Matematik kecha ssenariysi Tadbir maqsadi
Hamma xo`r bo`lib: A’lo o`qib ustozlar ishonchini oqlaymiz
Download 30.95 Kb.
|
Matematik kecha ssenariysi Tadbir maqsadi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1–boshlovchi
Hamma xo`r bo`lib: A’lo o`qib ustozlar ishonchini oqlaymiz.
1. Quyosh chiqar olamga Nurlarini sochgali Sening ila kitobdan Sahifalar ochgali 2. Ikki karra ikki Tezroq bilgin bolajon Undan keyin yanada G`ayrat qilgil bolajon 3. Yecholmagin demagin Qiyin bo`lsa masala Yalqovlarda bo`lmaydi Ishlagali hafsala. 4. Har misolni yechmoqqa Sen doimo tirishgil Eplolmasang ilk marta Yana takror kirishgil. 5. Sonlar faqat o`shanda Sizlarni ochadi Ular bilan do`stlashsang Yo`lingga nur sochadi. 6. Xullas hisob-kitobni Tezroq bilgin bolajon Fursat o`tmay bu yo`lda G`ayrat qilgil bolajon. Qani o`g`lim Asadbek! Mana bu misolni yechingchi! Qiyin ekan savolingiz Yo`qmi boshqa misolingiz Osonidan ozroq so`rang Jon domlajan “2”qo`ymang Yetarlidir ikki uchim To`rtu, beshga yetmas kuchim Shu safar ham rahm qiling Jon domlajon 2 qo`ymang Dadam dakki berar doim Ikki olsam xafa oyim Oyimlarni xafa qilmang Jon domlajan 2 qo`ymang. Bizdek yosh avlodlarga Sinchkov boqar bobolar Har odimni kuzatib Ishlarimiz baholar. Qoloqni kechirishmas Qilmang derlar xafalar Kashfiyotlar qilsangiz Shunda olam tan olar Matematika – biz sevgan fan Matematika – fanlar podshosi Matematika – aql gimnastikasi Matematika – bu sport, 1–boshlovchi: Tabrik navbati 4b-sinfining “Epchillar” guruhiga. O`zbek tilida odat, avvaldan bermoq salom Shuning uchun azizlar, sizga salom-assalom. Assalom, davraning siz aziz mehmonlari Assalom, ilmu fanning sohibu davronlari Assalom, ey aziz do`stlar ham fikrdosh o`rtoqlar Kechamizga xush kelibsiz barch tengdosh o`rtoqlar. Bizning guruh: “Epchillar”. Bizning shior: Hamisha olg`a intilmoq Bobolarimizga munosib bo`lmoq. Bir o`quvchi 4-sinf “Matematika kitobini qo`lida ushlab chiqadi. Qo`limda bor shunday kitob Ichin ochsang g`ij–g`ij hisob O`qisang gar qilar xitob Misolim ko`p javobin top Bilsangiz, siz ayting shu tob Hamma – Matematika Suv - bu obihayot manbai deymiz. Aslida matematika ham hayotimiz zarurati. Chunki matematikasiz bir qadam ham tashlab bo`lmaydi. Matematika hisoblarsiz raketalar uchmaydi, mashinalar yurmaydi, kompyuterlar bo`lmaydi. Masalan, egnimizdagi kiyimni olaylik. Tikuvchi uni tikish uchun geometriyani bilishi kerak. Oyog`ingizdagi nayafzalning tayyor holga kelishi ham bir qancha matematik o`lchovlar talab qiladi. Bozordan biror narsa xarid qilish uchun esa hisob-kitobni bilish zarur. Xullas kelgusida olim yoki shifokor bo`lish uchun ham, o`qtuvchi yoki uchuvchi bo`lish uchun ham, bankir yoki tadbirkor bo`lish uchun ham matematikani bilish juda muhim. Hozir biz “Raqamlar saltanatiga sayohat qilib, u yerdagi matematika ajoyibotlarning guvohi bo`lamiz. 0: Necha asrdan buyon biz do`stimiz insonni 1: Qutlamoq uchun keldik bugun barcha mehmonni 2: Biz o`nta pahlavon, siz - asrar makonmiz. 3: Necha–necha jumboqda hal etgan qahramonmiz. 4: Biz bilan hisob-kitob, qilgan dior Hindiston. 5: Beshinchi asrdayoq ishlar edik, tez oson. 6: Ustoz Xorazmiy bizga atab asar yaratdi. 7: Shu asar dong`imizni keng olamga taratdi. 8: Bu asarni o`rganmoq, ustoz ruhini shod eting 9: Ma’rifat bo`stonini yashnating, obod eting. Download 30.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling