Matematika ( 4-sinf )


Download 494.5 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi494.5 Kb.
#1589121
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-sinf matematika dars ishlanma

Darsning borishi
I.Tashkiliy qism.
O`quvchilar: - Ko`ksimizda qo`limiz
Biz odobli bolamiz.
Hurmat ila barchaga,
Doim salom beramiz.
O`qituvchi: - Balaykum assalom
Aziz o`g`il qizlarim.
Qalbi qordek beg`ubor,
Bilimga chanqoqlarim.
O`quvchilar hozir darsimiz nima?
O`quvchilar: M dan olib maqsadni
A dan to`rtta amalli.
Tezlik va taqqoslashni,
Eni, bo`yi, yuzini.
Masofa-yu, shaklni,
Ancha peshlab aqlni.
Tez va aniq o`ylaymiz,
Ikki o`ylab so`ylaymiz.
Kesamiz yeti o`lchab,
Al-Xorazmiyga o`xshab.
O`qituvchi: - Qani ayting , bolalar,
Kim navbatchi bo’ladi?
Bugunning hisobini
Menga aytib beradi.
O`quvchi: - Bugun men _____________navbatchiman…
O`qituvchi:- O`quvchilar biz hozir qaysi faslda turibmiz?
O`quvchi: -Biz hozir bahor faslida turibmiz.
O`qituvchi: bahor fasli oylarini ingliz tilida sanab bering.
O`quvchi: march, aprel, may.
O`qituvchi: bahorda tabiatda qanday o`zgarishlar yuz beradi?
(O`quvchilar rangli qog`ozlarga yozilgan o`zgarishni yopishtirib, gul hosil qilib klaster tuzadilar. )


II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uy ishini tekshiriladi.
Uy ishi tarqatma kartochkalar asosida tekshirialdi. Javoblarini “Assesmetn” usulida o`tilgan mavzu mustahkamlanadi.
Javob bergan o`quvchilar rag`bat kartochkalarini oladilar.
III.Yangi mavzuni tushuntirish.
831-misol. Tayyorlangan slayddan foydalanib, o`g`zaki tushuntiriladi.
Bunda qoldiqli bo`lishning qanday bajarilganligi tushuntiriladi.


832-misol. Har bir o`quvchi bilan yakka tartibda doskada ustun shaklida ishlatiladi.

  • 133253 : 47

  • 835679 : 214

  • 715536 : 345

Antiqa rassom” o`yini tashkil etiladi. (Har bir guruhdan bir o`quvchi chiqib, temir yo`l rasmini ko`zi bog`liq holda chizadi.)Temir yo`l hizmatchilari haqida suhbatlashiladi.

Download 494.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling