Matematik model va uning real ob’yekti orasidagi muvofiqlik
Download 228 Kb.
|
1 2
Bog'liqMatematik model va uning real ob’yekti orasidagi muv
Matematik model va uning real ob’yekti orasidagi muvofiqlik. Matematik modellarning nazariy va amaliy tadqiqoti, ularning adekvatligi. Ma’lumki, model o`rganilayotgan ob’yektning sodda ko`rinishidir. Model hamma vaqt real ob’yektdan farq qiladi. Matematik modellashtirish boshqa modellashtirishlarga nisbatan ustunliklarga ega bo`lsada, hech qachon ob’yektni to`la akslantira olmaydi. Matematik model va uning real ob’yekti orasidagi muvofiqlik deyilganda ob’yekt va uning matematik modeli dinamikalarining sifat va miqdor jihatdan o`xshashligi va yaqinligi tushuniladi. Agar ob’yekt va uning matematik modelini dinamikalari orasida o`xshashlik, ya’ni muvofiqlik bo`lmasa, bu muvofiqlikni o`rnatishning bir necha usullari mavjud: Matematik modelda ishtirok etayotgan o`zgarmas kattaliklarni qaytadan baholash. Matematik modelni yozishda qabul qilingan ishchi gipotezalarni qaytadan ko`rib chiqish. Real ob’yekt haqida qo`shimcha ma’lumotlar yig`ish. Yangi yig`ilgan ma’lumotlar asosida modelni qaytadan ko`rib chiqish. Matematik model va uning ob’yekti dinamikalari sifat jihatdan o`xshash bo`lsa-yu, miqdor jihatdan farqli bo`lsa, u holda muvofiqlashtirishning 1–usulidan foydalanish lozim. Aks holda muvofiqlashtirishning 2,3,4 usullarining har biridan alohida – alohida foydalanish kerak. Qaysi biridan foydalanish model va uning ob’yekti dinamikalarini farq qilish darajasiga bog`liq. MMni real ob’yektga muvofiqlashtirishda ko`p hollarda real ob’yektga nisbatan o`tkazilgan tajriba, eksperiment natijalaridan foydalaniladi va bu natijalar bir necha marta solishtiriladi. Bu jarayon matematik model real ob’yektga yetarli darajadagi aniqlikga yaqinlashgunicha davom ettiriladi. Misol. Qayiq qirg`oqdan biror boshlang`ich tezlik bilan turtib yuborildi. Ushbu qayiqning harakatini matematik modellashtirish vositasida o`rganish zurur (3.1-rasm).
3.1-rasm. Masalaning kontseptual qo`yilishi. Boshlang`ich gorizontal tezligi bo`lgan qayiqning og`irlik kuchi, Arximed itaruvchi kuchi va qarshilik kuchlari ta’siridagi harakatini o`rganamiz. Qayiq suzayotganligi uchun (vertikal harakatlanmaydi), Arximed itaruvchi kuchi og`irlik kuchini muvozanatlashtiradi. Modelni tuzishda quyidagi farazlardan foydalanamiz: Tatqiqot ob’yekti bo`lgan qayiq gorizontal tekislikda ilgarilanma harakat qiladi; Qayiqni massali moddiy nuqta deb qaraymiz, uning joylashgan o`rni massalar markazi bilan ustma ust tushadi; Qayiqning harakati unga qo`yilgan kuchlar sistemasining ta’siri ostida dinamikaning asosiy qonuni (Nyutonning ikkinchi qonuni) ga bo`ysunadi; Suvning qarshilik kuchi qayiq tezligiga to`g`ri proportsional va qayiq harakatiga qarama-qarshi yo`nalgan bo`lib, uni tenglik bilan ifodalash mumkin. Bu yerda - proportsionallik koeffitsiyenti (o`zgarmas kattalik), - qayiq tezligi. Qayiq tezligini vaqtning funktsiyasi sifatida topamiz va bu bog`lanishni grafik ko`rinshda tasvirlaymiz. Masalaning matematik qo`yilishi. Nyutonning ikkinchi qonuniga ko`ra qayiqning o`qi yo`nalishidagi harakatining tenglamasi ko`rinishda bo`ladi. ni topish talab etiladi. Analitik yechim. O`zgaruvchilarni ajratish usulini qo`llash uchun tenglamani quyidagi ko`rinishga keltiramiz: Uni integrallab, boshlang`ich shartni hisobga olib quyidagi yechimga ega bo`lish mumkin: Bundan yechim uchun quyidagi tenglikni hosil qilish mumkin: Sonli yechim. Tezlikdan olingan hosilani uning taqribiy ayirmali qiymati yordamida tasvirlaymiz: Tenglama endi ko`rinishni oladi. Bu yerdan Bu munosabat qo`yilgan masalani hal qiladi, chunki bu tenglik ixtiyoriy vaqt momentidagi tezlikni uning bundan oldingi qiymati yordamida topish imkonini beradi. Ya’ni, boshlang`ich qiymatdan boshlab vaqtdan keyin, so`ngra yana vaqtdan keyin va hokazo vaqtdan keyin tezlik qanaqa bo`lishini aniqlash mumkin. Download 228 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling