Matbuotda yangilik va sharh
Auditoriya tajribasi bilan bog‘lash. 2
Download 1.06 Mb.
|
Kurs loyihasi. B.Abdug'afforov
1. Auditoriya tajribasi bilan bog‘lash.
2. Auditoriya tomonidan xabarlarni tekshirish imkoniyatini taqdim etish. 3. Axborotning nufuzli manbasiga bog‘lanish. 4. Bir xil ma’noli fikrlarning ustunligi metodi. 5. Fikrlar xilma-xilligiga tayanish (pluralizmga). 6. Muallif tomonidan haqiqatni izlashda auditoriyaning ham «ishtiroki»ni ta’minlash. 7. To‘g‘ri fikrlashni namoyish qilish8. Muallif bu hodisaga o‘z qarashlarini ifodalaganida o‘quvchi e’tiborini tortadi, hukmlari ishonchliligini ko‘rsatadi va uni to‘g‘ri deb ishontiradi. Shunda o‘quvchi yaratgan fikr uchun mas’uliyat uning yelkasiga tushadi. Jurnalistning professional etikasi xalqaro tamoyillarida nashr muallifining ijtimoiy mas’uliyati haqida shunday deyilgan: «Jurnalistning ijtimoiy mas’uliyati. Jurnalistlikda axborot iste’mol mavzusi sifatida emas, balki jamoatchilik manfaati sifatida tushuniladi. Bu shuni anglatadiki, jurnalist uzatilgan ma’lumot uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. U nafaqat ommaviy axborot vositalarini nazorat qiladiganlar, balki, birinchi navbatda, keng jamoatchilik oldida, turli ijtimoiy manfaatlarni hisobga olgan holda mas’uldir. Jurnalistning ijtimoiy mas’uliyati har qanday sharoitda uning axloqiy ongiga muvofiq harakat qilishini talab qiladi»9. Amerikalik tadqiqotchilar, xususan, T.Peterson, to‘rt matbuot nazariyasini ta’kidlaydi. Ulardan biri – «Ijtimoiy mas’uliyat nazariyasi». Uning mohiyati quyidagilardan iborat: matbuot erkinligi ular bilan birgalikda majburiyatlarga ega, shuning uchun ommaviy axborot vositalari imtiyozli mavqega ega bo‘lib, zamonaviy dunyoda ommaviy axborot vositalarining muayyan muhim vazifalarini bajarib, jamiyatga javobgar bo‘lishlari shart. .
Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling