Matematik kecha ssenariysi Tadbir maqsadi
Download 30.95 Kb.
|
Matematik kecha ssenariysi Tadbir maqsadi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1–boshlovch
- 1–boshlovchi
1–boshlovchi: Kemamiz maktab, ulkan dengiz fan
Sizdir muallim bizning kapitan Fan dengizidan olg’a mardona Boshlaysiz bizni bo`lib parvona. 2–boshlovchi: Daryolar toshar bahor kelganda. Mehrimiz jo`shar sizni ko`rganda. Orzuimizga qanoat bo`lgaysiz Buyuk parvozga bizni chorlaysiz. 1–boshlovch: Assalomu Alaykum, qalbi qaynoq, mehri daryo aziz va muhtarama o`qituvchilar. Bugungi qiziqarli “Matematika va sport” nomli kechamizga xush kelibsizlar. 2–boshlovchi: Bugungi kechamiz bejizga “Sport va matematika” deb nomlanmaydi. Chunki fizkultura va sport tanamizni va barcha a`zolarimizni chiniqtirsa, qomatimizni chiroyli qilsa, matematika aqlimizni charxlaydi, fikrimizni o`stiradi va ulug` maqsadlar sari yetaklaydi. 1–boshlovchi: Matematika yaxshi o`zlashtiradigan o`quvchi hamma fandan a’lochi bo`ladi, chunki “sog` tanda - sog`lom aql deb bejiz aytilmaydida-da. 2–boshlovchi: Bugungi kechamizni 4a-sinfining “Chaqqonlar” va 4b-sinfining “Epchillar” guruhlari kuch sinashadilar. Hozir guruhlar tabrigini ko`ramiz. Navbatni 4a-sinfning “Chaqqonlar” guruhiga beramiz. -Go`zal Xorazmdan Ma’mun elidan. Xorazmiy, Beruniy avlodlaridan Men sizga keltirdim otashin salom. Qo`lim ko`ksimdadir salom-assalom. -Assalom davraning siz aziz mehmonlari, Assalom ilmu fanning sohibu davronlari. Assalom mo`tabar murabbiy ustozlar, Assolom 4b-sinf zukko o`g`il qizlari. -Bizning guruh “Chaqqonlar” Bizning shior: A’lo o`qib olim bo`lmoq. Vatanimga xizmat qilmoq. Izoh: Guruh a’zolari “Matematika” so`zidagi har bir harfga doir she’r aytishadi va sahnada Matematika so`zi paydo bo`ladi. Ming yil avval ham mashhur Bo`lgan bizning bobolar Har bir fanda tengi yo`q Nom qozongam daholar. Al-Xorazimiy, Al-Beruniy hazrat bizga Ulug`beku, Al-Farg`oniy davlat bizga Manguberdi, Temur bobo davlat bizga. Ona xalqim, dona xalqim bizga ishon. Temurxon naslidin Sulton Ulug`bek Ki olam ko`rmadim sulton aningdek Oning abnoi jinsi bo`ldi barbod Ki davr ahli biridin aylamas yod. Yelkangga bosh qo`ysam, qucholsam qani Boshingda baxt bo`lib, ucholsam qani Har qanday xoru-xasdan asraymiz seni Vatan bizga ishon, ishongil Vatan. Matematika fanlar podshosi Har ish, har sohada ko`rsatar o`zin Eslatay qomusning durdona so`zin Hisob-kitob ochmish aqlning ko`zin. Asrlar ortidan kelar asrlar Unut bo`lar o`tmish zamon ko`p sirlar Ammo yaratilgan fan asoslarin Asrdan-asrga eltar nasllar. Turli jumboqlarga javob izlaysiz Olam sirlarini bizlar yechajak Ilm-u-ma’rifatga bo`lmoq istaymiz Bizni Vatan kutar, kutar kelajak. Ishonch bilan o`rganib bu buyuk Vatanni Donolar donosi bo`lgay agar kim Fanga bag`ishlasa jon birla tanni Kompyuter savodi quyosh yoymoqda chunon Qancha-qancha muammo hal etilgay ushbu on Matematika fani yuksalmoqda kun sayin Bo`limlari xilma-xil qay birini aytayin. Ayniyat fomulangni o`rganamiz tez oson Lekin iks igreking o`ylatadi har qachon Ta`rif teoremani yodimizda saqlaymiz A’lo o`qib ustozlar ishonchini oqlaymiz. Download 30.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling