Маҳсулот сифатини бошқаришнинг


Корхоналарда сифатни бошқариш тизимини жорий этиш орқали


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana17.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1538843
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Allanazarov BMI uz

3.2. Корхоналарда сифатни бошқариш тизимини жорий этиш орқали 
маҳсулот рақобатбардошлигини ошириш 
Bugungi kunda jaxon iktisodiyogining globallashuvi istemolchilarning 
maxsulot va xizmatlar, menejment usullariga bo`lgan talablarini ortib borishiga 
sabab bo`lmokda. shu bois, sanoatning yetakchi tarmoklari korxonalarini 
modernizatsiya kilish, texnik va texnologik qayta jixozlash bo`yicha kompleks 
chora - tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Aholining talab va extiyoj larining keskin o`sib borishi, shu ningdek, jaxon 
bozorida global raqobat kuchayib borayotgan bir sha roitda iqtisodiyotning real 
sektori korxonalarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha birinchi navbatda ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan 
maxsulotlarning sifatini oshirish orqali ularning ichki va tashqi bozorlardagi 
raqobatbardoshligini ta’minlash ma- salalari muxim axamiyat kasb etadi. 
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: "... iqtisodiyotimiz yaqin yillar 
ichida yanada barqaror, o`ziga baquvvat, jaxon va mintaqaviy bozorlarda 
raqobatdosh bo`lishi uchun iqtisodiyotimizni tarkibiy o`zgartirish va 
diversifikatsiya qilish bo`yicha Xali ko`p ishlarni amalga oshirish lozim".
17
Xususan, xozirgi kunda respublikamizda 450 dan ortiq korxonalar ISO 9001 
standartiga muvofiq sertifikatlashtirilgan. Biroq, tarmoq va korxonalarning xalqaro 
standartlarni joriy etishga bo`lgan manfaatdorligi ning sustligi, mazkur yo`nalishda 
17
Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. 2009 
йилнинг асосий якунлари ва 2010 йилда Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг энг 
муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси. Ҳалқ 
сўзи.№ 9. 2010 й. 


yetuk menejer va mutaxassislarning yetishmasligi ko`plab korxonalar tomonidan 
xalqaro standartlarni joriy etishda qator muammolarga duch kelishlariga sabab 
bo`lmoqda. 
Iste’mol bozori talablarining o`zgaruvchanligi sharoitida sanoat korxonalari 
mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sifati xalqaro va milliy 
standartlarga mos keluvchi maxsulotlar ishlab chiqarish, shu asosda 
iste’molchilarning extiyojini ta’minlash, maxsulot sotish bozorlarini kengaytirish 
va maxsulot eksporti xajmini oshirish, texnologi k jarayonlarning xavfsizligi va 
ishonchliligini ta’minlash orqali xavfsiz mexnat sharoitlarini yaratish lozim. 
Sanoat korxonalarida maxsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan 
strategik maqsadlarga erishish uchun korxonalarda sifatni boshqarish tizimining 
xalqaro standartlari talablariga mos ravishda ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, 
bozor va iste’molchilar talablarining o`zgarishiga o`z vaqtida moslashish 
maqsadida muntazam ravishda marketing tadqiqotlarini o`tkazish, ishlab 
chiqariladigan maxsulotlarning iste’mol xususiyatlarini va sifatini yaxshilashga 
qaratilgan sifatni boshqarish tizimini joriy etish va rivojlantirishning tashkiliy-
iqtisodiy va ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqishni talab etmoqda. 
Shu jixatdan, respublikamiz mintaqalarida sanoat korxonalari tomonidan 
ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning sifatini oshirish orqali ularning 
raqobatbardoshligini 
ta’minlash, 
iste’molchilarga 
yetkazib 
berilayotgan 
maxsulotlarning baxosi, sifati va uni kafolatlanishi bo`yicha talablarini 
qondirilishini xamda ichki bozorni sifatsiz maxsulotlardan ximoya qilish 
maqsadida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, shakllantirish va 
sertifikatlashtirishda yuzaga keladigan muammolarni o`rganish, xalqaro standartlar 
talablari asosida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va rivojlantirish muxim 
masalalaridan biri xisoblanadi. 
Mamlakatimizdagi korxonalar chiqaradigan maxsulotlarning xalqaro sifat 
talablari va xalqaro sandartlarga javob berishi bu korxonalarning jaxon bozorida 
munosib o`rinni egallashida muxim rol o`ynaydi. Korxonalarda sifat boshqaruvi 


tizimini (SBT)3 joriy etish ishlab chiqarilgan maxsulot va ko`rsatiladigan 
xizmatning sifati uchun kafolat bo`lib xizmat qiladi. 
O`zbekistonda sertifikatlash xam majburiy va xam ixtiyoriy ko`rinishda 
mavjud. Sifat boshqaruvi tizimi bozorida yetakchi o`rinni ISO 9001:2008 egallaydi 
bozorning 85 foizi uning xissasiga to`g`ri keladi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009 yil 19 iyundagi 
"Respublika korxonalarda xalqaro standartlarga javob beradigan sifat boshqaruvi 
tizimini joriy etishni kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida’gi qarorining qabul 
qilinishi natijasida 2010 yilda sertifikatlangan korxonalar soni 2009 yil bilan 
solishtirganda ikki baravarga o`sdi. Bugungi kunda sertifikatlashtirilgan 456 ta 
korxonadan 300 tasi ISO xalqaro sertifikatiga ega. 
Amalga oshirgan tadqiqotlarimiz natijalariga ko`ra, aksariyat kompaniyalarda 
(72 foiz) ISO standartlarini joriy etish daromad, rentabellik va mijozlar bazasining 
o`sishi kabi samaradorlik ko`rsatkichlarida ijobiy natijalarga erishilishiga sabab 
bo`lganligi kuzatildi. Qolaversa, ishlab chiqarishda sifatsiz maxsulotlar salmog`ini 
kamaytirish (36 foiz korxonalarda), shuningdek, korxonalar eksport faoliyatini 
yaxshilash (20 foiz) imkonini berdi, bu esa, o`z-o`zidan, raqobatbardoshlikning 
oshishiga xizmat qildi. 
Jami sertifikatlangan korxonalarning 45 foizi mashinasozlik, neft va gaz 
xamda oziq-ovqat tarmoqlarining xissasiga to`g`ri keladi. Shu bilan birga, serti-
fikatlangan kompaniyalar tarkibida tarmoqlar soxalar nuqtai nazardan eng ko`p 
salmoqni ma- shinasozlik sanoati egallasada, ushbu sanoat tarmog`idagi serti-
fikatlangan kompaniyalar soni bor-yo`g`i 7,4 foizni tashkil etadi. 
Ekspertiza, sertifikatlash va konsalting xizmatlarini ko`rsatuvchi barcha 
kompaniyalar ISO talablarini ko`rsatilayotgan xizmat sifatining omili sifatida 
qabul qiladilar. Neft va gaz sanoatida sertifikatlangan kompaniyalar xissasi ancha 
yuqori, ularning salmog`i 60,7 foizni tashkil etadi, elektrotexnika soxasida esa 
bunday korxonalar 20,4 foizni, kimyo soxasida 4,5 foizni tashkil etadi. 
Bizning fikrimizcha, sanoat korxonalari uchun sifatni boshqarish tizimi 
quyidagi jixatdan olgan holda mu muximdir:


- mahsulot sifatini oshirish uchun - sifat boshqaruvi tizimida mahsulot 
sifatidagi nuqsonlar mahsulot sifat ko`rsaktgichining tushib ketish koifitsientini 
aniklash va mahsulot sifati yaxshilanadigan ish jarayonlairini olib borish 
tartiblarini ishlab chiqish imkonini beruvchi usul va omiilarni qo`llash natijasida 
mahsulot sifati muntazam ravishda oshib boradi; 
- ishlab chiqarish xarajatlaring kamaytirishda sifatning ishlab chiqarishning
usishi tufayli «reshena maxsulotlar bilan bog`liq ishlar kamayadi, xom ashyo va 
materiallarga sarflanadigan xarajatlar miqdori kamayadi; 
- korxonada boshqaruv tizimini yaxshilash natijasidan ko`rinadiki maxsulot 
sifatining o`rnatilgan talablarga javob bermasligi asosiy sababining 80 foizini 
korxona boshqaruvida, qolgan foizi esa ijro bo`g`inida ekan; 
- sifat boshqaruvining kattagina qismi turli jarayonlar bo`yicha tartib-qoidalar 
majmuidan iborat. Bunda raxbariyat o`rtasida, tuzilmaviy va funksional 
bo`ysunuvchi ko`pi pog`onalar o`rtasida javobgarlik va javobgarlik doirasi 
taqsimlanadi va o`rnatiladi. ISO 9000 sifat boshqaruvi tizimining ikkinchi tamoiili 
shunday: "boshqaruv bu ma’muriy faoliyati emas raxbariyat maqsadlar va 
yo`nalishlar bir butunligini ta’minlash, korxona xodimlari korxona maqsadlariga 
erishish uchun to`liq jalb bo`ladigan muxitni yaratish uchun kerak"; 
- korxona raqobatbardoshligini oshirishda maxsulot sifatining yaxshilanishi, 
ishlab chiqarish samaradorligi ortishi, korxonada boshqaruv tizimining 
takomillashtiirilishi muxim axamiyat kasb etadi; 
- ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishga ijodiy yondoshiladigan 
muxitni shakllantirish, sifat boshqaruv tizimini joriy etishda xodimlarning faol 
ishtirok etishi zaruriy shartdir. Xodimlarning xamkorlik qilishi va ushbu jarayonga 
jalb bo`lishi korxona foydasi uchun imkoniyatlarni maksimal darajada ishga solish 
imkonini beradi. Bu ISO 9000 sertifikatining uchinchi tamoyili xisoblanadi. 
Joylarda sanoat tarmoqlarini iqtisodiy jixatdan tadqiq etishda uning xududiy 
tarkibini o`rganish muxim ilmiy va amaliy axamiyatga ega. Chunki, xududlarda 
sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning asosiy shakllari
ya’ni konsentrasiya, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatlashtirish o`z ifodasini 


topadi. Qolaversa, aynan tarmoqlar tizimida sanoat ishlab chiqarishga doir yangi 
texnologiyalarni joriy qilish va xozirgi zamon fan-texnika yutuqlarini amaliyotga 
tatbiq qilish imkoniyatlari ko`proq. Shu jixatdan, sanoat tarmoqlarini 
rivojlantirishning xududiy jixatlarini o`rganish, bunda sanoat korxonalariga sifatni 
boshqarish tizimini joriy etish xolatini taxlil qilish masalalarini Andijon viloyati 
misolida ko`rib chiqdik. 
Sirdaryo viloyati sanoat ishlab chiqarishning shakllanishi va rivojlanishida 
tarmoqlar tarkibi katta rol o`ynaydi. Mustaqillik yillarida viloyat sanoat tarmoqlari 
tarkibida sezilarli o`zgarishlar yuz berdi. bu o`zgarishlar korxonalarni qayta qurish 
va kengaytirishning ob’yektiv sharoitlariga bog`lik shunga ko`ra, tarmoqlar 
rivojlanishining yo`nalish va ko`lamiga ta’sir o`tkazish tajribasini o`rganish, 
tarmoqlar tarkibini baxolash katta axamiyat kasb etadi. 
Mashinasozlik majmuasiga kiruvchi “Гулистон экстракт-ёғ” ОТАЖ zavodi, 
yirik korxonalardan biri sanaladi. Andijon viloyati sanoatning hududiy tuzilmasini 
oqilona tashkil etishganligi sanoat markazlarini tuzishga yordam beradi. 
“Гулистон экстракт-ёғ” ОТАЖ
da
sifat xarajatlarini hisobga olish tizimi endigina 
yo`lga qo`yilayotgani bois, u yerdagi sifat xarajatlari turlari bo`yicha aniq 
ma’lumotlarni hozircha keltira olmaymiz. Ammo, tadqiqot natijalari asosida 
umumlashtirilgan xarajat turlari nisbati xaqida raqamlarni keltirishimiz mumkin. 
Uzbekiston Respublikasi qonunchiligida korxonalarda ISO 9000 seriyasidagi 
xalqaro standartlarga javob beradigan sifat boshqaruvi tizimini joriy etilishini 
rag`batlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar nazarda tutiladi. Ushbu 
chora-tadbirlarning asosiylari kuyidagilardan iborat: 
- daromadga (foydaga) soliq miqdorini xisoblashda yuridik shaxslarning soliq 
solinadigan daromadi (foyda) miqdoridan, qonunda belgilangan tartibda, sifat 
boshqaruvi tizimini joriy etish va uning faoliyatini yuritishga qilinadigan 
investitsiyalar chiqarib tashlanadi, ya’ni bu summaga soliq solinmaydi; 
- sinov-tajriba laboratoriyalari laboratoriya tadqiqotlari va maxsulotlarni test 
sinovidan o`tkazishda qo`llaniladigan texnologik asbob-uskunalarni olib kirganda, 


ular bojxona to`lovlari hamda qo`shimcha qiymat solig`idan xam ozod etilganlar 
(bojxonada rasmiylashtirish uchun yig`iladigan yig`imlar bundan mustasno). 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling