Маҳсулот сифати ва хавфсизлигини таъминлашда сертификатлаштиришнинг ўрни


II bob. O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish tizimi


Download 202.97 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi202.97 Kb.
#1595866
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bmi 2023

II bob. O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish tizimi

O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga asossan O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni:agentligi qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruktsiyalashda - O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida - O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika sohasida, shuningdek O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import bo‘yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida - O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofa ahamiyatiga mansub mahsulotlar sohasida - O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga xalq xo‘jaligi tarmoqlarida - O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish oshiradi. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi.
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llaniladi:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
O’zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
tashkilotning standartlari
Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Davlat yagona uzluksiz ta’lim tizimida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo‘llash tartibi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan belgilanadi.
Xalqaro davlatlararo, mintaqaviystandartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo‘llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo‘llash tartibini O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari o‘z vakolatlari doirasida belgilaydilar.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq bo‘lishi lozim. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to‘sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim.
Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‘yiladi. Iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar hamda ularga kiritilgan o‘zgartishlar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi organlarida haq olmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondiga kiradi.

Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq bo‘lishi lozim. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to‘sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim.


Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‘yiladi. Iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar hamda ularga kiritilgan o‘zgartishlar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi organlarida haq olmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondiga kiradi.Standartlarda mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va yetkazib berish shartnomasiga kiritilgan, qonunchilikda nazarda tutilgan o‘zga talablar ham belgilab qo‘yilishi mumkin.
Import mahsulot, basharti u O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas.Amaldagi qonunchilikka muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar sertifikatlashtirishni amalga oshirishda rioya etiladigan talablarni, shuningdek ushbu talablarga muvofiqlikni nazorat qilish va sinash usullarini o‘z ichiga olishi lozim.Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mahsulotning mazkur turini sertifikatlashtirish tizimida belgilangan qoida va tartiblarga muvofiq qo‘llanilishi lozim.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar sertifikatlashtirishni amalga oshirishda rioya etiladigan talablarni, shuningdek ushbu talablarga muvofiqlikni nazorat qilish va sinash usullarini o‘z ichiga olishi lozim.
Xo‘jalik faoliyati sub’ektlari tomonidan standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek boshqa maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Mahsulot va texnologiyalarning ma’lum bir turlari yoki faoliyati turlarini standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek kursatilgan obektlar yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) standartlashtirish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha O’zbekiston Respublikasida 33 ta Texnikaviy qo‘mitasi (TQ) mavjud. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi «Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4059-sonli qaroriga muvofiq «Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasi (Standartlar instituti tashkil qilindi. Ushbu qaroriga asosan «Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasi standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan, shartnoma asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va boshqa tashkilotlarning arizalari bo‘yicha ishlab chiqish va realizatsiya qilish, shuningdek, texnik jihatdan tartibga jisolish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy tashkilot etib belgilandi.Texnik hatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya milliy tizimini yanada rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini tubdan yaxshilash, sog‘liqni saqlash va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-sentabrdagi PQ-3939-son qaroriga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zstandart” agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) 2019-yil 1-yanvardan quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni o‘rnatish takliflari ma’qulllangan.
Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF) to‘laqonli a’zolari hisoblangan davlatlarning sertifikatlashtirish organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinov bayonnomalari taqdim etilganda, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p miqdorda bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari
erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bundan mustasno) o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiradigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ixtisoslashgan va qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologik uskunalar va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, majburiy sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan nooziq-ovqat xomashyo, materiallar va buyumlar majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilinadi. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan o‘lchash vositalariga muvofiqlik sertifikatini taqdim etmagan holda, uni bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida o‘rnatilgan tartibda olish sharti bilan bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi;
Milliy o‘lchash etalonlari va milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuvni (CIPM MRA) imzolagan mamlakatlarning Milliy metrologiya organlari tomonidan rasmiylashtirilgan amaldagi kalibrlash (yoki tekshirish) sertifikatlari taqdim etilganda, o‘z ehtiyojlari uchun texnologik jarayonlarda foydalaniladigan import bo‘yicha olib kiriladigan o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyalash (turini tasdiqlash) soddalashtirilgan tartibda, bir kun muddatda tan olish tartibotlari yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2019-2020-yillarda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi to‘g‘risidagi nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.





Vazirlar Mahkamasining qarori



2019 yil
25-yanvargacha

O‘zstandart Sattarov


Moliya vazirligi (Xaydarov),
Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)



“O‘zstandart” agentligi qoshidagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.



Vazirlar Mahkamasining qarori





2019 yil
25-yanvargacha



O‘zstandart Sattarov
Moliya vazirligi (Xaydarov),
Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)



Sifatsiz hamda odamlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.



Vazirlar Mahkamasining qaror



2019 yil
1-fevralgacha

O‘zstandart Sattarov


Adliya vazirligi (Davletov),
Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

Sanitariya-epidemiologiya va fitosanitariya holati nomaqbul bo‘lgan va ulardan sanitariya-epidemiologiya va fitosanitariya nazoratidan o‘tkaziladigan mahsulotlarni olib kirish taqiqlangan davlatlar ro‘yxatini shakllantirish va yangilash tartibini tasdiqlash.



Vazirlar Mahkamasining qarori



2019 yil
1-aprelgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi Shadmanov


Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev),
Davlat veterinariya qo‘mitasi (Norkobilov), O‘zdavkarantin (Ergashev),
DBQ (Azimov),
LBMA (Axmedxadjayev)



Ovqat mahsulotlari va dori vositalarining yaroqlilik muddatlarga nisbatan qo‘llaniladigan chegaraviy muddatlarni belgilash (ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan umumiy yaroqlilik muddatidan foiz nisbatida) va ushbu muddatlar tugagan hollarda ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga yo‘l qo‘ymaslik.



Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalar





2019 yil
15-yanvargacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi Shadmano


O‘zstandart Sattarov
Davlat veterinariya qo‘mitasi Norkobilov
DBQ (Azimov)

Ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan soddalashtirilgan tartib qo‘llanilgan, import qilingan tovarlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish mexanizmini joriy etish.





Vazirlar Mahkamasining qarori





2019 yil
25-yanvargacha



DSQ (Musayev),
DBQ (Azimov),
O‘zstandart (Sattarov
LBMA (Axmedxadjayev),
manfaatdor idoralar






Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonun buzilishi
uchun javobgarlikni kuchaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2019 yil
1-aprelgacha

Vazirlar Mahkamasi Otajonov


O‘zstandart Sattarov
Bosh prokuratura

Download 202.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling