Matematik kecha ssenariysi Tadbir maqsadi


Raqamlar o`zlariga ta`rif beradilar


Download 30.95 Kb.
bet4/5
Sana26.10.2023
Hajmi30.95 Kb.
#1723534
1   2   3   4   5
Bog'liq
Matematik kecha ssenariysi Tadbir maqsadi

Raqamlar o`zlariga ta`rif beradilar.
1-raqami. Men birman, yagonaman bitta o`zimman. Bitta to`g`ri yo`lman. Birinchi o`rin, birinchi bo`lib degan so`zlar mendan yaralgan mukofot, rag`bat.
2-raqami. Sen bir bo`lsang mana men ikkiman. Mening chiroyli boshim va jajjigina dumim bor, sendaylarning ikkitasiga bas kelaman.
3-raqami. Hay-hay, tortishmanglar. Menga qaranglar, ikkovingizni qo`shsa, mana men akang qarag`ay 3 hosil bo`laman.
4-raqami. Nima? uchmisan, puchmisan, mana men to`rtman. Men turganda senga yo`l bo`lsin.
5-raqami. Mana men maqtasam arziydi. Birovda ishlaring qalay deb so`rab ko`ring. Ishlarim besh deb kulib qo`yadi, bu a’lo degani.
6-raqami. Men oltiman! Sendan bir pog’ona bo`lsa ham kattaman, olti-olti esda qoldi deyishadi.
7-raqami. Men sirli raqam yetti bo`laman, 7 iqlim, 7 mo`jiza, yetti o`lchab bir kes, hammasi mening nomim bilan bog`liq.
8-raqami. Mana meni ko`ringlar, do`mboqqinaman! 2 dumaloq 1 butun 8 man.
9-raqami. Bu yerda men eng kattangizman 9 bo`laman, orangizda eng kichiki va eng va hech narsaga yaramasimana bu nol. U hammamizni puchga chiqarib qo`yishi mumkin.
0-raqami. Ha men o man, Bo`m-bo`shman. To`g`ri-da, birov senga qo`shilsa ham, ayrilsa ham hech qanday natija yo`q. Lekin mening ajoyib xususiyatim bor.
Juda ham puch emasman
O`ylagandek ba`zilar
O`tsam sonlar ortiga
Kuchim yaqqol sezilar.
Bu o`nli pazitsion sistemani bizga bobomiz vatandoshimiz Al-Xorazmiy kiritgan. Hisoblashga ana shunday qulay usul yaratib bergan bobomizdan cheksiz minnatdormiz. Yashasin o`nli pazitson sistema. Yashasin raqamlar. 1,2,3
Matematika – biz sevgan fan
Matematika fanlar podshosi.
Matematika - aql gimnastikasi
Matematika - bu sport.
2-boshlovchi: Hurmatli kecha qatnashchilari. Mana sizlar “4-sinflar o`rtasida o`tkazilayotgan “Matematika va sport” deb atalgan musobaqamizning tabrik qismlarini tomosha qildingiz. Tabrik qismini baholash uchun so`z hakamlarga.

Download 30.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling