Matbuotda yangilik va sharh
Download 1.06 Mb.
|
Kurs loyihasi. B.Abdug'afforov
3. «Правда Востока» gazetasidagi materiallarda sharhlarning ulushi va yetakchi sharhlovchilar faoliyati
Quyida yurtimizdagi taniqli nashr, uzoq yillik tarixga va mamlakatimiz matbuotida o‘z o‘rniga ega «Правда Востока» gazetasi jurnalistlarining ijod namunalariga to‘xtalib o‘tiladi. Ixchamlik uchun ularning kirish qismidan parchalar keltirdik. * * * Tovar belgilarini o‘zlashtirish jahon bozorida davlat nufuzini tushiruvchi global muammodir. Afsuski, bizning tadbirkorlarimiz ham bundan istisno emas. O‘zbekistonning ichki bozorlariga kirgan ayrim xorijlik biznesmenlar o‘z brendlarini soxtalashtirish muammosiga duch kelmoqda. Shu bois ham nufuzini xavf ostida qoldirishni istamay, mamlakatimiz hududidagi faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lmoqda. Natijada biz yangi ish o‘rinlari, tajriba o‘rganish, xorijiy texnologiyalarni tatbiq etish imkoniyatini yo‘qotamiz...17 * * * Yoshi kattalar bir paytlar Toshkentdagi ariqlarning suvi zilol va toza bo‘lgani va unda bolalar hatto baliq ham tutishganini eslashadi. Ana shunday ariqlar yoqalab ekilgan daraxtlar soyasi haliyam ko‘pchilikni jaziramadan saqlaydi. Bunga poytaxtning Chilonzor tumanini misol keltirish mumkin. Bir paytlar tuman hududiga juda ko‘p chinorlar ekilgan, afsuski, hozirda ularning ko‘pi kesib tashlangan...18 * * * O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, har bir inson mehnat qilish huquqiga ega. Ammo shifokorlar ishlashi mumkin deganlar ham ish topishga qiynalib qoladi, bandlik xizmati nogironligi bo‘lganlarga hech nima taklif etmaydi. Xo‘sh, bunda qanday yo‘l tutish kerak? Toshkentlik Anvar Hoshimov bolaligidan uchuvchi bo‘lishni orzu qilardi. Keyin bir safar oilasi bilan qarindoshlarinikiga samolyotda uchdilar – balandlikdan qo‘rqish hissi paydo bo‘ldi. Xullas, uchuvchi bo‘lish orzusidan voz kechildi. Biroq muhim, kerakli va insonlarga naf keltiradigan kasb egasi bo‘lish maqsadi baribir qoldi. Maktabga borganida birdan kelajakda o‘qituvchi bo‘lishni istab qoldi. Ustozlari uning ko‘ziga juda qudratli va hamma narsani biladigan bo‘lib ko‘rinardi. «Ko‘zlarimda butun boshli koinotning yulduzlari porladi», deya eslaydi hozir.19 * * *
«Pravda Vostoka» tahririyatiga Mirzo Ulug‘bek tumani Nodirabegim mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarodan murojaat kelib tushdi. O‘z xatida mehnat veterani biryo‘la Buyuk ipak yo‘li va Shukur Burhonov chorrahasi atrofidagi bir nechta kvartallarga tegishli muammolarga tuxtalgan. Tahririyat xodimlari murojaat sababi va shikoyatning o‘rinli ekaniga ishonch hosil qilish maqsadida yo‘lga otlandi. Negaki murojaatda juda ko‘p kamchilik tilga olingan va ko‘p tanqid mavjud edi.20 * * * Mehribonlik uyini tark etayotgan Angelina G. (ismlar o‘zgartirilgan) bu yerga qaytib kelmaslikka ont ichdi. O‘shanda o‘zi ham hayotidagi bu sahifa batamom yopildi deb o‘ylagandi. Ammo shunday bo‘ldiki, endi uning o‘g‘li bu yerda tarbiyalanmoqda. Afsuski, bu hali eng yomon holatlar emas. Keling, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning mustaqil hayotga yo‘l olganidan keyingi taqdiri qanday kechishiga bir nazar solaylik.21 * * * Yoshlarning tajovuzkor xatti-harakatlariga nima turki beradi? Ijtimoiy tarmoqlarda psixologlarning ushbu masalaga bag‘ishlangan kattagina kitob, risola va qo‘llanmalar jamlanmasi topiladi, maslahatlar esa undanda ko‘p. Ammo hayotda ana shunday hodisaga duch kelib qolishsa, o‘qituvchilar ham, ota-ona-yu mutaxassislar ham taajjubda yelka qisishdan nariga o‘tolmay qoladi...22 * * * Mana, qish oylari ham poyoniga yetdi. Har bir kuz-qish mavsumi aholini juda muhim hisoblangan tabiiy gaz resursi bilan ta’minlashdagi muammolar yuzaga qalqib chiqishiga sabab bo‘ladi. Qishning sovuq va ayozli kunlarida ushbu tabiiy ne’matga talab oshadi: nafaqat ovqat pishirish, choy qaynatish, balki uyni isitish ham kerak. Bugun juda past bosim yoki umuman gaz yo‘qligi sabab tirikchiligini o‘tin yo ko‘mir bilan o‘tkazayotgan xonadonlar sohiblari uyida zangori olov gurillab yonib turganlarga havas bilan qarashi ham bor gap. Ammo ko‘mir yoki o‘tin yoqilg‘isiga bo‘lgan narxlar ham sezilarli oshgan.23 Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling