Matematika fani


-masala Biror yilning yanvarida to’rtta juma va to’rtta payshanba bo’lgan  edi. Bu oyning 20-chi kuni haftaning qanday kuni bo’lgan? Javob


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/37
Sana21.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1370301
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
5-10-sinflar Yosh matematiklar

6-masala Biror yilning yanvarida to’rtta juma va to’rtta payshanba bo’lgan 
edi. Bu oyning 20-chi kuni haftaning qanday kuni bo’lgan?
Javob: Yakshanba.
7-masala 199 × 991 o’lchovli xonali to’g’ri to’rtburchakda diagonal nechta 
xonani kesib o’tadi?
Yechish.  Diagonal 199 + 991 – 1 = 1189 xonani kesib o’tadi.
8-masala. 1234512345123451234512345 sonidan 10 ta raqamni shunday 
o’chiringki, qolgan son maksimal mumkin bo’lgan son bo’lsin.
Javob: Maksimal son bu- 553451234512345.


www.Infoedu.uz  
9-masala Petya aytdi: "Kechadan oldin men 10 yoshda edim, kelgusi yilda 
menga 13 yosh to’ladi" .Bunday bo’lishi mumkinmi?
Yechish: ha, bo’lishi mumkin, agar Petyaning tug’ilgan kuni – 31 dekabr 
bo’lsa, va u bu gapni u 1 yanvarda aytgan bo’lsa.
10-masala Petyaning mushugi yomg’ir oldidan hamma vaqt aksiradi. Bugun 
u aksirdi. «Demak, yomg’ir bo’ladi» – deb o’yladi Petya. U haqmi?
Javob:Yo’q, haq emas.
MMIBDO’: ___________________ 
 
 
 


www.Infoedu.uz  
Sana:________________ 
32-Mavzu: 

 soni tarixi 

soni tarixi eramizdan oldingi 2000 yilikdagi misr papirusidan 
boshlanadi. lekin u qadimgi kishilarga ham ma’lum bo’lgan.

soni odamlar 
o’z bilimlarni taassurotlarini, xotiralarini yoza olmagan paytlarda e’tiborini 
tortgan.O’shandan boshlab 1,2,3,4,… natural sonlar inson fikrining ajralmas 
yo’ldoshlar bulib, narsalar sonini yoki ularning uzunliklari yuzalari yoki hajmlarin 
aniqlashga yordam bergani kabi odamlar

soni bilan tanishganlar. O’shanda u 
grek alifbosining hyech qanday harfi bilan belgilanmagan va uning rolini 3 soni 
bajarar edi. Tushunishi qiyin emaski, nima uchun

soniga bunchalik ko’p 
e’tibor berilgan. Aylana uzunligi va uning diametri munosabatini miqdori ni 
ifodalab, u doira yuzi yoki aylana uzunligi bilan bog’liq barcha masalalarda paydo 
bo’ldi". Lekin qadimda ham matematiklar 3 soni pi soni sifatida unchalik to’g’ri 
ifodalamasligini aniqlaganlar. Shubhasizki bunga natural onlar qatorida kasr yoki 
rasional sonlar paydo bo’lgandan keyingina kelganlar.
Arximed yuqori va quyi yaqinlashishlar usulidan foydalanib pi sonining 
boshqa chegaralarini topgan. 

sonining belgilanishi grekcha ("aylana so’zidan 
olingan. Birinchi marta bu belgilashdan 1706 yilda ingliz matematigik U.Djons 
foydalangan, lekin 1736 yildan ) sistematik ravishda Leonard Eyler ishlata 
boshlagandan so’ng qo’llanila boshladi XVIII asr oxirida I.Lambert i A.Lejandr 

irrasional son ekanligini isbotladilar. 1882 yilda F.Liderman uning transsendent 
ekanligini isbotladi, ya’ni hyech qanday butun koeffisiyentli algebraik tenglamani 
qanoatlantirmaydi. 

sonini butun mavjudligi davrida, uning o’nli xonalari raqamlarini topish uchun 
o’ziga xos quvish olib borildi. Leonard Fibonachchi 1220 yilda uning uchta to’g’ri o’nli 
raqamini aniqlagan. 16 asrda Andrian Antonis bunday 6 ta raqamni topgan.. Fransua Viyet 
(Arximedga o’xshab ichki va tashqi chizilgan 322216-burchakning perimetrlarini hisoblab 9 ta 
aniq raqamni topgan. Andrian Van Romen shu usul bilanl 15 ta raqamni topgan 1073741824-
burchaklar perimetrlarini hisoblagan. Ludolf Van Kyolen, 32512254720-burchkaklar 
perimetrlarni hisoblab 20 ta aniq raqamni hisoblagan.. Avraam Sharp 72 ta aniq raqamni 
topgan. 1844 yilda Z.Daze 

soning vergudan keyingi 200 ta raqamini topgan., 1847 yilda
T.Klauzen 248 ta raqamni, 1853 yilda Rixter 330 ta raqamni ,o’sha 1853 yilda 440 raqamni 
Z.Daze topgan va o’sha yili U.Shenks 513 raqamni topadi. EHM paydo bo’lishi bilan to’g’ri 
o’nli raqamlar soni tez oshdi: 
1949 yil — 2037 ta o’nli raqam (Djon fon Neyman, ENIAC), 
1958 yil — 10000 ta o’nli raqam (F.Jenyui, IBM-704), 
1961 yil — 100000 ta o’nli raqam (D.Shenks, IBM-7090), 
1973 yil — 10000000 ta o’nli raqam (J.Giyu, M.Buye, CDC-7600), 
1986 yil — 29360000 ta o’nli raqam (D.Beyli, Cray-2),

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling