajratilgan bloklar ham ular orasidagi nisbiy masofalar va bog`lovchi liniyalar o`zgarmagan holda suriladi.
5. Model ichida bloklardan nusxa olishni quyidagi ikkita usul yordamida amalga oshiring:
tumasini bosgan holda blokni kerakli joyga surish;
sichqonchaning o`ng tugmasini bosgan holda kerakli joyga surish, bunda blokka navbatdagi tartib raqami beriladi.
6. Blokni olib tashlash.
Blok sxemadagi keraksiz bloklarni olib tashlash uchun ularni ajratib yoki klavishalardan birini bosing. Bundan tashqari blok-sxema oynasining Edit menyusidagi Clear (Tozalash) yoki Cut (Qirqish) buyruqlaridan ham foydalanish mumkin. Agar Cut buyrug`idan foydalanilgan bo`lsa, keyinchalik olib tashlangan blokning nusxasini Raste buyrug`i yordamida modelga joylashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |