Matematik tasavvurlarini shakllantirish fanidan mustaqil ish
Download 47.68 Kb.
|
Mavzu Matematik o\'yinlarni tashkil etish jarayonida elementar m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik oyinlarni tashkil etish jarayonida elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish Bajardi
- Avvalombor
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI MAKTABGACHA TA’LIM (SIRTQI) YO’NALISHI MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: Matematik o'yinlarni tashkil etish jarayonida elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish Bajardi: ____________________________ Tekshirdi: __________________________. Mavzu: Matematik o'yinlarni tashkil etish jarayonida elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish Reja: Kirish. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish. Asosiy qism Didaktik o`yinlar orqali bolalar faoliyati mustahkamlash Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o`yini o`zining mazmuniga ko’ra turlari Matematik o'yinlarni tashkil etishda foydalaniladigan intrefaol ta'lim metodlari Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish Jamiyatdagi insonning to'laqonli faoliyati, ya'ni lining har kungi hayoti, ishlabchiqarish faoliyati, undan yuqori darajadagi umumiy rivojlanish va umumiy madaniyatini takomillashib borishi talab qilinadi. Shuning uchun bizning asosiy vazifamiz maktab yoshigacha bo'lgan bolalarni bilimga undash, faollikka chaqirish, amaliy faoliyatning har bir turida matematik tushunchalarning muhimligini ko'rsatish, fikrlashga o'rgatishdan iboratdir. Demak, zamonaviy maktabgacha ta'lim oldida bolalarga yoshligidan boshlab mustaqil, faol matematik tushunchalarni rivojlantirish vazifasi turibdi. Zamonaviy fanda matematik tushunchalarni rivojlantirishning bir necha yo'nalishlari belgilandi: falsafa bilimlarning haqqoniylik muammosini ko'rib chiqadi; mantiq tushunchani ivojlantiruvchi bilim tizimi sifatida o'rganiladi, psixologiya har bir bolaning mus taqil fikrlash jarayonini nimaga, qaysi fikrlash jarayoni orqali namoyon bo'lishini, inson fikrlash jarayoni yordamida noma'lumni, yangilikni topadi, degan farazni ko'rib chiqadilar; pedagogika bolalardagi ijodiy faoliyatni shakllantirish yo'llarini, yosh avlodni ijodiy mehnatga tayyorlashni tekshiradi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish muammosi psixologik nuqtai nazardan quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi: 1) tushunchaning tuzilishi va shaklining paydo bo'lishi; 2) tushunchalarni shakllantirish uchun aqliy harakatlar va aqliy faoliyat yo'llarini, usullarini rivojlantirish. Psixologik, pedagogik tadqiqotlarni ko'rib chiqib shunday xulosa mumkinki, bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish rbiyachi (pedagog) rahbarligida, maqsadli tashkil qilingan faoliyat jarayonida samarali rivojlanadi. Tarbiyachi (pedagog) rahbarligida ta'lim jarayonida umumiylashtirish, fikrlash, mantiqiy bog'lash bilimlari rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o'z aksini albatta topadi. Maktabgacha ta'lim jarayonida bunday sharoitlarning yaratilishi masalani yechishda o'rganilayotgan bilimlarni mustahkamlash, masalani mustaqil yechish ko'nikmasini rivojlantirish, muammoni yaqindan ko'ra bilish va uni yecha olish, Mamlakatimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish asosida ta’lim jarayonining potensial imkoniyatlarini yuzaga chiqarish bosqichi davom etmoqda. Pedagoglar ayni paytda innovatsion texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga kiritish orqali o’quv samaradorligi va sifatini oshirishni ko’zlamoqdalar. Avvalombor, shuni ta’kidlash kerakki, ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan har bir kishi pedagogikning falsafiy jabhalaridan, ilm-fan va texnika sohasidagi o’zgarishlardan, yangi paydo bo’lgan dunyoqarash va ilmiy oqimlardan xabardor bo’lishlari kerak. Download 47.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling