Mat-statistik asosiy tushunchalari 2 qism


Download 1.12 Mb.
bet1/11
Sana12.10.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1699850
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Matstatist 2 - amaliy

Mat-statistik asosiy tushunchalari 2 - qism

Turayev.N

Variatsion qator

  • “Variatsiya” so'zi lotincha “variatio” so'zidan kelib chiqqan bo'lib, o'zgarish, farq, tebranishni bildiradi. Ammo har qanday farq ham variatsiya bo'lavermaydi. Statistikada variatsiya deganda, o'zaro qarama-qarshi omillar ta'sirida bo'lgan, bir turli birlikdan tashkil topgan miqdoriy o'zgarishlar tushuniladi. O'rganilayotgan belgining tasodifiy va surunkali (sistematik) variatsiyalari bo'lishi mumkin.

Variatsion qatorni tahrirlash va to’g’irlash

  • Misol uchun (Mazkur misol О.Ю. Ермолаевнинг “Математическая статистика для психологов” darsligidan ayrim modifikatsiyalar bilan olingan), psixolog 25 o’smirda Xeka va Xesaning nevrozni aniqlash metodikasini o'tkazdi. Olingan xomaki ballar quyidagicha statistik qatorlarda joylashtirilishi mumkin: 6, 7, 10, 12, 20, 5. 7, 13, 10, 6, 10, 8, 13, 7, 9, 12, 11, 12, 8, 9, 10, 12, 11, 8, 9 ko'rib turganimizdek, ayrim raqamlar qatorda bir necha marotaba kelmoqdaki, bu qatomi ixchamlashtirish va olingan ma'lumotlarni sharhlashda qulaylik yaratish uchun ularni quyidagicha shaklga keltiramiz:
  • Variantlar: 6,7, 8, 20, 5, 9 ,10,11,12,13
  • Variantlar chastotasi: 2,3, 3,1, 1, 3, 4, 2, 4, 2
  •  
  • Variatsion qatorning umumiy soni tanlanmaning ko'lamini bildiradi. Ya’ni:
  • n= =2+3+3+1+1+3+4+2+4+2=25
  • - belgisi yig' indi (summa) ni bildiradi.
  • Chastotalarni foizlarda ham izohlash mumkin. Bunda chastotalaming umumiy miqdori va tanlanma ko'lami 100% deb belgilanadi. Har bir alohida chastota foizi va o'lchovi quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
  • Variatsion kenglik (R) yoki limit deganda belgining eng kichik va eng katta hadlari orasidagi farq, tafovut tushiniladi va u quyidagicha aniqlanadi:
  • R=/n
  • Misol uchun, X= 10 12 16 17 20 24 27 28 29 30 32 40 42 47 50 bunda R=40. Ya'ni 50-10=40
  •  

Ranjirlash

  • Ranjirovka juda oddiy, shuning bilan birga juda qulay statistik usullardan biridir. Ushbu usuldan tanlamalaming xususiyatlarini (katta-kichik, uzun-qisqa, kam-ko'p, baland-past) topishda foydalaniladi. Ranjirovka usul lari nafaqat psixologik metodlar orqali qo' lga kiritilgan natijalarni saralashda, balki jamiyatning barcha sohasida narsa va xodisalarning sifatlarini baholashda qo'l keladi. Ranjirovka, tartib shkalasining usulidir. Ranglar shkalasida ob’ektlar toifalari (guruhlari) tartiblashtiriladi. Shuning uchun belgilar qiymatini ixtiyoriy ravishda o'zgartirish mumkin emas - ob’ektlar darajasi saqlanib qolishi shart (bir ob’ektlaming boshqasidan keyin kelishi). Demak, ranglar (daraja) shkalasi uchun har qanday monoton (bir xil) o'zgarishga yol qo'yiladi.
  • Misol uchun sinfda o' quvchilaming ma' lum bir baholash asosida olgan ballariga qarab, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga ranjirovka qilish mumkin. Ranjirovka metodi nihoyatda jo’n va oddiy tuyulsa-da, uni amalga oshirishda diqqat va e'tibor talab qilinadi, Fetiskinning 9 nafar talabada qo’ llanilgan, shaxs o'z-o'zini baholashning verbal diagnostikasi metodikasining natijalarini ranjirovka qiladigan bo’ lsak, u holda, quyidagi jadvalga asoslanamiz:

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling