Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish
Download 0.67 Mb.
|
Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida m-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 143 “Juftini top”, “Oz uyingni top”, “Xaltada nimabor” kabi oyinlardan bolalarga nimani o’rgatish uchun foydalanish mumkin
- Narsalarni sanab ajratish usullarini orgatish.
Vaktni chamalash. Bolalarning vakt xakidagi tasavvurlarini mustaxkamlash va chukurlashtirish: “Ertalab”, “Kechkurun”, “Kunduz”, “Tun”, “Kecha”, “Bugun”, “Ertaga” tushunchalarini farkdash va bu suzlardan tugri foydalanish kunikmasini mustaxkamlash. Bolalarni xafta kunlari bilan tanishtirish va xafta kunlari nomlarini izchillik bilan aytishga urgatish. Kecha xaftaning kaysi kuni bulganligini, bugun kanaka kun, ertaga kaysi kun bulishini aniklashni urgatish.
143 “Juftini top”, “O'z uyingni top”, “Xaltada nimabor” kabi o'yinlardan bolalarga nimani o’rgatish uchun foydalanish mumkin Bolalar (7-8 mashg'ulotdan so'ng) narsalarni sanashni o'rganib oladilar va ularda son haqida tasawur hosil bo'ldi, degan ma'noni bildirmaydi. Tarbiyachilar ko'pincha quyidagi misollarga duch keladilar: bola narsalarni sanab chiqib, bu guruhdagi narsalarning soni kam bo'lsa ham, lekin hajmi kattaroq bo'lganligi uchun mana shu guruhni ko'p deb aytadi. Bolalar kam joyni eeallagan guruhning narsalariga qaraganda narsalari kam bo'lsa ham, ammo ko'proq joy egallagan guruhni ham ko'p deb baholaydilar. Bolaning to'plamni tashkil etuvchi narsalarning turli-tuman xususiyat va belgilaridan o'z diqqatini chetga tortishi qiyin. Bola narsalarni sanab chiqib, shu zahotiyoq sanoq natijasini unutishi va miqdorini birmuncha aniq ifodalangan fazoviy belgilarga qarab baholashi mumkin. Bolalar diqqatini narsalarning miqdori fazoviy belgilarga: narsalarning katta-kichikligi, qanday joylashganligi, ularning egallab turgan maydoniga bog'liq emasligiga jalb etiladi. Bu masalaga 2-3 ta maxsus mashg'ulot ajratiladi, keyin o'quv yili oxirigacha, bu masalaga vaqti-vaqti bilan kamida 3-4 marta, masalan,bolalarning narsalar to'plamlarini tiklashni o'rganayotganlarida kiritiladi.Shu bilan bir qatorda, bolalarga turli kattalikdagi narsalarning uzunligi, kengligi, balandligi va boshqa tomonlarini taqqoslash mashq qildiriladi, ulardagi ba'zi fazoviy tasawurlar aniqlanadi, bolalar chapda va o'ngda, yuqorida va pastda, yuqoridagi va pastdagi, yaqin va uzoq so'zlarini tushunishga va ulardan foydalanishga; narsalarni chapdan o'ngga ,,mehmonlarni kutish" uchun idish-tovoq, ularni ,,sayrga" olib chiqish uchun kiyim-kechak yetarli yoki yetarli emasligini aniqlaydilar. ,,Do'koncha-do'koncha" yinida esa ma'lum miqdordagi narsalar yoki doirachalar rasmi solingan ko'rgazmalardan foydalaniladi. Tarbiyachi o'z vaqtida gishli belgilar kiritadi va narsalarni sanash kabi harakatli o'yinlarniaytib turadi. Pedagog bolalarning sanoq ahamiyati haqidagi tasawurlar chuqurlashtirishga intilib, ularga odamlarning narsalarni sanashlarini, narsalarni sanayotganlarida ular nimani bilishni istashlarini tushuntirib beradi. U bolalar ko'z o'ngida turli narsalarni bolalarning hammasiga yetishmasligini aniqlab, bir necha martalab sanab chiqadi. Bolalarga buvilari, onalari, otalari nimalarnisanashlarini kuzatishlari maslahat beriladi.Narsalarni sanab ajratish usullarini o'rgatish. Bolalar narsalarni sanashni bilib olganlaridan so'ng ularga narsalarni sanab ajratish, ma'lum miqdordagi narsalardan iborat bo'lgan guruhlarni mustaqii tuzish o'rgatiladi. Bu ishga 6-7 mashg'ulot ajratiladi. Bu mashg'u lotlarda dasturning boshqa bo'limlari yuzasidan ham parallel ravishda ish olib boriladi.Narsalarni sanab ajratishni o'rgatish uning usullarini ko'rsatishdan boshlanadi. Odatda, ishning yangi usuli bolaning diqqat e'tiborini o'ziga butunlay tortib oladi va u qancha narsani sanab ajratish kerakligini unutadi. Ko'p bolalar narsalarni sanashda sonlarni narsalar bilan emas, balki o'z harakatlari bilan bog'laydilar. Masalan, qo'llariga narsani olib bir deydilar, uni qo'yishda esa ikki deydilar. Tarbiyachi bu ish usulini tushuntirib, bolalarning sonni esda saqlab qolishlari zarurligini ta'kidlaydi, narsani indamasdan olish va uni qo'ygandagina sanash kerakligini ko'rsatadi hamda tushuntirib beradi.Birinchi mashg'ulotni o'tkazishda bolalarga namunalar (doirachalar yoki narsalar rasmi solingan quticha) beriladi. Bola namu naga qarab qutichada qancha doiracha bo'lsa, shuncha o'yinchoq (yoki buyum) sanab ajratadi. Quticha harakat natijalarini nazorat qilish vositasini o'taydi. Bolalar doirachalarni ichlarida sanaydilar.Awal namuna bola qo'liga beriladi, keyinchalik esa uni pedagog faqat ko'rsatadi, ,,Sanab chiq va hamma qo'g'irchoqlarga yetadigan kiyim olib kel" kabi narsalar yig'indisini tenglash mashqlari ayniqsa foydalidir. Bola o'yinchoqlarni sanab ajratadi va talab qilingan miqdorda olib keladi. Bunday mashqlar sanoq ahamiyatini ta'kidlash imkonini beradi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling