Matematik kecha ssenariysi Tadbir maqsadi
Raqamlar o`zlariga ta`rif beradilar
Download 30.95 Kb.
|
Matematik kecha ssenariysi Tadbir maqsadi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-boshlovchi
Raqamlar o`zlariga ta`rif beradilar.
1-raqami. Men birman, yagonaman bitta o`zimman. Bitta to`g`ri yo`lman. Birinchi o`rin, birinchi bo`lib degan so`zlar mendan yaralgan mukofot, rag`bat. 2-raqami. Sen bir bo`lsang mana men ikkiman. Mening chiroyli boshim va jajjigina dumim bor, sendaylarning ikkitasiga bas kelaman. 3-raqami. Hay-hay, tortishmanglar. Menga qaranglar, ikkovingizni qo`shsa, mana men akang qarag`ay 3 hosil bo`laman. 4-raqami. Nima? uchmisan, puchmisan, mana men to`rtman. Men turganda senga yo`l bo`lsin. 5-raqami. Mana men maqtasam arziydi. Birovda ishlaring qalay deb so`rab ko`ring. Ishlarim besh deb kulib qo`yadi, bu a’lo degani. 6-raqami. Men oltiman! Sendan bir pog’ona bo`lsa ham kattaman, olti-olti esda qoldi deyishadi. 7-raqami. Men sirli raqam yetti bo`laman, 7 iqlim, 7 mo`jiza, yetti o`lchab bir kes, hammasi mening nomim bilan bog`liq. 8-raqami. Mana meni ko`ringlar, do`mboqqinaman! 2 dumaloq 1 butun 8 man. 9-raqami. Bu yerda men eng kattangizman 9 bo`laman, orangizda eng kichiki va eng va hech narsaga yaramasimana bu nol. U hammamizni puchga chiqarib qo`yishi mumkin. 0-raqami. Ha men o man, Bo`m-bo`shman. To`g`ri-da, birov senga qo`shilsa ham, ayrilsa ham hech qanday natija yo`q. Lekin mening ajoyib xususiyatim bor. Juda ham puch emasman O`ylagandek ba`zilar O`tsam sonlar ortiga Kuchim yaqqol sezilar. Bu o`nli pazitsion sistemani bizga bobomiz vatandoshimiz Al-Xorazmiy kiritgan. Hisoblashga ana shunday qulay usul yaratib bergan bobomizdan cheksiz minnatdormiz. Yashasin o`nli pazitson sistema. Yashasin raqamlar. 1,2,3 Matematika – biz sevgan fan Matematika fanlar podshosi. Matematika - aql gimnastikasi Matematika - bu sport. 2-boshlovchi: Hurmatli kecha qatnashchilari. Mana sizlar “4-sinflar o`rtasida o`tkazilayotgan “Matematika va sport” deb atalgan musobaqamizning tabrik qismlarini tomosha qildingiz. Tabrik qismini baholash uchun so`z hakamlarga. Download 30.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling