Matbuotda yangilik va sharh


Download 1.06 Mb.
bet8/10
Sana05.01.2022
Hajmi1.06 Mb.
#220673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs loyihasi. B.Abdug'afforov

Xulosa va takliflar

Ushbu maqolada material yaratilishi va idrok etilishi jihatidan jurnalist maqomini ko‘rsatishning asosiy usullari ko‘rib chiqildi. Pozitsiyaning elementlari sifatida mavzu, janr, tilning uslubiy rang-barangligi, taqdimot shakli, matnda muallifning mavjudligi va o‘quvchi bilan munosabatlarda pozitsiyani tanlash masalalari o‘rganildi. Gazeta va xodimlarining sharhlarini o‘rganish asnosida ishning avvalida qo‘yilgan vazifalar bajarildi deb ayta olish mumkin.

Bu ish muallif pozitsiyasini amaliy o‘rganishda o‘ziga xos tajriba orttirish maktabi bo‘ldi. Jurnalistlarning shaxsiy xususiyatlarini aniqlash imkoniga ega bo‘lingani ham ulkan yutuq. Zero, bu bo‘lg‘usi jurnalistlarga qanday shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lish kerak degan savollariga javob topishda ko‘makchi bo‘ladi.

«Известия»ni sinchiklab o‘rganish asnosida uning sifati yuqoriligi, xodimlari malakali ekani, ularda professionalizm namunalari ko‘zga tashlanadi. Jurnalistik materiallarning subyektivligi ko‘rinib turibdi. Biroq muallif pozitsiyasi muammosi hali o‘rganilmagani ko‘plab savollar tug‘diradi.

Ushbu o‘ziga xos kichik tadqiqot asosida mavjud muammolarga shaxsiy qarashlarni bayon etish yotadi.

«Правда Востока» gazetasi misolida esa yurtimiz jurnalistlari, ayniqsa, sohaning bo‘lg‘usi kadrlari ko‘p narsa o‘rganishi mumkin: tahliliy janrlar, muammoga o‘zgacha yondashish, fikrlar xilma-xilligi, faktlar muhimligi, xolislik, axborot bilan ishlash prinsiplari, til bilan ishlash ko‘nikmasi va boshqa jihatlarni.

«Правда Востока» gazetasi xodimlarida xalq ichiga kirib borish, muammoni atroflicha o‘rganish ham ko‘zga tashlanib turadi. Yozilish uslublarida har bir jurnalistning o‘z imzosi bor. Sarlavha, kirish qismlaridayoq o‘quvchini qiziqtirishga harakat qilinadi. Bu to‘g‘ri deyish mumkin, boisi, hozirgi davr o‘quvchisi nisbatan shoshqaloq. Ular ko‘proq moddiyatni o‘ylashga majbur bo‘lmoqda. Zamonaviy turmush tarzi tezkor. Zamonga qarab jurnalistlar ham moslashishga majbur.

«Izvestiya»da auditoriyaning muallif shaxsiga qiziqishi kuchli. Sababi, jurnalist o‘quvchilari bilan o‘zi o‘rtasida ko‘prik o‘rnata olgan. Sharhlovchilarining oddiy, ammo dolzarb mavzularga qo‘l urishi gazetxonda qiziqish uyg‘otmay qolmaydi.

Yuqoridagi gap «Правда Востока»ga ham tegishli. Ular ham mushtariylar bilan ishlashda zamon talablarini hisobga olishmoqda. Mazkur nashrning o‘z saytiga egaligi bunga dalildir.

Bajarilgan ushbu kurs loyihasidan quyidagi umumiy xulosalarga kelish mumkin:

* sharh yozishdan oldin har bir jurnalist o‘z qarashlariga ega bo‘lishi;

* jurnalistikaning informatsion, tahliliy va badiiy-publitsistik janrlarini yaxshi o‘rganishi;

* fakt va dalillarda, o‘z fikrini bayon etishda oltin o‘rtalikni saqlab qolish nihoyatda muhimligi ko‘rib chiqilgan ish davomida yana bir bor oydinlashdi.

Har bir kuchli sharhlovchi bo‘laman degan jurnalist yoritmoqchi bo‘lgan mavzusini yaxshi bilishi, dalillar bilan quvvatlantirishi talab etiladi (mutaxassislardan ma’lumot, intervyu, maslahat olinsa, nur ustiga nur).

Ko‘proq sharhlash jurnalistikasiga oid kitoblar o‘qish ham zarur. Chunki busiz sharh yozyapman deb, maqola yozib qo‘yish mumkin. Prognozlashtirish uchun boshqa fanlarni ham (mintaqashunoslik, mantiq, statistika va b.) chuqur bilish kerak. Auditoriya bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish, uning nimani istayotganini yaxshi bilishi darkor. Jurnalistik faoliyatga oid va boshqa muhim sohalarga doir qonunlardan yaxshi xabardor bo‘lish ham talab etiladi.

Shu va boshqalarni umumiy xulosa sifatida olish mumkin. Endi esa ishni o‘rganib chiquvchi sifatida takliflarni bayon etsak:

1. Diktant yozish, imlo lug‘atlari orqali jurnalistlar savodini oshirib olsin. Chunki savodxon bo‘lmay turib, yaxshi narsalarni yozish mumkin emas. Bunda Til va adabiyot instituti bilan hamkorlik qilsa bo‘ladi.

2. Yurtimiz va jahondagi ommabop nashrlar har tomonlama o‘rganilib, solishtirilib, ulardan afzallari mamlakatimiz jurnalistikasi rivoji uchun hissa qo‘shilsa, maqsadga muvofiq. Masalan, «The New York Times» yoki «The Guardian» bu darajaga qanday qilib erishgan? Ularning tajribasidan milliy xususiyatlardan kelib chiqib foydalanish zarur.

3. Har bir jurnalist bugungi kunda qonunlarni yaxshi bilish zarur. Bunda huquqiy manbalar yoxud Adliya vazirligining «Telegram» kanallari foyda beradi.

4. Quddus A’zam boshchiligidagi «Munosabat» ko‘rsatuvi sharhni yaxshi tushunib olishga yordam beradi. Yana uning o‘zi siyosiy sharhlovchi ekanini inobatga olsak, undan master-klass olish lozim.

5. Ko‘p yozish orqali qalamni muntazam charxlab borish mumkin. Demak, yaxshi sharhlovchi bo‘lish uchun ko‘p sharh yozish kerak.

6. «Oltin qalam» milliy mukofotida «Eng yaxshi sharh uchun» nominatsiyasi joriy qilinsa, bu yo‘nalishdagi ishlarning salmog‘i yanada ortardi.

7. Internet saytlaridagi sharhlarni ham o‘qib borish foydali. Bu borada xabar.uz, xs.uz, pv.uz, uza.uz da yaxshi sharhlar berib borilmoqda. Ayniqsa, xususiy internet saytlaridagi sharhlar nihoyatda qiziqarli yoritilayotir (jumladan, siyosiy sharhlar). Bu esa uni o‘rganishda motivatsiya ham qo‘shadi.

Xulosamizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning quyidagi so‘zlari bilan yakunlasak: «Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shish – Yaratganning O‘zi bizga bergan tarixiy imkoniyat desak, to‘g‘ri bo‘ladi».



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling