www.Infoedu.uz
Sana:________________
31-Mavzu: Qiziqarli va turli hayotiy vaziyatlarga doir masalalar
1-masala. Stakanda bakteriyalar bor. Bir sekunddan so’ng bakteriya-ning
har biri teng ikkiga bo’linadi, so’ngra har bir hosil bo’lgan
bakteriya-lar bir
sekunddan so’ng teng ikkiga bo’linadi va h.k. Bir minutdan so’ng stakan to’ladi.
Qancha vaqtdan so’ng stakan yarmigacha to’lgan bo’ladi?
Javob. 59 sekundan so’ng
.
2-masala. Anya, Vanya va Sanya avtobusga o’tirishdi, ularda mayda mis
tangalar yo’q edi, lekin yo’l haqini to’lashdi. Har biri besh tiyindan to’ladilar.
Bunga ular qanday erishdilar?
Yechish. Anya va Vanya Sanyaga 15 tiyin to’lashdi, undan 10
tiyindan
qaytim olganlar. Shundan so’ng u 15 tiyin pul to’lagan.
3-masala. Kitobdan bir qismi tushib qoldi, uning birinchi beti 328
tartib
raqamiga ega, oxirgisining nomeri o’sha raqamlar bilan yozilgan lekin qandaydir
boshqa tartibda yozilgan. Tushib qolgan qismda nechta bet bor?
Javob: 495 bet
4-masala. Qopda 24 kg mix bor. Millarsiz taroziga ega bo’lmasdan 9 kg
mixni qanday tortib olish mumkin?
Yechish. Dastlab mixlarni teng ikkiga - 12
kg dan ikki guruhga ajratamiz,
so’ngra bu guruhlardan birini ham teng ikkiga bo’lamiz, so’ngra yana bir marta
teng ikkiga bo’lamiz Olingan 3 kg mixni olib qo’yamiz va qoldiqda 9 kg ni olamiz.
5-masala Shilliqqurt ustun bo’ylab uning asosidan boshlab o’rmalamoqda,
har kuni u yuqoriga 5 sm, har oqshom esa 4 sm pastga tushadi.
Agar ustunning
balandligi 75 sm bo’lsa, u qachon ustun uchiga yetadi?
Yechish. Shilliqqurt ustun uchida 71- kun kechqurun bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: